Dono qiz

5 0 0
                                    

Bir bor ekan, bir yo'q ekan, qadim zamonda bir podshoh bilan vazir bor ekan. Podshoh vazirni juda yaxshi ko'rar ekan va uni hammadan yuqori ko'rar ekan. Bu holatga saroydagilarning ko'pchiligi hasad qilar va podshohga vazirni yomonlar ekanlar.
Kunlarning birida podshohga vazirning kaltafahm,uncha-buncha narsaning fahmiga yetavermaydilar deb yetkazibdilar va buni tekshirib ko'rishini so'rabdilar. Podshoh vazirdan so'rab ko'rmoqchi bo'libdi. Podshoh vazirga, 2ta savol beraman, qanday javob berar ekansan debdi. Birinchi savol: Dunyoda eng shirin narsa nima va eng achchiq narsa nima?- deb so'rabdi. Vazir ertaga javobini aytsam maylimi? -deb podshohdan ruhsat so'rabdi. Vazir uyiga qaytibdi. Uning go'zal va aqlli qizi bor ekan. Otasining xomush kirib kelganini ko'rgan qiz. -Otajon nega xomushsiz? -debdi qiz va savolning javoblarini aytib beribdi. Ertasiga vazir saroyga borgach, podshoh savoliga javob beribdi. Vazir esa javob beribdi. Eng shirin narsa yangi kelin-kuyovning turmushidir, eng achchiq narsa esa bu o'limdir,-deb aytibdi vazir. Podshoh bu javobdan qanoatlanib va vazirning qo'liga bir ho'kizning arqonini berib 2oydan keyin shu ho'kizni bolasi bilan olib kelasiz debdi. Vazir xafa bo'lib uyiga qaytibdi, lekin bu haqida qiziga hech narsa demabdi. Oradan 2oy o'tgach podshohning xabarchisi chaqirib kelibdi. Eshikni ochgan qiz hamma gapdan xabardor bo'libdi va xabarchisi, podshohga borib ayting, otam hammonga tuqqani ketgan,-debdi. Bu gapni eshitgan podshoh darg'azab bo'ladi. Podshoh aytadi;
-Borib o'sha qizga borib ayting, ahmoq ekan, erkak kishi ham tug'adimi?-debdi. Keyin qiz ham aytibdi ho'kiz tug'ganda erkak tug'maydimi? -debdi qiz.
Bu javobni eshitgan podshoh qizning aqlliligiga tan beribdi va qirq kecha-yu, qirq kunduz to'y-tomosha qilib unga uylanibdi.Podshoh qizga aytibdi: Davlat ishlariga aralashmaysan, davlat ishlariga aralashgan kuning saroydan o'zing sevgan nimaiki bo'lsa olib, otangnikiga ketishing mumkin,-debdi podshoh. Bir kuni podshoh ovga chiqadigan bo'libdi. Podshoh ovga ketgach, saroyda bir janjalli voqea sodir bo'libdi va unga malikaning aralashishini so'rabdilar. Malika esa bu janjalga aralashib, uni podshoh kelguncha biryoqli qilibdi. Podshoh ovdan qaytgach bu gapni eshitib, xotiniga shartini eslatibdi, va otasinikiga ketaverishi mumkinligini aytibdi. Malika esa ketish oldidan bir bazm qiling, deb podshohdan o'tinibdi. Podshoh kechqurun bazm berib, hammadan oldin o'zi mast bo'lib qolibdi. Bir payt podshoh o'ziga kelsa notanish yo'llarda aravada ketyotganmish. Yonida esa xotini o'tirgan emish. Meni qayerga olib ketyabsan? -so'rabdi podshoh. O'zingiz aytdingizku, saroydan o'zing sevgan narsani olib ketaver deb. Men sevgan narsa faqat siz, shuning uchun sizni olib otamniikiga ketyabman,- deb aytibdi malika.
Podshoh xotinining donoligiga tan beribdi va orqaga qaytishini buyuribdi. Ular umrlarining oxirigacha tinch-totuv yashab, murodlariga yetibdilar.

You've reached the end of published parts.

⏰ Last updated: Jan 01, 2023 ⏰

Add this story to your Library to get notified about new parts!

Dono qiz Where stories live. Discover now