8-qism

3 0 0
                                    

Ular azaldan belgilab qoʻyilgan joyga yetib kelishgacha Viktor gapirdi:
- Bizni shu yerda tashla, oʻzing esa aytilgan ishni bajar.
- Serayni ham olib ketasanmi? Uni endi nima qilamiz deb hayron boʻlgandim oʻzi, - istehzo bilan gapirdi Nikolos.
- Ha, uni olib ketaman.
Viktor mashinadan tushib Seray tarafdagi eshikni ochdi.
- Qayerga boramiz? - Seray tushar ekan soʻradi.
- Sen men bilan ketasan, uyingga olib boraman.
- U nima qiladi?, - hech narsani tushunmay oʻtirgan Kardeliya tarafga qarab qoʻydi.
- Nikolos, uni Guzmanga olib bor, kelishganimizdek ish haqqini toʻlaydi. Senga ishondim, - Viktorning gapi Serayga javobdek boʻldi.
- Yaxshi, - dedi Nikolas norozi ohangda, - sen bilan kechki payt bogʻlanaman.
U mashinani haydab ketgach, shu yerda turgan mashinaga oʻtirishdi. Chamasi, bu avvaldan rejalashtirilgan edi.

- Uying qayerdaligi esingdami?, - soʻradi qizdan Viktor.
- Ha, u Taksonda. Bu yerdan uncha uzoqda emas, yarim soatlik yoʻl.
Seray oʻzini boshqacha his qildi. Nahotki endi ozod boʻlsa... Sal avval bu haqida oʻylasa quvonardi, ammo hozir negadir Viktor uni chindan ham tashlab ketishidan qoʻrqdi.
- Birortda yaqining bormi?, - yana soʻradi Viktor, - Masalan otang...
Seray yelka qisdi:
- Men otam haqida hech narsa bilmayman.
- Buving, bobong, xolang, akang yoki singling, kimingdir bordir?, - Viktor taajjublandi.
- Men yagona farzand edim, onam mendan keyin boshqa tugʻish haqida oʻylab koʻrmagan. Nazarimda oʻzim ham istalmagan farzand boʻlganman. Buvim esa hali yoshligimda oʻlgan edi, - Seray oʻtmishidan bir parcha esladi.
Naqadar ayanchli chindan ham uning hech kim yoʻq... Hozir boradigan qoʻrgʻoni ham mavjud emas. Uy deb atalgan uy endi uniki ham emasdi.
- Unda seni qayerga olib borishim mumkin?, - Viktor qizga tikildi.
Seray oʻylandi, oʻzi uning kimi bor. Uni zoʻrgʻa eslaydigan sinfdoshlari, ammo ular haqida hech nima bilmaydi. Bir vaqt ongi birdan yorishgandek boʻldi.
- Missis Gregoriy! U qoʻshnimiz edi, meni yaxshi tanirdi. Hozir yagona umidim ulardan, - qizda kichkina umid uygʻondi.
Ular qiz aytgan hududga oʻn daqiqada yetib kelishdi. Seray oʻzi katta boʻlgan koʻchalarni koʻrib, boshqacha boʻldi. Bu yerlar toʻqqiz yil avval qanday boʻlsa huddi shunday edi. Qiz aytgan uyga yaqinroq joyda toʻxtatib, konvertni tutqazdi. Seray uning nima ekanligini oʻylab tikilib qoldi.
- Bu pullar, hayotingni boshlab olishing uchun yetadi, - Viktor tushuntirdi, - Toʻgʻri qonli pullar, ammo rad etishga shoshilma, sen bularga hozir muhtojsan.
Seray indamay oldi:
- Rahmat, - dedi zoʻrgʻa mashinadan tushib.
- Xavyerchi u nim boʻladi? Meni topib kelsachi?, - qizning birdan esiga tushdi. Goʻyo, shu sabab uni Viktor tashlab ketmaydigandek edi.
- Xavotir olma, u seni topib kelguncha oʻlgan boʻladi. Bundan buyogʻiga tinch yashaysan.
- Uni o'ldirsanmi? Ya'ni men tufayli emas, bilaman, toʻgʻrirogʻi uning oʻlimi avvaldan rejalashtirilgan edi, toʻgʻrimi?
Qiz sen tufayli oʻldiraman, deyishini juda istagan boʻlsa-da, buni ayta olmadi.
-Ha, shunday! Mana, nihoyat ozodsan, avval aytganimdek, endi hamma oʻz yoʻlidan ketadi, - Viktor xayrlashuv ohangida gapirdi.
Seray indamay bosh silkib xayrlashdi. Mashina joyidan siljib keta boshladi. Qiz, u toki koʻcha muyilishidan burilib koʻrinmay qolguncha qarab qoldi. Atrofga qarab, koʻcha boshidagi eski doʻkonga koʻzi tushdi. U yerga maktabdan qaytayotganida doim shirinlik va ichimlik olgani kirardi, keyin uylar atrofidagi oʻyin hududiga kirib, arg'amchaga oʻtirib, osmonlarga tikilardi. U yerga qarab, arg'amchi haliyam turganini koʻrdi. Chuqur nafas olib, koʻk rangli uyning zinasidan chiqib, eshikni taqillatdi. Nimadir unga oʻsha ayol endi bu yerdan yashamasligi haqida shivirlagandek boʻlardi. Ichkaridan erkak kishini yogʻon ovozi eshitildi.
- Kim u?
Shunda chindan ham xavotiri oʻrinli ekanligini bildi.

- Bu men Seray... Haligi bu yerda 15 yoshimgacha yashagan edim, - dedi Seray nima deyishni bilmay.
Eshikni gavdali kishi ochdi, u uyda dam olayotgani bilinib turardi. Ichkaridan issiq bodiroq hidi keldi.
- Salom, sizga nimadir kerakmi?, - dedi ostonada turgan goʻzal qizni koʻrib.
- Bu yerda avval, missiy Gregoriy yashardi, haliyam shu yerda deb oʻyladim.
- Kechirasiz, men bu yerda ikki yildan beri yashayman, - erkak inkor etdi, - Afsuski, hech qanday Gregoriy xonimni tanimayman.
- Mayli, rahmat unda, - u ortiga burildi.
- Ahvolingiz yaxshimi?, - kishi soʻradi.
- Ha, yaxshi, soʻraganingiz uchun ham rahmat, - indamay keta boshlaganda, eshikning yopilib qulflangani eshitildi. Endi qayerga borish mumkinligi haqida oʻylanib, boshi qotdi. Koʻcha oʻrtasida toʻxtab, yoʻl boshidagi doʻkonga qaradi, balki kirib nimadir xarid qilar? Unga hozir yangi kiyim zarur. Ammo kiyim bozoriga hma ancha bor, mashinasi esa yoʻq. Shunda u hech kim ekanligini esladi, unda mashina haydash uchun guvohnoma tugul, hatto shaxsni aniqlaydigan hujjatning oʻzi ham yoʻq edi. Bu ketishda hatto, birorta mehmonxonada bir kunga xona ham ololmaydi. Balki, koʻproq pul taklif qilsa, rozi boʻladigan ovloroq hududdan joy topa olar... Ortidan kelayotgan mashina guvvilashini eshitgach, bir zum bu Viktor, deb entikdi, ammo qimmat qora mashinani koʻrib, yuragi ortga tortdi. Xavyer uni topib kelgan boʻlsa, nima qiladi? Lekin shubhalari nooʻrin chiqib, u shunchaki qizning yonidan oʻtib ketdi. Seray xoʻrsinib bolalar kirmay qoʻygan oʻyingohga bordi, oʻsha eski arg'amchiga oʻtirdi. Anchadan beri oʻzini erkin his qilmasdi. U endi tinch yashash degan soʻzning oʻzini tushuna olmaydi. 9 yil, ruhiy kasal narkabaronning qoʻlida yashadi, u hali voyaga yetib ulgurmasdan, Xavyer va beqaror onasi tomonidan hayoti barbod qilib bo'lingandi. Xavyer tashlab ketgan konvertni hafsala bilan ochdi, koʻrinishidan ichida 10 000 $ birga oʻxshardi. Bu pullarni nima qilish mumkinligini oʻyladi, avval unga hujjatlar kerak. Lekin yonida hech boʻlmasa, tugʻilganlik haqidagi guvohnomasi ham yoʻq. Politsiyaga borishni istamadi, baribir uni ta'qib qilayotgan koʻngilsizliklardan qutila olmaydi. Qoʻlidagi konvert yerga tushib ketganida koʻziga yosh quyilib keldi. U koʻpincha jahli chiqqanida, asabiylashganida yigʻlab yuborardi, ammo hozir oʻziga achingani uchun yigʻladi. Oʻzi uchun xoʻrligi keldi, u hozir hech kimsiz, yolgʻiz, bolalar oʻyingohida, qayerga borishini bilmaydigan, shaxsini tasdiqlaydigan hujjatlari yoʻq qizga aylanib qolgandi. Viktor tashlab ketmasidan avval, shu haqida oʻylab yana biroz yordam berib yuborishimi iltimos qilsa boʻlmasmidi? Shularni oʻylab uzoq vaqt yigʻlar ekan, uzoqdan mashina koʻrindi, u toʻgʻri qiz oʻtirgan joyga kelib toʻxtadi. Boshini koʻtarib qaraganida, Viktorni koʻrdi. Seray turishga shoshilmay, mashinadan tushmasdan oʻziga qarab turgan Viktorni tikildi. Yigit ham uni oʻzga kelib olishi uchun indamadi.
- Buncha koʻp yigʻlaysan, dunyoni choʻktirib yuborma. Boyadan beri kuzataman-a?, - dedi Viktor uni mashinaga chiqishiga ishora qilib.
Seray indamay, ortiqcha savol bermay, mashinaga oʻtirdi. Shundoq ham Viktorning nega qaytgani ikkisiga ham ma'lum edi.
- Gregoriy xonim deganing oʻzi senga kim boʻlardi?, - soʻradi Viktor.
- Menga onam ham koʻproq onalik qilgan ayol, - Seray shirin xotiralarini esladi, - Koʻpincha ularnikida qolardim, maktabdan qaytganimda doim shirin ovqatlar bilan kutib olardi, keyin darslarimni birga qilardik, kechki payt esa televirozdagi seriallarni koʻrardik. Ba'zida oyimning jazmanlari meni olib ketish uchun kelardi, oʻshanda u ularni urishib berardi. Oʻshalar ham oyim bilan bir marta tunasa, menga ham xoʻjayinchlik qilishi mumkin deb oʻylaydigan bir tiyinga qimmat odamlar edi. U menga besh yil davomida pianino chalishni ham oʻrgatgan edi, keyin men eng yaqin dugonam bilan vaqt oʻtkaza boshladim. Hozir esa uni Beyliga alishtirganimga afsuslanaman.
Viktor indamadi, undan sado chiqmagach, qiz konvertni u tomon uzatdi.
— Oʻzingda qolsin, — Viktor pulni qaytarib olmadi, mashinani oʻt oldirar ekan dedi,  — Keyinroq oʻzingga kerak boʻlib qoladi.
Seray ham pulni olmasdan uning yoniga qoʻydi.
— Qochib ketmasligim uchun senga kafolat kerak-ku, — Seray hazillashib dedi.
— Balki, — yigit u tomonga koʻz qiri bilan qaradi, — Bu gal seni bogʻlab qoʻyishimga majbur qilmaysan degan umiddaman.
U ham hazillashdi, oʻzi kulmasa ham, koʻzlari kulib turgandek edi. Oʻzi qachondir u jilmayar ekanmi, degan savol qizning hayolidan oʻtadi. U har doimgidek qoshlari chimirilgan, yuzlari jiddiy tusda, koʻzlari esa oʻtkir nigohlarda. Oʻta jiddiy va mulohazakor inson!
Ular Taksondagi mehmonxonada toʻxtashadi, oʻtgan safargidek farqli oʻlaroq Seray bu gal qochish haqida umuman oʻylamadi, endi uning boradigan joyi ham yoʻq. Qochish oʻrniga yuklarni olishda yigitga qarashdi, qabulxonadan ularga berilgan xonaning kalitini olib yuqoriga chiqishdi. Ichkariga kirishgach, Viktor ustidagi nimchasini yechdi, shunda oppoq koʻylagidagi qon dogʻlari koʻzga tashlandi.
— Yaralandingmi?, — soʻradi qiz u tomon yaqin kelib.
— Ha, lekin ahvolim yaxshi.
— Lekin qachon... oʻq yeyishga ulgurding?
U qizning savoliga ahamiyat bermay, koʻylagini yecha boshladi. Kuchli mushaklari koʻzga tashlanganda, Seray biroz oʻngaysizlandi. Lekin uning e'tibori koʻproq qonda edi.
— Pastga, qabulxonaga tushib, jarahotni kuydirish uchun perekis, doka yoki bint, spirt soʻra. Ularda adashmasam dori qutisi boʻlishi kerak, — Viktor shunday deb koʻylagini butunlay yechib tashladi. Qizning koʻzi  esa uning yarim yalangʻoch badanida qoldi.
— Seray?, — Viktor u jim boʻlib qolganini sezib chaqirdi.
— Ha... Hozir kelaman.
Seray uning aytganini qilib pastga tushdi. Qabulxonadagi qiz u aytgan narsani topish uchun rossa kuymalandi. Oxiri ichkaridan u soʻragan ba'zi narsalarni topib chiqdi.
— Uzr soʻrayman, perekis topa olmadim, — dedi spirt bilan bintni Serayning yoniga qoʻydi.
— Nimadir boʻldimi? Hammasi joyidami?
— Ha, hammasi joyida. Mening a-a-a... yigitim, qoʻlini kesib oldi, — dedi Seray boshini dramatik tarzda chayqab koʻzini suzar ekan, — Choʻntak pichoq bilan plastik idishlaridan birini ochmoqchi boʻlgan edi, aslida, men unga  bu yerga tushib qaychi soʻrashi kerakligini aytgandim.  U esa oʻzim uddalay olaman, avval ham shunday qilganman dedi.
— Huddi mening yigitimga oʻxshab, — kuldi qabulxonadagi qiz, — U ham shunaqa.
Seray unga qoʻshilib kulgach, xonasiga qaytdi. Bu vaqt Viktor oyna yonida yon tomoniga kirgan oʻq joyini tomosha qilib turardi.
— oʻq haliyam oʻsha yerdami?, — Seray jarohatga yaxshilab tikildi.
— Ha, — dedi Viktor qoʻliga spirtni olib, yaraga quyar ekan. Ogʻriqdan yuzlari chimirildi.
—Shuncha vaqt u tanangda edimi?  Nega avvalroq shifokorga bormading, yoki,  hech boʻlmasa kimgadir aytmading.
U indamadi. Seray unga yana ham yaqinroq keldi.
— Viktor?
— Nima?, — dedi yigit jahl bilan.
Seray unga qarab biroz jim boʻldi.
— Hech nima.  Yordamim kerak emasmi?, — umid bilan soʻradi.
— yoʻq, oʻzim uddalayman, avval ham shunday qilganman.  — Viktor unga parvo qilmasdan qoʻliga choʻntak pichoqni oldi.
Seray qabulxonada aytgan yolgʻondan bir qismi rost chiqqanini oʻylab jilmaydi.
— Men bu qadar foydasiz emasman, qolaversa, sen yarangni tuzuk koʻra olmayapsan ham. Shunchaki menga nima qilishim kerakligini ayt.
Viktor biroz oʻylanib, keyin taklifga rozi boʻldi, qizni oʻzi tomon imlab chaqirib pichoqni qoʻliga berdi. Qiz uni olishga olib nima qilish kerakligini oʻylab qoldi. Hozirgina yordam bermoqchi boʻlgan jasorati ham qayergadir gʻoyib boʻlgandi.
— Oʻq unch chuqur kirmagan, Shunchaki pichoq bilan oʻsha joyini yana ham och, — dedi Viktor.
Serayning rangi oqarib ketdi.
— Agar yomon kesib yuborsamchi?
— Ishon, oʻq jonimni azoblagandek ogʻrita olmaysan, endi esa tezroq harakat qil.
Seray qulayroq boʻlishi uchun tiz choʻkkalab oʻtirdi. Unga azob bermaslik uchun asta yarani kesa boshladi.
— Seray, bu huddi, yarani shilishga oʻxshaydi, — Viktor zoʻrgʻa nafas olib gapirdi, — Asta harakatlanaman deb jonimni battar ogʻritayapsan. Shunchaki tezroq kesib shu lan'atti oʻqni chiqarib tashla, men ham qutilay.
Seray u aytgandek tezroq harakat qila boshladi. Lekin oʻzini zoʻrgʻa ushlab turardi. U oʻzini chalgʻitish uchun savol berdi:
— Nega yana yonimga qaytding? 
Viktor ancha vaqt indamay, keyin gapirdi:
— Men shundoq ham ketmagan edim, — dedi Viktor, — Seni u yerda qoldirgach, bir muddat kuzatmoqchi boʻldim, balki Xavyer izingdan kelib qolar deb oʻyladim. Shunda uni oʻldirishim osonroq boʻlardi. Qolaversa u uyingni bilardi va birinchi navbatda seni oʻsha yerdan izlashi aniq edi.
— Mendan xo'rrak sifatida foydalandingmi?, — Serayning jahli chiqdi. U hayotini xavfga qoʻyib zoʻrgʻa qutilgan boʻlsa-yu, yigit yana undan foydalanubdi!
Viktor yana biroz vaqt indamadi.
— Yoʻq, — dedi vanihoyat, — U yerdan ketishimdan avval, yangi kaddilakka koʻzim tushdi. Bunday brend mashina u hududda yashaydiganlar uchun xos emasdi.
LViktor hali gapini tugatmasidan Seray oʻzini ahmoqdek his qila boshladi.
— Shuning uchun toʻxtab, mashinani bir chetga oldim-da, seni kuzata boshladim..
— Kechir, — dedi Seray.
— Nima uchun?
Seray vanihoyat oʻqni topib uni chiqara boshladi.
— Seni ayblaganim uchun.
Vanihoyat yerga sharaqlab tushgan oʻq ovozi eshitildi.
— Yarani bogʻlab qoʻy, — Viktor unga dokani tutqazdi.
— Lekin uni tikish kerak...
— hozir buning imkoni yoʻq, shuning uchun hozircha bogʻlab qoʻy, ertaga bir yoʻlini topaman.
Seray uning aytganini qilib, yarani bogʻlashdan oʻzga chorasi qolmadi. Viktor sochiqni qoʻliga olib Seray tomon yuzlandi.
— Men dush qabul qilishim kerak. Hech kimga eshikni ochma, oynada  ham uzoqroq boʻl.  Senga esa yordaming uchun katta rahmat.
— Bemalol, yordamim tekkandan xursandman.
U kirib ketgach oʻzini yotoqqa tashlab televizorni yoqdi. Yangiliklar kanaliga oʻtib aynan oʻziga kerakli boʻlgan narsani topdi. Boshlovchi qiz Grin Velli atrofidan topilgan 10 ta jasad haqida tinmasdan gapirardi. Ular astalik bilan egalariga qaytarilganligi, faqatgina bir qizning yaqinlari hali topilmaganligi ma'lum qilindi. Seray hech boʻlmasa dugonasining jasadi allaqayerlarda qolib chirib ketmaganiga quvondi. Ammo uning bobo va buvisiga endi qiyin boʻladi.

Viktor hammomdan chiqqanida qiz yostigʻini quchoqlagancha uxlab yotardi. U bu holatida aybsiz farishtaga oʻxshab qolgandi. Umuman olganda, shuncha narsalarning guvohi boʻlgan odam bunchalar bemalol uxlay olishining oʻzi hayratga soladi kishini. Viktor uning ustini yopinchiq bilan yopib qoʻygach, iPadini yoqib Nikolasga bogʻlandi. U Seray haliyam u bilanligini eshitib jahli chiqdi. Viktorni Order va Vannigut oldidagi burchi haqida yana bir bor ogohlantirdi.
— Seray hozircha men bilan, Xavyer Ruisdan xalos boʻlgunimcha, — u qiz tomonga qarab qoʻydi, — undan qutilgach, qizni ham qoʻyib yuboraman.
Viktor yana bir marta ukasi va ish beruvchisini aldadi.
— Yaxshi, — dedi Nikolas, — senga yana bitta vazifa bor, hozirgi ishingni bajarib boʻlgach xabar beraman.
— Albatta, ha, yana, dala hovlilardan 12-tayyorlarib qoʻy, oʻsha yerga borishimizga toʻgʻri keladi.
— Nega aynan, 12? Sen 10 ha borarding-ku.
— Shunchaki iltimos, aytganimni qil, ha, yana Samamtani ham ohoglantir, birinchi unikiga kirib, Serayni oʻsha yerda qoldiraman.
U ukasi bilan gaplashib boʻlgach jimgina joyiga yotdi.
— Nikolas shunchaki meni yomon koʻradi toʻgʻrimi,— Serayning ovozi eshitildi.
Viktor qizga aldanganiga hayron boʻldi.
Qiz oʻzini uxlagandek koʻrsata olgani hayratlanarli holat edi. Nima boʻlganda ham u suhbatni eshitgan.
— yoʻq, unday emas, — dedi Viktor.
— Sengachi?
Viktor nima deb javob berish haqida oʻylab qoldi. Seray javobni kutmasdan oʻrnidan turib u tomonga keldi.
— Men bir oʻzim qoʻrqyapman, sen bilan uxlasam maylimi?
Seray uning roziligini kutmasdan, yoniga o'tirdi.
— Joyingga qaytganing yaxshi deb oʻylayman, — Viktor tishlagudek gapirdi.
— Lekin, kimdir kirib kelsachi, nimadir boʻlsa-chi, Xavyer izimdan yuribdi, — Seray taslim boʻlmadi.
— Sen hech narsadan qoʻrqmaysan, — Viktor shiftga qarab dedi.
— Adashasan. Men ham juda koʻp narsadan qoʻrqaman, ertam nima boʻlishidan, Xavyer meni topsa, nima qilishidan, yaxshi hayotda yashay olmasligimdan, uxlab yotganimda xonaga kimdir bostirib kirib kelishidan qoʻrqaman.
— Qoʻrquv va noaniqlik, umuman boshqa narsalar, Seray!, — Viktor jahl qildi, — Sen hech narsadan qoʻrqmaysan, ammo hamma narsada ikkilanasan.
— Buni qayerdan bilasan?
— Chunki, sen berilgan imkoniyatdan foydalanmading, oʻsha uy tagiga tashlab ketganimda, hech boʻlmasa politsiyaga borishing kerak edi, ammo bunday qilmading. Sen hech kimga bogʻlanmading, yoki kimdandir yordam soʻramading. Chunki sen mashinaga meni yonimga indamay qaytding, qotilning yoniga! Chunki sen agar shunday qilishim kerak boʻlsa, oʻylab oʻtirmasdan seni oʻldirishim bilsang-da, men bilan birga yotmoqchisan. Shu yerda mana shu yotoqda. Bir oʻzing va oʻz xohishing bilan!

Viktor oʻrnidan turib qurolini qoʻliga oldi, Seray hech narsani tushunishga ulgurmasidan uni oʻziga tortdi. Qurolni esa koʻksiga tirab, koʻzlariga qaradi. Qizning koʻzlarida qoʻrquv aks etmadi, unda taajjublanish bor edi. Keyin quloqlari tomon egilib pichirladi.
— Chunki sen titramayapsan, Seray.
Undan koʻz uzmagan koʻyi qurolini joyiga qaytardi.
— Men Xavyer emasman, — dedi Viktor, — Agar mendan,  huddi unga qila olganingdek foydalanmoqchi boʻlsang adashasan.
Uning koʻzlarida xafalik aks etdi. Hech nima qilmasa-da, Viktordan xafa boʻlgani sezildi. Yigit uchun aynan shunday reaktsiya kerak edi.
— Men Xavyer bilan xohishimga koʻra birga boʻlmaganman, — Seray tilga kirdi, — Oʻzga choram yoʻq edi.
Asta oʻrnidan turar ekan, Viktor tomonga qarab qoʻydi.
— Qaytib kelganingdan xursandman, — mayin gapirdi Seray, — Viktor senga buni aytishim kerak... Men shuncha yillar davomida yolgʻonchi boʻlib keldim. Bu hayotdan nafratlanmay, chunki u menga koʻp narsani oʻrgatdi. Va eng dashati shu qonli hayot menga yoqa boshlagan edi. Men yana, shu vaqtgacha Nikolosga yolgʻon gapirib kelganingni ham sezdim. Menga yordam berayotganing uchun rahmat.
Viktor uni jimgina eshitib indamadi, u faqat oʻylardi. Seray xoʻrsinib oʻzining yotogʻiga yotdi-da, boshqa tomonga qaragancha koʻzlarini yumdi.

Serayning qotilligiWhere stories live. Discover now