1 qism

5 0 0
                                    


Quyosh asta-sekin ufqdan yuqoriga ko'tarilib, dengiz suvini yorqin rangga bo'yar edi.
Tuapseda tong otgan edi.  Qora dengiz sohilida, qiz jimgina suvga qarardi, suv ostidagi toshlarga tikilar va bazan uzi ham suvga tosh tashlardi. Ertalab soat taxminan 7 atrofida. Oktyabr. Kech kuzgacha janubiy shahar sovuqni bilmas edi. Bu shaharda havo har doim juda issiq bo'lar edi. Erta tongda ham, dengiz shabadasi sochlarda o'ynab, yuz terisini silaganda, ochiq havoda bo'lish qulay edi. Sarg'ish jingalak sochlarining orqasida shamol tasirida chigallashganiga etibor bermay, qiz suv bo'yida o'tirardi.
Har kuni ertalab u tong otishini ko'rish, toza havodan zavqlanish va yolg'iz qolish uchun imkon qadar erta turdi.Ayni paytda sohilda bitta ham tik jon yo'q.
Yarim soatcha o‘tirgandan so‘ng jingalak sochli go'zal sekin toshloq qirg‘oqdagi o‘rnidan turdi va sumkasini olib, go‘yo butunlay boshqa dunyoga, shahar shov-shuvlari, muammolar va umidsizliklar dunyosiga, olib boradigan asfaltlangan so‘qmoq tomon yura boshladi. U yo'l bo'ylab ehtiyotkorlik bilan yurar edi, ba'zida tezlikni oshirar edi, chunki u bu hudud xavfli ekanligini bilar edi. Yaqinda shaharda yosh qizlarni kechasi, kechki payt, xatto ba'zan kunduzi o'g'irlab ketuvchi qaroqchilar paydo bo'lgan edi. Shu tarzda qizning sinfdoshi ham g‘oyib bo‘ldi. Bechora qizni hech kim topa olgani yo'q. Shahar politsiyasi bir oydan beri "qo‘lga tushmaydigan" bu jinoiy guruhni ushlay olmaydi. Shahar qo'rquvda turibdi. Bu yigitlar yashirinishni juda yaxshi biladilar. 15 yoshdan oshgan qizlar va ayollar bor har bir oilaga ogohlantirish xatlari yuborildi. Ammo qanday qilib doimiy qo'rquvda yashash mumkin?  Bu kulgili, lekin hatto hayotingizda siz birinchi marta ko'rgan tasodifiy inson ham o'sha qaroqchi bo'lib, sizni o'g'irlab ketishi mumkin. Va sizga nima bo'lishini bilmaysiz.

Maktab binosiga yaqinlashib, qiz uziga tanish bo'lgan juftlikni topish uchun atrofga qaray boshladi. Bu juftlik uni maktab hovlisida kutib turgan bo'lishi kerak edi.  Liya va Xeyden. Uning sinfdosh do'stlari va maktabning eng yoqimli juftliklardan biri. Ammo ular hali ham kelishmagan edi. Birinchi dars 20 daqiqadan so'ng boshlanadi.  Ajablanarlisi shundaki, butun maktab hovlisi bo'm-bo'sh edi.
Hamma g'oyib bo'lganga o'xshaydi.  Sukunat qo'rqitar edi, lekin bu jigarrang sochli g'ozalni to'xtata olmadi va u yelkalarini qisib, asosiy kirish eshigini ochdi va ichkariga kirdi.  Maktab ichida hayotning qizg‘in kechayotgani xavotir uyg‘otdi.  Ertalabdan kichkina sinf bolalari yugurishardi, katta sinf o'quvchilari, har doimgidek, bir nimalardir haqida baxstlashishar, qizlar esa mana shu yigitlarni xushmuomalalik bilan muhokama qilishardi.  Qiz boshini chayqab, bu holatga jilmayib qarab, ayollar kiyinish xonasi tomon borar edi.  U erda deyarli xuddi shunday voqea bo'layotgan edi, faqat yigitlarsiz.
- Hey, Lourens , nega bunchalik homushsan?  - qo'lida kichkina oyna va lab bo'yog'ini ushlab, jigarrang sochli qizni oldiga quvnoq sariq sochli qiz otildi.
— Salom, Li, -  deb yengil kurtkasini yechib, ilgakka osib qo'ydi.
—Yana sohil bo'yiga bordingmi? so'radi Liya qoshini ko'tarib.  - Skay, ertalab bo'm-bo'sh ko'chalarda yurish qo'rqinchli emasmi?  Shaharda nima bo'layotganini bilasan...
—Steffi, men u erga bormasam bo'lmaydi va menga hech qanday qaroqchilar qiziq emas", dedi Lourens kiyinish xonasidan chiqib.
Yana bir maktab kuni.  Uchinchi qavatga qadam tashlab, qiz kun bo'yi nima qilish kerakligini o'yladi, chunki maktabning 11-sinfida o'quvchilar yangi hech narsa o'rganmasdan, faqat bir xil narsani takrorlaydilar.
Butun dasturni bilgan Skay har bir darsda faqat daftar yoki darsliklarga  tikilib o'tirardi.  Qiz kirganida xona bo'sh edi.  Bu fizika xonasi.  Laboratoriya xonasining eshigi yopiq edi.
Lourens xotirjamlik bilan to'g'ridan-to'g'ri o'qituvchining oldida turgan odatdagidek birinchi partaga o'tirdi.  Ataylab xonaning oxiridagi partaga o‘tirib, domlaning qattiq nigohidan yashirinib, tayyor yoki yo‘qligingizdan qat’iy nazar, bundanda kattaroq shubha uyg‘otishdan nima naf? Qo'ng'iroq 10 daqiqadan so'ng jiringlashi kerak, ammo xonada  sukunat hukm surmoqda.  Ehtimol, o'qituvchi yo'q va uning o'rniga...  Skay o'rnidan turib, jadvalning yoniga bormoqchi bo'lgan zahoti, sinf eshigi ochildi va bir yigitdan keyin butun 11 "A" sinf o'quvchilari  kirib keldi. O'quvchilar o'z joylariga o'tirishdi, yigit esa o'qituvchi stoliga borib, unga katta hajmli papka qo'ydi, stulga esa sumka qo'ydi.  U juda jiddiy kiyingan, lekin shu bilan birga u "o'tkir yigit"ga o'xshardi. U kiyib olgan  qora shim klassik stilda edi, lekin boshqacha ko'rinardi.  Ehtimol, pastki qismi biroz toraytirilganligi va dazmollangan o'qlarning yo'qligigadir. Oq ko'ylak esa shimning ichiga kirgizilib kiyilgan va yenglarida esa  kamtarona, ammo nafis manjetlar qo'yilgan.  Tik yoqaning chekkalari turli yo'nalishlarga qarardi, chunki tugmalar to'liq tugmalanmagan edi. Natijada xosil bo'lgan V-  shaklidagi yoqa orqasidan... Tatuirovka ?! Ko'ylakning yupqa matosidan siyoh chizmalar ko'rinib turar, yozuv aniq o'qilar edi. Skay uziga o'qituvchisini qarab turganini sezdi va o‘zining  e’tiborini stol sherigiga qaratdi, u asabiylashganidan, uzun va o‘tkir tirnoqlarini laklangan stolga urardi. Qiz haligacha boshini ko'tarishni istamay, qarshisida turgan odamning yuzini batafsil ko'rib chiqishga ulgurmadi. Lekin o'qtuvchining ovozi uni chochitib yubordi. Aftidan, uning ovozi mehribon ovozga oxshardi, ammo shunga qaramay, jigarrang sochli qizning qulog'iga  extirosli va shu bilan birga  qo'pol notalar ham chalindi.
—Xayrli tong,— dedi u jilmayib.
u hammaga tikilib, hammani o'rganib, eslab qolishga harakat qilar edi, —mening ismim Samuel Wayt, shu kundan boshlab men sizning sinfingizga fizikadan dars beraman, — shu paytda Skay ko'zlarini ko'tarishga qaror qildi, lekin darhol pastga tushdi, chunki yorqin ko'k chiroqlar kabi porlab turgan kuzlarning kuchli karashlari bilan uchrashganda, bu ko'k chiroqlar kabi porlab turgan ko'zlarda unda tahdid porlayotganday tuyuldi. – Yakuniy imtihon va oliygohga kirish imtihoni sifatidagi fanim 11-sinflar o‘rtasida 17 nafar o'quvchiga chuqurlashtirilgan holda o'rgatiladi.  Bu o'n yettitaga kim kiradigan bo'lsa, darsdan keyin bir-ikki daqiqaga qolasizlar, men sizlar bilan ba'zi tafsilotlarni muhokama qilmoqchiman, - o'qituvchi stoldan chiqib, dumbasi bilan stolga suyanib, qo'larini cho'ntaklariga solgan holda sinfdagi o'quvchilarni birma bir ko'zgan kechirdi.
—Oxirgi parta, jim bo'l, —dedi u birdan sekin ovozda , go'yoki u erda o'tirgan qizlar uni eshitishiga to'liq ishongandek.  - Demak, mavzu haqida to'g'ridan-to'g'ri gapirishni boshlashdan avval, sizlarga mening darslarimning intizom qoidalari haqida qisqacha ma'lumot berishdan boshlamoqchiman. - yana bir bor sinfda o'tirganlarni ko'dan kechirgan holda.  - Birinchi qoida, - sariq sochli yigit keskin silkinib, bir martadan gapni eshitmagan qizlar tomon bir necha qadam tashladi.  - Hech qachon gaplarimni e'tiborsiz qoldirmang, har bir gapimni diqqat bilan tinglang, - u so'nggi parta yonida to'xtab, ikki sariq sochli qizlarga qaradi.  - Familiyalar?
"Dodson va Taylor", - deb chiyilladi ulardan biri, kipriklarini qimirlatib, ko'zlari bilan o'q uzdi.
- Men hech kimni xulq-atvori uchun jazolamayman, agar bu darsda qolgan o'quvchilarga xalaqit bermasa, lekin agar siz oxir-oqibat bilimingizni tasdiqlamang, men direktorga bildirgi yozaman.Bu shunchaki,
ma'lumot uchun aytib o'tyapman, - yigitlarga orqasida turib, fizik qizlarga ko'z qisib qo'ydi va darhol orqasiga o'girilib, uzining stoli oldiga qaytib ketdi.

Qaroqchining muhabbatiWhere stories live. Discover now