2- qism

2 0 0
                                    

Mashinalar, piyodalar yo‘lakchasi bo‘ylab ketayotgan qizning yonidan, shiddat bilan o‘tib ketishardi.  Darslar tugagach, Skay uyga ketayotgan edi.  Quyoshli kundan zavqlanish uchun uzoq yo'lni bosib o'tishga qaror qilib, jigarrang sochli qiz ota-onasi ishdan qachon kelishi kerakligini eslardi.  Uning otasi Liam Lourens  bankda ishlaydi, onasi Leila Lourens esa reklama agentligi xodimi.

Skay ora orada onasiga mijozlar uchun bannerlarning eskizlarini chizishga yordam beradi.  Uning singlisi Aisha esa  allaqachon uyda qaytgan bo'lishi kerak edi.  Qiz 4-sinfda o‘qiydi va bu yil boshlang‘ich sinfni tugatadi, katta singlisi esa oxirgi maktab kunlarini o‘tkazmoqda.  Uy eshigini ochib, Skay ichkariga kirdi, uning singlisi Aisha uy vazifasini bajarayotganini ko'rdi, Aisha opasi kelganini xatto sezmadi ham. Qiz uni bezovta qilmadi, faqat uzining kelganini e'lon qildi.  Opa-singillar bir xonada, ikkalasi uchun teng  bo'lingan holda yashashdi. Xonada qizlarning yotoqlari, shkaflari bor edi, devorlar ham qizlarning o'zlarining didiga qarab bezatilgan edi.   Deraza yonida bir biriga yonma-yon joylashgan ikkita stol turardi.  Natijada, darslarini bajarishga o'tirgan qizlar bir-biriga qaragan holda o'tirishardi. Oshxonaga o'tib Skay onasi ishdan charchab kelib, pechka yonida turib kechki ovqat tayorlamasligi uchun kechki ovqatni uzi tayorlashga kirishdi .  Kechki ovqatni tayyorlab bo'lgach, qiz xonasiga kirib o'z yotog'iga yotib albomiga rasm chirishni boshladi. Yarim soatdan keyin albomda fizika darsidagi chizmasidagi qirg'oqni tasviriga  o'xshash qo'pol chiziqlar paydo bo'ldi. Lekin bu manzara emas edi.  Portret edi.  Qalamning o‘zi varaqning oppoq bo‘shlig‘ida tebranib, ko‘krak, bo‘yin, iyak, lablar, burun, chizayotganga oxshardi, ko‘zlar, peshona, sochlar va natijada albomda yangi fizikning chexrasi va go'vdasi paydo bo‘ldi. Aytib o'tish kerakki, Skay rassomlikni hech qayerdan o'rganmagan, ammo u aniq iste'dodga ega edi .

U, albatta, portretlarni yaxshi chizar edi. O'zi chizgan rasmga  qarab, Lourens titrab ketdi.  Hatto varaq qog'ozda ham bu ko'zlar juda jozibali, ammo sovuq va hissiyotsiz ko'rinardi.

Eshikning ochilgan ovozini eshitgan jigarrang sochli qiz albomni yopib, yotog'idan ota-onasini kutib olish uchun turdi:
- Salom, qizlar, - deb jilmaydi Liam oyoq kiyimini yechib.  - Maktabda ishlar qalay? 
- Ajoyib, qarang, dada, men matematikadan “Alo” oldim, – jilmayib Aisha kundalik daftarini otasiga uzatardi.

- Yaxshi, Aisha, - Liam ustunda chiroyli bo'lib ajralib turgan belgiga qaradi va qizining yuzidan o'pdi. - Bugun sen ham  besh bal oldingmi?  — deb katta qizini bag‘riga bosgancha jilmayib qo‘ydi.

- Salom, dada, - jilmayib qo'ydi jigarrang sochli qiz.  - Odatdagidek, - u yelka qisdi.  - A onam qayerdalar?  Sizlar odatda birga kelar edingiz?!

Uning shaharning narigi tomonida muhim uchrashuvi bor. U juda kech qaytishini aytdi.

Otasi bilan suxbatlashib bo'lgach qiz sayr qilish uchun kiyinib, — Men ozroq aylanib kelay,—dedi otasiga

—Yaxshi, faqat kech qolma va ehtiyot bo'l, shahar notinchligini  o'zingni bilasan, — deb ogohlantirdi Liam va e'tiborini stolda yotgan hujjatlarga qaytardi.

Boshini qimirlatib, otasiga tez orada qaytishga va'da berib, Skay uydan chiqib, uzi sevgan joyga yo'l oldi.

Sohil bo'yiga yotib, osmonga qarab, hayoti haqida o‘ylardi.  Bu maktabning eng oxirgi yili edi.  Keyin "Salom, katta hayot. Universitet, yangi tanishlar, yangi munosabatlar. Balki talabalik yillarida, uning ham hayotida, u haqida o'ylashga majbur qiladigan yigit paydo bo'ladi u men bilan uchrashish uchun besablik bilan darslar tugashini ketadi, darslardan so'ng esa meni oldinga shoshiladi ... U qanday bo'ladi?  Chiroyli, jozibali, baland bo'yli, kuchlimi?  Yoki, ehtimol, zaif,  va mutlaqo e'tiborga olinmaydigan bo'ladimi?  Vaqt ko'rsatadi"... Skay kelajagi haqida hayol surishni boshladi. Keyin juda kech bo'lib ketganini tushunib urnidan turib uyiga otlandi.
Kech tushgan va uni ustiga ko'chalar ham bo'm bo'sh edi. Yomon hayollar haqida o'ylamaslikka harakat qilib Skay yo'lini davom etirdi.

Naabot mo na ang dulo ng mga na-publish na parte.

⏰ Huling update: Jun 12, 2023 ⏰

Idagdag ang kuwentong ito sa iyong Library para ma-notify tungkol sa mga bagong parte!

Qaroqchining muhabbatiTahanan ng mga kuwento. Tumuklas ngayon