6

9 0 0
                                    

3 kundan so'ng.
- Esingdami shifoxonadan judaa qochishni xohlaganding - yarim kechasi Isf i raning derazasi tagiga kelib olgan yigit telafondagi salom-alikdan so'ng maqsadiga ko'chib qo'ya qoldi - Tush... Uyingdan olib qochib ketaman.
- Poyezd o'tib ketdi, endi qochgim yo'q.
- Asabimga tegmay tush pastga.
- Sen nega  o'zingdan menga xo'jayin yasavolding, tushunmadim?
- So'raganimda javobingni ayt degandim, boshqa bunaqa imkoniyat bo'lmaydi degandim esingdami? Endi sen meni "qizimsan", va men senga haqqimdan kelib chiqib ho'jayinchilik qilayapman... Bo'l tez pastga tush.
- Tuya hammomni orzu qilipti ho'pmi, seni hech qanaqa menda haqqing yo'q... huddi erimdek gapirma.
- Yaqinda ering ham bo'laman "havotritsa" qilma bunisidan... Endi esa tush pastga yo'qsa hozirni o'zida uyinga bostirib kiraman qo'lingni so'rab. Meni bilasan bu qo'limdan keladi.
- Ufff...ufff...ufff boshimga bitgan balo bo'lding. Kutib tur hozir tushaman.
- Mana bu endi boshqa gap... Aqlli qiz...
tezlash!
- Hoy axmoq o'zi yaqindagina ikki haftaga qamalib chiqqaning yetmadimi senga?!
Yigitni yana bir mashina o'g'irlash niyati borligini tushunib qolgan Isf i raning rosa xunobi oshdi.
- Yetadi, lekin sen bilan birga bu ishni yana takrorlash arziydi ishonaver.
- Nimaa?! Meni o'zinga sherik qilmoqchimisan?
- Ko'p gapirmay... Shunchaki bu lahzalardan zavqlan.
- Kechirib qo'yasiz-u janob Iskandar men o'g'rilik qilib aslo zavqlana olmayman!
- Unda meni zavqlanishimga xalaqit qilma!
- Ablax o'zingku meni majburan bu yerga olib kelgan...
- Ana bo'ldi... Juda ko'p gapirdingda o'tir mashinaga - Iskandar qop qora mashinaning qulf i ni ochib bo'lgach qizga chimirildi.
- Ablax - Isf i ra sekingina pichirlab mashinaning old o'rindig'iga jaxl bilan joylashib o'tirib oldi.
- Tezlikka qandaysan? - rulga joylashgan Iskandar qizga jilmaydi.
- Yoqadi.
- Sen unda tezlikdan zavqlan, men birovning mashinasidan foydalanganimdan zavqlanay.
Iskandar shunday degancha mashinani ohirgi tezlikka ko'tarib boshqara boshladi.
- VAUV... AJOYIB -  muhitga o'rganib olgach, musiqani balandlab, mashinaning yuqori ochiq qismidan boshini chiqarib olgan Isf i ra bor ovozida baqirib hozirgi lahzalardan zavq olardi. Qo'llari mashina ichidan jaranglayotgan musiqaga ham ohang harakatlanar, yoyib olgan sochlari keskir shamolda har tomonga hilpirab qizni yanada zavqini keltirardi.
Qizni bu holatda birinchi marta ko'rayotgan yigit ham undan kam zavqlanmasdi. Uni yanada xursand qilish uchun tezlikni yanada oshirar, qizning jinnicha baqirib qilgan qiliqlariga, qo'shilib kulardi. Ammo bu zavq ham ko'pga bormadi. Katta tezlikda harakatlanayotgan mashina ortidan YPX hodimlari sirenalarini yoqqancha tushdi.
Lekin bu na Isf i raga va na Iskandarga ta'sir qildi. Ikkisining ham parvoyipalak. Isf i ra ortidan quvib kelayotgan hodimlarga qaragancha baqirib allanimalar der, Iskandar unung harakatlariga zavqi kelib kular va yanada tezlikni oshirardi.  "Buzoqni yugurgani somonxonagacha" deganidek bu ikki telba ancha quvalashmachoqdan so'ng baribir qo'lga tushishdi.  - Hayirli kech nozir amaki - qo'li kishanlangan Iskandar o'ziga tanish chehralarni ko'rib jilmayib bosh silkib chiqdi. Ammo ularning yigitni ko'rganidan quvonmagani burishib turgan yuzlaridan ma'lum edi.
- Hoy qo'lingni tort men o'zim - Isf i ra qo'lidan tutmoqchi bo'lgan hodimga baqirib berdi.
Iskandar qo'lga tushgach endi qizga e'tibor berdi. Unga yaqin turgan hodimlarni ko'rib o'z-o'zidan asabiylashib kelaverdi.
- Tegmanglar unga... Isf i r yonimga kel - qo'li orqaga kishanlangan Iskandar hodimlarga yov qarash qilib Isf i rani o'ziga chorladi.
- Iskandar... M.men endi ni.nima qilaman...?
Bulardan dadam xabar topsa.
Isf i ra endi nimalar qilib qo'yganini angladi.
Uning ko'zlari yoshlanib najot bilan yigitga qaradi.
- Hech kim hech narsadan xabar topmaydi...
Tinchlan ho'pmi... - Iskandar qizni tinchlantirishga urundi - Hech narsani o'ylama, o'zim hal qilaman... Tinchlanib ol kasaling huruj qilib qolmasin, ortiqcha hissiyotlarga berilma... Hozir men bilan mahkamaga borasan...
Bu gapdan so'ng qizning ko'zlari kattarib, battar yig'lashga tushdi.
- Isf i r tinchlansangchi, hammasini hal qilaman deyabmanku... u yerda 15 daqiqaga ham qolmaysan...
- Senchi?!
- Hozir muhimi sensan... Boshqa narsani o'ylama - Iskandar qizga yaqinlashib yupatmoqchi bo'lgandek qizni boshiga boshi bilan ohista urib qo'ydi - Nozir amaki bir qarab yuborasizmi?
Iskandar yoshi kattaroq ancha tanish bo'lib qolgan chehrali "amakisini" chekkaroqqa imladi. Bir necha daqiqa allanimalar haqida pichirlashishgach uni va Isf i rani bitta mashinaga solib mahkamaga olib ketishdi.
- Isf i ra Sulaymonova sizga ruxsat ketishingiz mumkin.
Mahkamaga kelishgach o'n daqiqaga qolmay qizni qo'yib yuborishdi.
- A...ho'p... Iskandarchi?  - Faqat sizga ruxsat!
- U.u bilan ko'rishsam bo'ladimi?
- Besh daqiqaga.
Hodim va Isf i ra oldinma ketin vaqtinchalik qoida buzarlarni ushlab turadigan xona tomon odimlashdi.
- Iskandar.
- Isf i r ketmadingmi?
- Senchi?
- Meni yana bir ikki kun mehmon qilishmoqchi bular - kuldi yigit.
- Hazillashma - og'rindi qiz. Eshitgan bilan, haqiqatdan panjara ortida turganini ko'rgan boshqa-boshqa ekan.
- Hazillashmadim bir ikki kun shu yerda qolaman.
- Nega meni qo'yib yuborib seni olib qolishayapti, axir jinoyatni ikkimiz ham qildik...
- Ko'p bilgan tez qariydi shuni bilasanmi?
Uzumimi yeda, bog'ini surishtirma... Qani endi tez uyinga borchi. Ertaga ko'rishamiz...
Boraqol.
- Yaxshi - Isf i ra itoatkorona bosh silkidi, endi ortiga o'girilib bir ikki qadam bosgandi hamki nimadir esiga tushgandek zumda yana Iskandarning qarshisiga turib oldi. Bir qo'lini panjaralar orasidan o'tkazib yigitning yuziga olib bordi.  - Sen ham menga yoqasan... Ertaga... Kutaman - qiz yigitga mehirli boqib ko'zida jilvalanayotgan yosh birla jilmaydi.
- Vaqt tugadi - tashqaridan yo'g'on ovoz eshitilishi ikkisini ham hayollarini tumandek tarqatib yubordi.
- Boraqol.
Iskandar hozirgina qizdan eshitgan gaplarga ishona olmas, bu qaysar qizdan javobni hali ko'p kutishiga ishonchi komil edi. Ammo qiz o'zi o'ylaganchalik qaysar chiqmadi. Uzog'i to'rt kun kutibdi javobni. Umuman olganda Iskandarga qizning rozilik javobi ham kerak emasdi, Isf i ra uni rad qilmagandi, Iskandarga shuni o'zi ham yetardi. U o'zini allaqachon qizning "yigiti" deb hisoblab bo'lgandi. U qizning gaplarini yana bir eslab sarmast kulib qo'ydi.
-  Amaki eshitdingizmi? – bu xursandchiligini qo'riqchi bilan ham bo'lishgisi keldi yigitni -Men ham unga yoqar ekanman. O'g'rilar ham odam. Shu holimcha qabul qildiya meni.
Qoyil!
-  Davringni sur endi – kesatdi qo'riqchi.
-  Suramiz, amaki suramiz - Iskandar hushtak chalgancha panjaradan uzoqlashdi.


  * * * * 

 Isf i ra taksida uyiga qaytar ekan, endi angladi boya Iskandarga nimalar deb qo'yganini. U o'zida emasdi, hayoli tarqoq, qo'rquv ichida nimalar deganini o'sha vaqt anglamagan qiz, endi sekin astalik bilan gaplarining ma'no mazmunini anglab borayotgandi. Ham qo'rquv, ham hayajondan yurak urushi tezlashayapti.
- Yo'q hech narsani o'ylama Isf i ra tinchlan...
Yoqtirishingni aytsang nima bo'lipti... Uni yoqtirishing rostku... Bu yaxshilikkaku har holda ichingda qolib ketib armon bo'lib qolmaydi... Hozir uyga borsang ham sen bunaqa ishkallarga aralashib qolganingni hech kim bilmaydi. Tinchlan, tinchlan... - u o'zini tinchlantirishga urunib holatiga mos so'zlarni o'ziga-o'zi qayta-qayta takrorlardi.
Uyiga kelgach o'tgan safargidek o'z uyiga o'g'rilardek  orqa eshikdan kirdi. Endi derazasi ostiga kelganida ortidan eshitilgan ovozdan cho'chib tushdi.
- Bu yerda nima qilayapsan qizim?
Bog'ga kechki sayrga chiqqan Mahbuba qiziga hayron qaradi.
- Haa... Oyi sizmidiz?! O'takamni yoray dedingiz... Shunchaki bo'g'da sayr qilib yurgandim.
- Qachon chiqqanding, seni ko'rmabman ham.
- Oshxonada edingizda.
- Ha mayli... Iii to'xtachi menga qara, ko'zlaring qizariptimi? - Mahbuba qizining qizargan ko'zlarini sezib qoldi.
- Yo'g'ey nega yig'lay? - Isf i ra zo'raki jilmaydi.
- Aldama... Ko'zing qizargani shundoq bilinib turibdiku. Nima qildi? - Mahbuba xavotir bilan so'radi.
- Hech narsa oyi... Biroz siqilib ketgandim, shunga...
- Ahh bechora qizim-a, qani beri kelchi -Mahbuba qo'llarini keng yozib qizini o'ziga chorladi - Sen hech narsani o'ylama hali hammasi yaxshi bo'lib ketadi. Dardni bergan Alloh davosini hem beradi. Faqat sen umidingni uzma ho'pmi?
Bag'riga singib ketgan qizini yupatgan bo'ldi Mahbuba. U qizini kasalligi uchun siqilib yig'lagan deb o'ylagandi.  - Ho'p oyi sizni judayam yaxshi ko'raman -Isf i ra onasini yanada mahkamroq quchdi.
Ertasi kuni tushlikka yaqin telefonining tinimsiz jiringlashidan asabi buzilgan qiz qilayotgan ishini ham tashlab telefonga qaradi.  Iskandar!
Yuragi hapqirdi qizning, qo'lini yuragi ustiga olib borib qo'ng'iroqqa javob berdi.
- Alo.
- Nihoyat - telefon ortidan o'zi uchun qadrli bo'lgan insonning ovozi yangradi - Nega buncha ko'tarishing qiyin.
- Band edim, telefonimga qaramabman.
Qayerdasan? Mahkamadan chiqdingmi? -havotir bilan so'radi.
- Chiqdim, ayni damda uydaman... Kutdingmi meni? - Iskandarning yuziga beixtiyor kulgu yugurdi.
- Yo'q, nega kutishim kerak.
- Senda har doim shu. Dushanbaning gapi Seshanbaga to'g'ri kelmaydi. Kecha "Kutaman" degan ammangni qizimidi? - Iskandar "Kutaman" so'ziga alohida urg'u berib, kesatishni ham unutmadi.
- Ho'p kutdim deganim bilan nima o'zgarardi, tovba.
     — Ko'p narsa, Isfir, ko'p narsa o'zgaradi. Yurak urishim tezlashadi, hayajon bosadi meni, seni bitta iliq gaping bilan osmonga uchganday bo'laman, o'zimni xotirjam sezaman, qalbim osoyishtalikka erishadi, huzurlanaman...
Isf i ra yigitning bu taqlid gaplarini eshitib yanayam hayajonga tushdi. Yaxshiki hozir qarshisida emas, yo'qsa yuragi huruj qilib qolishi ham hech gap emas.
- Juda chuqurlashib ketding.
- Dilimdagi tilimda hozir... Aytgancha -Iskandar shirin gaplarni yig'ishtirib, jiddiylikka o'tdi - Bugun kechga tayyor bo'lib tur seni olib ketaman.
- Yana "o'g'irlaysanmi"?  - Yo'q bu safar to'g'rilikcha ota-onangni ogohlantirib eshikdan chiqasan.
- Nima qilamiz?
- Bunisi sir kechki yettilarga tayyor bo'l, o'zim olib ketaman.
- Taksidan kelsang kel roziman, faqat mashina o'g'irlama Iskandar.
- Yuragingni oldirib qo'ydingmi - Iskandar miriqib kuldi - Hotiring jam bo'lsin... Bo'pti kechga ko'rishguncha.

Oq QoraWhere stories live. Discover now