9

13 0 0
                                    

Bir oydan so'ng.
Katta panorama oynalar orqali gavjum, shovqinli shaharni tomosha qilayotgan qiz chuqur ho'rsindi. Mana uch kundirki u shu oyna oldidan uzoqlashmaydi. Uch kundirki xonada u bilan birga turgan yigitga gapirmaydi. Faqat fi ziologik ehtiyojlarni qondirib yana shu butun bir shahrni teletasvirdek ko'rsatib turgan oyna qarshisiga kelib oladi. Hayollari har yerda tarqoq, asosan o'z yurtida birgina "sababli" xati bilan qoldirib kelgan ota-onasi haqida o'ylaydi. U ketgach ota-onasi qay ahvolga tushgan ekan, hoynahoy dadasi butun "armiyasini" to'plab allaqachon uni qidirishga berib ulgurgandir, onasi esa xatni bag'riga bosgancha zor-qaqshab qolgandir... -dir, -dir, -dir taxminlar ko'p  juda lekin anniq ularning ahvoli haqida ma'lumot yo'q. Qiz o'zining sovuq hayollaridan chalg'ish uchun yana chuqur nafas olib chiqardi.  Ularning ahvoli yaxshi ekanligiga o'zini ishontirib oyna qarshisidan uzoqlashdi. Ortiga o'girilishi bilan yumshoq o'tindiq ustida o'zidan ko'z uzmay o'tirgan sherigining nigohlariga duch keldi. Ammo bir og'iz gapni ham ko'p ko'rgandek o'zidan e'tiborsizlikni "yoqib" oshxona tomon o'tib ketdi. O'ziga achchiqqina qaxva damlar ekan xonaga sherigi ham kirib keldi.
- Narsalaringni yig'ishtir bugun kechga ortinga qaytasan! - sherigi shu ikki og'iz gapni aytdiyu oshxonani tark etdi. Nafaqat oshxonani balki uyni ham tark etdi.
Qiz eshitgan gaplaridan na quvonishni na hafa bo'lishini bilar edi. Bir tomonda atrof i da parvona bo'lib, hamma narsadan asrab-avaylab katta qilgan ota-onasi, bir tomonda yuragining egasiga aylanib ulgurgan suyukli yori...
Qiz issiq qahvani ushlagancha yana hayollar girdobiga tushib qoldi.
Bir oy avval qancha harakat qilishmasin Ozod Qayumovning rizoligini olisha olmagani, keyin yashirincha Iskandarning nikohiga ham sha'ran ham qonunan o'tgani, shundan so'ng ham ko'ndira olishmagani, qiz ikki haftalik uy qamog'i jazosida yigit bilan birga qochib ketishga rozi bo'lgani... Isf i raning ko'z oldida barcha voqealar kino tasmasidek o'ta boshladi.
    Bo'lishi kerak bo'lgan ish bo'ldi... Taqdir shu ekan, endi hech narsani ortga qaytarib bo'lmaydi. Ota-onasi albatta uni kechiradi, axir bilishdi o'g'ri bo'lsa ham bu yigitdan ko'ngil uza olmasligini va buni amalda ko'rsatib qo'ydi ham. Islandar bilan qochib ketishga ham o'zi rozi bo'ldi, u hatto majburlamadi ham faqat tez qaror chiqarishini so'ragandi. Va ijobiy javobni oldi.
Shunday ekan endi bunday o'zini ham Iskandarni ham ayblab o'tirishni to'xtatish kerak. O'zi shu qarorga kelgan, va bundan buyog'iga bu qaroriga afsuslanmaslikka harakat qilish kerak.
Kechga tomon uyga kirib kelgan Iskandar qo'lida turga bir kishilik samalyot chiptasiga bir qaradida uydan o'ziga kerakli insonni qidirdi. Uni oshxonada beliga fartuk taqqancha allanimalardir tayyorlayotganda topdi.
- Hush kelding - ortiga o'girilgan qiz eshik yonida turgan yigitni ko'ring keng jilmaydi.
- Hush vaqt bo'l - uch kundan bero qovoq-tumshuq qilib yurgan qizni birdan o'zgarishi Iskandarni biroz hayratga soldi - nimalar qilayapsan?
- Kechgi ovqat, sen kiyimlaringni almashtirib chiq keyin birga ovqatla... - qizni ko'zi yigitning qo'liga tushgach gapirishdan to'xtadi. Iskandar ham qiz qayerga qarayotganini anglab chiptani shu yerdagi stol ustiga qo'ydi - Nima bu? - Isf i ra chiptani qo'liga olib biroz uni tomosha qildi.
- Chipta... senga...
- Buni menga keragi yo'q - Isf i ra qog'ozni Iskandarning ko'zlariga tik qaragancha ikkilanishsiz yirtib tashladi - men qaror qilib bo'lganman va endi buni o'zgartirishni istamayman. Ortiq bu haqida gaplashishni ham istamayman... Tezlash hozir ovqat suzaman.
Isf i ra ortiq bu mavzu haqida gaplashishni istamasligini bildirib yana o'z ishini davom ettirdi. Iskandar allaqanday hotirjamlik bilan yana biroz uning ortidan kuzatib so'ng kiyimini o'zgartirish uchun xonadan chiqib ketdi.
     — Ertaga balki shahar aylanarmiz? — Isfira ovqatlanish barobarida o'rtadagi sukunatni buzib, gap tashladi.
     — Ertaga bo'lmaydi, meni biroz qiladigan ishlarim bor.
     — Xo'p, unda o'zim...
     — Yo'q! — Iskandar Isfiraning gapini oxirigacha eshitmay qat'iy rad etdi. — Bir o'zing hech qayerga chiqmaysan. Ertaga uyda bo'lib tur, indin birga chiqamiz shahar aylanishga.
     — Nega chiqmayman? — Isfiraning qoshlari chimirildi.
     — Chunki men shuni xohlayapman!
     — Iskandar...
     — Isfir, yo'q dedim, faqat men bilan birga chiqishing mumkin ko'chaga.
     — Nima, meni uyga qamab qo'ymoqchimisan?
     — Sen qamoq deb o'ylasang, shunday bo'ladi.
     — Unda bu nima?
     — Rashk bu, xotinjon, rashk! — Iskandar qoshini qoqib, jilmayib qo'ydi.

Oq QoraWhere stories live. Discover now