2

8 0 0
                                    

*** - o'qishga kech qoldim. Buncha imilladingiz...? - mashinaga chiqqa Islomni Shodiyona zahrini socha boshladi. Islom esa hech narsa demay mashinani yurgizdi. Shodiyona ham labini burib qo'lini qovushtirib oldi. Ikkalasi ham o'z o'y-xayollari ko'chalariga singib ketishdi. Balki ikkalasiga atalgan bu unashtiruv yaxshilikka olib borar. Axir har bir ishda Alloh hayr qo'ygan deyishadi-ku. Bu hayrdan kun kelib ikkalasining ham yuzlarida shukronalik tabassumi ufurar. Lekin bungacha qancha yo'l borligini hali hech kim bilmaydi. Zero, to'g'ri yo'lda qiyinchiliklar bisyor bo'ladi. - bu nima...? Men o'qishga olib borishingiz kerak edi... - mashinadan tushmay Shodiyona qoshini chimirdi. Qarshisidagi bino shisha bilan qoplangan. Shisha ortida bir-biridan chiroyda tengsiz oq kelin ko'ylaklar monikenlarga kiygizilib qo'yilgandi.
- ikkinchi xotinimga kelin ko'ylak tanlashib yuborasan.. - Islom mashinadan tushib ketdi - balki sizga tanlash kerakdir... - Shodiyona ham mashinadan tushib tushmay gapirdi.
- tilingni o'stirguncha aqlingni o'stirsang bo'lmaydimi..?
- o'zingizda yo'q narsani menga nasiya qilmang...
- Yo Alloh Alloh bu qizga aql kirgunicha menga sabr bergaysan...
- Yo Alloh Alloh shu yigitga katta sabr ber... Ikkin..
- yetar - ey. Har gapda tez aytishdek bir gapni takrorlaysan... - Islom Shodiyonani gapini kesib, o'zi gapirdi. Shodiyona yana birga aytmasdan oldin Islomni o'zi qarshisidagi binoga kirib ketdi.
- Islom akasi..."O'zimga ko'ylak olmoqchiman" deb qo'yaver... Gap talashmay.. - Shodiyona qo'lini qovushtirib ensa qotirib turaverdi. Bu qilgan ishini Shodiyonani o'zi ham tushunmasa ham joyidan jilmadi. Besh daqiqa o'tdi. Islomdan ham "senga yalinmayman" degandek ichkaridan chiqmadi - Yo Allohim... Bu betayin rostan ham o'ziga oq ko'ylak olmoqchi shekilli... Balki ikkinchi xotiniga ko'ylak tanlayotgandir rostdan ham... - Shodiyona oxiri ichkariga kirdi. Islomni qidirdi. Topdi ham, Islom divanda o'tirib telefondan nimalardir qilib o'tirardi.
- bu chiroyli yigit kim..? - bitta hodima qiz yonidagi qizni turtib qo'ydi. Qizning ikki ko'zi Islomda edi.
- shahzoda... - qiz sekin gapirib yuziga tabassum yugurdi - eh malikasi bor ekan... malikasi yo'q bo'lganida o'zim bilardim nima qilishni - qanaqa malika..? O'zi aytdi-ku "qaysar echkim tashqaridagi ko'ylaklarni ko'rib, hali ham ichkariga kirish eshigini topolmayabdi" deb... - uchinchi sotuvchi qiz ham suhbatga qo'shildi. Tabiiyki bu gaplarni "qaysar echki" eshitib turgandi. Shodiyona jahldan qizarib, bo'zarib Islom yoniga bordi.
- ko'ylakizni tanlab bo'ldizmi..? Yaki hali ham tanlolmayabsizmi...? - Shodiyona sekin Islomni telefonda nima qilayotganiga qaradi. Telefonda "my talking Tom" o'ynab o'tirganini ko'rib sharaqlab kulib yubordi - voy o'lmasam... Hozir o'lib qolaman... Ahhahaha... Yo Alloh bu kishimni uylantirishmoqchi... Kuyov bolani qilib o'tirgan ishini qaranglar..
- juda kulguli... O'zi qanaqa o'ynaladi bu..? Tushunish qiyin ekan... - Islom Shodiyonani kutaverib zerikib, katta akasi - Ixlosning 7 yoshar qizi Zuhra o'tkazgan o'yinni o'ynashga harakat qilardi.
Hammaga oson tuyilgan bu o'yin Islomga kelganda qiyinlashib qolgandek go'yo. Islom o'yinni o'yab bilmay, oxiri telefonini o'chirib qo'ydi. Shodiyona esa kulaverib qorni og'rib ketgandi. Islom uni kulishidan shunchaki zavq olib qarab turdi.
- to'yimiz kuni to'yxonada o'ynashni o'rgataman... - Shodiyona kulish barobarida gapirdi.
- rostdan o'rgatasanmi..? - Islom Shodiyonadan ko'z uzmay gapirdi. Jiddiy qarab turgan Islomni ko'rgan Shodiyona ham o'zini yig'ib oldi.
- ko'ylak tanlay... - Shodiyona ko'ylaklarni ko'ra boshladi. Inson bazan tushunarsiz holatlarga ham tushib qolishi mumkin. Sening ichingda nimadir bor-u, lekin sen uni nima ekanligini anglolmaysan.
Anglasangda bu narsani tilingga chiqarishga qo'rqasan. Balki bu tushunarsiz holatlarning taqvodir.
- bo'ldi ketamiz... - Shodiyona Islomni yoniga qaytib keldi.
- ketamiz...? Tanlaganingni kiyib chiqmaysanmi..? - Islom hayron bo'ldi.
- to'y kuni ko'rasiz...
- Yo'q bo'lmaydi. Men avval qanaqa ko'ylak tanlaganingni bilishim kerak. Asabimni o'ynamay tezda ko'ylakni kiyib chiq...
- men o'zimni reklama qiladigan narsa kiymayman... Shunday ek...
- men senga kiyib chiqasan dedim... - Shodiyonani gapi oxiriga yetmay Islom o'zi gapirdi. Gaplari buyruq ohangdaligi bilan birga, yuzida ham gipnozlovchi holat. Shodiyona ham tik qaradi, yo'q Shodiyonani tarbiyasimi, yoki qayerlardadir daydib yurgan iffatimi uyg'onib, Islomdamdan ko'zlarini olib qochdi. Ichkariga kirib o'z tanlagan oq ko'ylakni kiyib chiqdi. Oddiy kelin ko'ylak. Hamma yog'i yopiq. Ko'zga tashlanadigan joyi - qo'li, fanar qilib tikilgan. Ortiqcha detal yo'q. Islom shunchaki qarab turdi. Shodiyona ham hech narsa demadi. Oradan besh daqiqa o'tdi. Hayot jimlikka cho'kib qolgandek, huddi kino tasmasi shu joyida to'xtatilgan va reallikdan uzib qo'yishgandek go'yo.
Shodiyona Islomni gapirishini kutar, lek Islom ham sukut ichra so'zsiz turardi. Huddi Islom bir so'z aytsa, bitta zar "go'zal " likga dog' tushiradi qo'yadi. Islomni gapirish niyati yo'qli, Shodiyonani sabrini tugatdi.
- men shu ko'ylakni kiyaman. E'tirozlar qabul qilmaydi - Shodiyona shunday deya Ichkariga kirib kiyimni chiqarib chiqdi. Islom esa "Allohga shukur" degan gapni o'ziga o'zi, o'zi eshitiladigan darajada aytdi.
*** Taqdir yozilmagan kitob. So'ylanmagan ertak. Quvonch va darddan qurilgan kulba. O'nqir -cho'nqirlardan iborat yo'l. Yetilgan va yetilmagan tikanli baxt.
Shodiyona sinf xonasiga kirdi. Sinf xonasing oxirida, shu sinfni rahbari Akobir o'tirardi. Shodiyona unga bosh irg'ib, boshqa e'tibor bermadi. Akobir ham bosh irg'idi va o'z ishini qila boshladi.
O'quvchilar Shodiyona kirishi bilan hammasi tik turib olishgan edi. Shodiyona esa doskaga katta qilib "G'ofur G'ulom" deb yozib qo'ydi. O'quvchilar har doimgidek yosh va yangi kelgan o'qituvchisining hatti - harakatlarini kuzatishar edi.
- "Aziz asrimizning aziz onlari
Aziz odamlardan so‘raydi qadrin.
Fursat g‘animatdir, shoh satrlar-la Bezamoq onidir umr daftarin." - Shodiyona sinf xonasida aylanib yoqimli ovozini balandlatib, she'r o'qiy boshladi. Shu barobarda o'quvchilarni uchta yangi yozilmagan qog'ozni tarqatdi. Keyin o'sha qog'ozni olib joyini almashtirdi. Bolalar hayron, gapiray deyishsa ustozini gapini bo'lishgisi yo'q, lekin o'rtada bo'sh qog'oz uyoqdan buyoqqa, buyoqdan uyoqqa aylanardi. She'rni tugatgan Shodiyona shu asnoda qog'ozlarni ham yig'ib oldi - assalomu alaykum aziz o'quvchilar... - bolalar bir varakayiga salom berishdi - hayron bo'lmanglar, bu qog'oz hech narsani bildirmaydi. Shunchaki sizlarni diqqatingizni o'zimga jalb qilmoqchi bo'ldim - Shodiyona jilmayib qo'yib darsni tushuntira boshladi. Orada savol - javob ham qildi. To'g'ri javob berganlarga qo'liga o'zi olib kelgan shakalanddan bitta otardi. O'quvchilar shu darajada darsga qiziqib ketishgan edi-ki, o'zlari ham qanday darsga faol bo'lishganlarini bilmay qolishar edi. Sinf xonasida o'tirgan Akobir shunchaki Shodiyonaga har vaqtdan ko'z tashlab qo'yardi. Shodiyonaga avvaldan bo'lgan ezgu tuyg'ulari yanada jo'sh urar, unga har doimgidek uzoqdan termuladi. Maktab paytidan g'uncha tuygan sof sevgisini so'zsizlik ortiga yashirgan edi.
- tariflashga til ojiz... - Shodiyona ortidan kelgan ovoz tufayli, qalbiga yana aybdorlik hisi kirdi.
- rahmat... - Shodiyona shunday deya yana qilib o'tirgan ishiga qaytdi. Darsi tugagan, shu sababli o'qituvchilar xonasida yolg'iz o'tirardi.
- Shodiyona senga bir gap aytmoqchi edim....- Akobir sinfdoshi - Shodiyona avvaldan yigitlarni hushlamagani sababli, Shodiyonadagi o'zgarishlarni sezmagan edi.
- eshitaman Akobir... - balki tashqarida gaplashib olarmiz... - Akobir Shodiyonaga jilmayib qaradi.
Shodiyona aytiladigan og'riqlarni o'ylab battar asabiylashdi. Qani edi, shu yerda bitta teshik bo'lsa-yu Shodiyona o'sha teshikdan chiqmasa, birovni qalbini sindirmasa... Lekin qachgandan nima naf..?
Bir kun Akobirga haqiqatni baribir aytishi kerak. To'g'ri Akobir va Shodiyona orasida hech narsa bo'lmagan, lekin bu Akobirga aytish oson degani emas. Axir bir insonni qalbi sinadi hozir. Bu ish kimdir uchun oddiy hol, lekin Shodiyona uchun emas. Agar Shodiyona o'zini sevguvchilardan bo'lganida, ota-onasiga qarshilik qilardi. "O'z hayotimni o'zim quraman" derdi. Yo'q, agar Shodiyonani otasi shart qo'ymaganda ham ularni oldidan o'tolmasdi. O'shanda maktabda Akobirni sevgisiga ijobiy javob bergan bo'lardi.
Maktabni bitkazish vaqtlari edi. Shodiyona sinfda na'munali qizlardan bittasi edi. To'g'ri juda chiroyli emasdi. Qahva rang jingalak sochlari kalta, qosh ko'zlari ham odamni tortadigan darajada emas, ular ham qahva rangda edi. Yuzlari bug'doy mayizdan kelgan. Lablari o'rtacha kattalikda. Ikkita yonog'ida kulmasa ham ko'runuvchi kulguchlari bor. Shu kulguchlari odamni o'ziga qaratmasa, boshqa detallari o'rtacha edi. Sochlarini ham maktabga allambalolar qilib kelmasdi. Doim tepadan yig'ib qo'yardi. O'ziga unchalik etibor bermasdi, fikri - hayoli faqat o'qishda edi. Uni hayolini bir kuni o'z sinfdoshi qoq ikkiga bo'lib qo'ydi. Bu hayol o'g'risi Akobir edi.
- Shodiyona.... Hali ham ketmadingmi..? - Akobir xonaga kirib, sinf xonasida bir nima qidirayotgan Shodiyonaga ko'zi tushdi.
- boshim ayyyyy... - Shodiyona cho'chib portaga boshini urib oldi - jin ursin Akobir... O'takamni yording...
- kechir... Ahvoling yaxshimi...? Men bilmay... - Akobir tezda Shodiyonani yoniga bordi.
- hech zarari yo'q... O'tib ketdi... Sen bu yerda nima qilyabsan...? - Shodiyona boshini silab Akobirga asabiy qaradi.
- ha men... Endi ketaman... Sen-chi..? Sen nega hali ham bu yerdasan..? Ketmaganmiding..? - Akobir sumkasiga narsalarini sola boshladi.
- ha, men ziragim tushib qolibdi... Shuni qidirib kelgandim... - Shodiyona hafsalasiz joyiga o'tirdi -uffff lekin topolmadim...
- bu emasmi..? - Akobir jilmayib mittigina zirakni ko'rsatdi.
- voooy qayerdan topib olding..? - Shodiyona o'rnidan sakrab turdi. Hursandligi ko'zidan ma'lum edi.
- buncha hursad bo'lmasang..? Oddiy zirak-ku?!
- jinni bu sen ko'rgan простой zirak emas. Tilla... Sof tilla.. - Shodiyona yulqib zirakni oldi - oyim zirakni yo'qotib qo'yganimni bilsa, meni so'yadi...
- ho'p yaxshi... -Akobir Shodiyonaga jilmayib qaradi.
- mayli ketdim... Rahmat Akobir... - Shodiyona eshit tomonga yo'naldi hamki, Akobir uni to'xtatdi -tinchlikmi..?
- senga bir gap aytmoqchi edim... Haligi qanaqa aytsam ekan..?
- dil izhori aytyabsanmi buncha cho'zilmasang...?! - Shodiyona o'zini gapiga o'zi mazza qilib kuldi.
- ha... - Akobirni jiddiy ovozidan Shodiyona kulishdan tezda to'xtadi - Shodiyona men seni sevaman...
Balki bu boshqacha tarzda aytilar, lekin men... Boshqacha aytishni bilmayman...
- Akobir hazil qilyabsanmi? Bu qanaqa ahmoqona gap bo'ldi..?
- bu ahmoqona gap emas... Men seni rostdan ham sevaman. Senga uylanmoqchiman. O'qishni tugatishimiz bilan uyingga sovchi jo'nataman. Sen bunga javobing...? - Akobir bitta nafasda hammasini aytib jimib qoldi. Shodiyona shok holatda qotib turardi - Iltimos hozir yo'q dema. Sen avval yaxshilab o'ylan... - Akobir og'iz juftlagan Shodiyonadan oldin o'zi gapirdi. Shodiyona tashqariga so'zsiz chiqib ketdi. Avvallari yigitlar unga shunaqa gaplar aytganmi, eslolmaydi. Balki aytishgandir, balki yo'q. Sababi oson Shodiyona hech bir yigitga gaplatib qo'ymagan, qars og'ziga urib, qaytib gaplamaydigan qilib qo'ygan. Lekin nega Akobirda gaplay olmadi. Tili kalimaga kelmadi?
Balki bu sevgidir, balki qiziqdir. Akobir ham tartibli, ham bilimli yigit. Qizlarni orzusidagi yigit. Lekin Akobir Shodiyonani aldayotgan bo'lishi mumkin, o'yin qilayotgan bo'lishi mumkin. Balki rost aytayotgandir. Ertasi kuni Shodiyona o'zini igna ustida yurgandek sezar, har Akobirga ko'zi tushsa uyalganidan ko'zlarini olib qochardi. O'zini odatiy tutishga harakat qilsada, buni hech uddalay olmayotgandi. Akobir uni katta tanaffusda so'zga tortdi. Javob berish pallasi ham keldi. Shodiyona javob berishi kerak.
- Akobir men senga vada berolmayman. Men maktabni tugatib o'qishga kirish niyatim bor. Bundan tashqari meni boshimda ota-onam bor. Ulardan meni rozi qilib ololsang meni roziligim, lekin bular zid tarzda ketsa... Hullas o'zing tushunding.
- Shodiyona hammasi seni roziliging bilan bo'ladi.
- men sen bilan gaplashib o'yin o'ynab yurishimni kutma... Men baribir gaplashmayman...
- ho'p yaxshi gaplashmaymiz. Men ham bu narsaga qarshiman. Sen ham hech kim bilan gaplashmaysan va aqlli qiz bo'lib meni kutasan.
- Nimalar deyabsan Akobir..? Sen aytmasang ham men o'zimni botqoqlikka botirmayman...
- ho'p yaxshi. Men senga ishonam. Lekin sen hech kimga rozilik berma. Meni kut. Men senga albatta uylanaman.
- men ota-onamni oldidan kesib o'tolmayman. Shunday ekan mendan ortiqcha umid qilma...
- sen meniki bo'lasan..Men seni sevaman... Aqlli qiz bo'lib yur... - Akobir yoniga yaqinlashib qolgan yigitlar tufayli, Shodiyonadan uzoqlashdi - qizlar yoniga bor.
Shodiyona esa shok holatda edi. Akobirni gapi bilan qizlar yoniga qanday borganini ham bilmay qoldi. Kunlar shu tarzda o'ta boshladi. Akobir Shodiyonaga ortiqcha gapirmas, uni uzoqdan himoya qilardi. Shodiyona unchalik chiroyli bo'lmasa ham Akobirni qalbini egallab bo'lgandi. Bu ham yetmagandek Hayolini o'g'irlab, hayotiga ham qadam qo'ygan edi. Ha, Akobir bir so'z bilan aytganda Shodiyonani chin oshiqi. Shodiyona ham Akobirdan o'zini olib qochar, gaplashmaslikka, ko'zlariga qaramaslikka, iloji bo'lsa maktabga kelmaslikka harakat qilardi. Shu yo'sinda kunlar, oylar, yillar o'tdi. Ikkalasi ham katta bo'lishdi. O'qishga kirishdi. Akobir matematika sohasi bo'yicha, Shodiyona ona tili adabiyot sohasi bo'yicha o'qishga kirishdi. Lekin bu orada ikki yosh ham ortiqcha ish qilishmadi. Ortiqcha gap ham bo'lmadi. Maktabni tugatganidan keyin, Akobir sovchi yuborishini Shodiyonaga aytdi. Shodiyona o'qishni tugatmaguncha bu gap haqida gap ochilmasligida qat'iy turib oldi. Chunki unashtirilib yurishni istamasdi. Orada har xil tushunmovchiliklar shu unashtirishlarni uzoq cho'zilishidan kelib chiqardi. Shodiyona esa unashtiruv va to'y orasi yaqin bo'lishini istardi.
Lekin to'yini erta bo'lishini istamasdi. 21 yoshda o'qishni tugatishadi va to'y bo'lsa hech qanday muammo bo'lmasligini o'ylardi. Akobir ham bu gapga zo'rga rozilik berdi. Qayerdan bilishsin hamma narsa bir kuni o'zgarib ketishini. Taqdirlar ayro tushishi-yu, har qaysisi har yo'ldan ketishishini... -uzr... - Shodiyonani telefoniga qo'ng'iroq kelidi - alo... Assalomu alaykum.. Ho'p... Hozir chiqaman... -Shodiyona qo'ng'iroqni yakunlab Akobirga qaradi - ketishim kerak... Ertaga gapingni aytarsan...
- tinchlikmi..? - Akobir yana aytadigan gapi ichida qolganidan jahli chiqsada o'zini bosdi.
- ha... Tinchlik... - Shodiyona qisqa javob berib tezda tashqariga chiqdi. Maktab darvozasi oldida uni tanish mashina kutib turardi. Mashinaga chiqdi - assalomu alaykum..
- va alaykum assalom.. - Shodiyonaga bir qarab mashinani yurgazdi. Islomni yuzida qandaydir asabiylik bor edi.
- dadam bizni to'yga bir hafta qolguncha uchrashmasligimizni aytgandi... - Shodiyona Islomga qaramay oyna tomonga qarab oldi. Islom javob bermadi - qayerga ketyabmiz...?
- taklifnomalarni olgana... So'ng ammam chaqiribdi. Ularni ko'rib kelamiz... - Shodiyona "amma" so'zidan tushindiki, buvisini ko'rishga ketishyandi. Islom yana so'zida davom etdi - menimcha bugun ham uyda to'y masalasi bayonoti bo'ladi.
- ajoyib.... Ha aytgancha, men uyimdan mebel sebel olib bormayman... O'zingiz qilasiz hammasini.
Meni ota-onam o'qitgani ham yetadi. Ularga ortiqcha daxmaza bo'lishni istamayman. Sizlardek tadbirkorlar, oddiy quruvchining qiz uyidan boradigan narsalarga zor emasdir... - Shodiyonani gapini tinch eshitib o'tirgan Islom hech narsa demadi. Shodiyona yana gapira boshladi - juda kerak bo'lsa, to'ydan keyin ishlab olib berman... - Islom mashinani chiyillatib to'xtatdi.
- jim yurganimga o'zingdan ketma... Senga birov uni yoki buni olib kel deb aytdimi..? Tilingni tiymasang boshingda kaltak sinadi... O'chib yur. Bo'lmasa yomon bo'ladi... Mening ham sabrimni oxiri bor. Ha deb g'ururim bilan o'ynashma, o'zimga javob berolmay qolishim mumkin... Iloji bo'lsa meni yonimda chakagingni ochma... - mashina chiyillab to'xtaganidanmi, yoki Islomni vajohat bilan aytgan gapidanmi Shodiyona bir so'z deyolmadi. Islom ham mashinani yurgazdi. Ikkalasi ham bir-biriga egilishni istamasdi. Doim aql bilan ishyurituvchi, bosayotgan yo'lini ming marta sarhisob qiluvchi va rejalarini yetti marta emas, yetmish marta o'lchab bir kesadigan Islom hech qachon bosh egmaydi. Shodiyona esa yegil - yelpi hayotda bo'layotgan oshirilib ketgan ommaviy madaniyat tomonidan bunyod qilinga g'urur ila o'zini ko'rsatmoqchi. Lekin dinimizda ayol erkakdan pastligi haqida bir emas bir qancha dalillar ketirililgan. Shulardan bittasi. Niso surasining 34-oyatida "Erkaklar ayollarga rahbardirlar" degan oyat bor. Ayollar har qanday holatda, o'z manfaatiga ziyon yetmayotgan holatda, albatta, erkaklarga bo'ysunishi shart. Negadir hozir ayol va erkak tenglik taktikasi bilan yashash urfga kirgan. Shu sababli ham o'rtada nizolar bisyor, muammolar to'la.
Islom mashinadan tushib taklifnomalarni olib chiqdi. Ularni hammasini Shodiyonaga berdi.
Shodiyona ulardan bittasini olib ko'ra boshladi. Ikkita oppoq kabutar bir biriga qarab turardi, tumshug'ilarida esa bittadan uzuk. Shodiyona Oddiy va juda bejirim taklifnomani ichini ochdi. Ichida zar suvi yuritilgan naqlashlar bor edi. Zar suvida chizilgan ikkita chiziq, keladigan mehmonning ismi va familiyasi uchun edi.
- rahmat... Juda chiroyli taklifnoma bo'libdi - Shodiyona hali ham asabiy holatdan chiqmagan Islomga jilmayib qo'ydi.
- arzimaydi...
- nima bo'ldi..? Nega qovog'inggizdan qor emas do'l yog'yabdi... Dardingiz ne oshiq yigit so'ylang... -Shodiyona kechirim so'ragisi kelmay, gapni boshqa tomonga burdi.
- hech nima...
- meni deb sevgan qizingiz bilan urishib qoldingizmi..? - Shodiyona hayoliga kelgan fikrni tiliga chiqardi. Sevgi. Bir vaqtni o'zi ham dard, ham baxt beruvchi kuchli kasallik. Uni davosini bazilar bor deb qarashsa, bazilar mutloq yo'q deb o'ylashadi. Xis qilmaydigan insonlar buni safsatabozlik deb ham aytishadi. Xis qilganlar esa uni ta'riflashadi ojizlik qilishadi. Ko'ngil ko'ngilga qachon tushishini, kimga tushushini inson bilmaydi. Bilgani edi bunchalik qiynalmas edi.
- Shodiyona chakagingni yop, yoqmayabdi... - Islom har safar "sevgani" haqida so'z ochishsa o'zi bilmagan asabiylikka tushib qolardi. Buni anglash uchun avval Shodiyona bu eslatmani noto'g'ri taqriz ekanini bilishi kerak, shundagini Islom asabiylik va qalb og'riqidan qutilsa zora.
- chakagimni yumushim uchun bitta topishmoq ayting. O'ylanaverib sizga so'zlashni unutay... -Shodiyonani hali ham bolaligi bormi, yoki Islom bilan avval ham ko'p so'z o'yini qilganidanmi, hech jim o'tirgisi kelmasdi. Islomni sokinlikka cho'kib qolgani Shodiyonani battar qiziqtirardi.
- nima onang seni gap berib tuqqanmi..?
- onamdan so'rab ko'rmagan ekanman... Uyga borib so'rab ko'rib, keyin javobini aytaman... Keyin savol.?
- nima.? - Shodiyona jinnilik qilishi Islomni yuziga tushunarsiz alafda kulgu yugurtirdi. Lablaridagi istehzo tabassum kengayib samimiyatga qorildi - atay qilyabsan-a..?
- nimani..?
- ho'p yaxshi. Oy yoki quyosh...
- yulduz - Islom uni javobiga kulib qo'ydi.
- qora yoki oq - och moviy...
- nega..?
- bilmadim. Menga tinchlik beradi... Qiz... Ismi nima..?
- kimni aytyabsan..?
- bo'lg'usi kundoshimni... - Islomni yuzi sezilarli darajada o'zgardi. Shodiyona har safar bu o'zgarishni sezmay qolgani yo'q. U ham Islomda qandaydir tushunarsiz holat yoki sir borligini sezardi. Islomni sukunati unga qandaydir og'riq berar, yurakini o'rtardi. Bunga davo esa Islomning ochilmagan sirini ochilishi. Qiziq u nimadan buncha asabiylashyabdi? O'zi sevgan qizi rostdan bormi?
Yoki o'zi bilan Shodiyonani uzoqlashtirmoqchimi? Hammasi mujmal balki o'z singlisi deb qaragan qiziga uylanish unga og'riq berayotgandir...
So'zsizlik yana mashinada hukmron bo'ldi. Ikkala yosh ham yana xayol olamiga cho'kishgan go'yo.
Shodiyona Islomga qiziqishi uni battar Islom tomonga tortar, unga bo'lgan qandaydir tushunarsiz hislar yal-yult qilardi. Buni hali sevgi deb bo'lmaydi. Lekin bu nomsiz hislarni na yuragiga tushuntira olyabdi, na aqliga sig'dira olyabdi.
Mashina to'xtadi. Ikki yosh ham Shodiyonani buvisini yoniga kirishdi. Bu shunchaki oila oldidan ikki yoshga aytiladigan pand-nasihatlar jamlanmasi edi. Ha, kattalar doim kichiklarga to'g'ri yo'lni ko'rsatishadi, lekin ularni o'zlari doim ham shu yo'llardan yurishganmi..? Albatta yo'q. Hamisha ham to'g'ri yo'ldan yurish ilojsiz. Inson borki xato qiladi. Eng muhimi o'sha xato xulosasida. O'qishga kirgayotgan qiz tanish chehrani ko'rmay hayol bilan o'tib ketdi. Tanish chehra sohibini yuzida shunchalik asabiylik bor ediki, qizni qattiq qo'lidan siqib tortqilab chetroqqa olib chiqdi. Albatta qiz bunday holatni kutmagandi. Qo'rqishi tabiiy. Yigit unga nomahram, ha demay qizni to'yi bolish arafasida. To'y oldi ortiqcha gap ikki oilaga ham yaxshigina sovuqchilik olib keladi.
- qo'yib yubor... Qo'yub yubor dedim senga... - Shodiyona qo'rqqanidan yig'lab yubordi. Hech kim qo'l urmagan qizni bir zumda bitta yigit tortqilasa qo'ruv qattiq bo'lar ekan. Ko'zlar namlanishga shay turar ekan.
- SEN.... JIN URSIN... - Akobir qattiq devorga musht tushurdi. Yaxshi ham yaqin orada biror odam ko'rinmaydi, bo'lmasa bu holatda qiz sharmanda bo'lardi - NEGA..? NEGA SHODIYONA NEGA..? AYT NEGA MENGA RAVO KO'RDING BUNI..? SENI SEVMASMIDIM..?! BOSHQALARDEK UCHRASHIB YURMAGANIM UCHUN SEVMAYDI DEB O'YLADINGMI..? ESHIT MEN SENI SEVGANMAN.. SENI O'ZING BILGANDAN HAM KO'PROQ SEVAMAN... SENGA GARD YUQTIRMASLIK UCHUN, HAYOLINGNI BO'LMASLIK UCHUN, OTA-ONANGNI OLDIDA YUZINGNI QARO QILMASLIK UCHUN SENDAN UZOQ YURDIM... ESHITYABSANMI SENI HATTO O'ZIMDAN HAM ASRADIM...
- men... - Shodiyona qo'rqib qaltirab yig'lashda davom etdi.
- NIMA SEN..? GAPIR NIMA..? SHODIYONA O'SHA YIGITNI... o'sha yigitni nimasini mendan ustun ko'rding..? Uni boyligiga uchdingmi..? Meni ham mashinam bor, o'quv markazim bor... U o'qimagan lekin men o'qiganman... Mendan nimasi ustun.... JIN URSIN... YIG'LAMAY JAVOB BER... NIMASI USTUN... - Akobir o'zini bosolmay yana devorga musht tushurdi. Qo'llari qizil qon bilan qoplandi.
- SENDAN USTUN TOMONI UNI OTA-ONAM TANLAGAN....- Shodiyona ko'z yoshlarini artdi. Hozir hammasini tugallashi kerak. bo'lmasa, juda katta muammo kelib chiqadi - ESHITDINGMI? OTA -ONAM TANLAB BO'LGAN... SEN! MENI OTA-ONAMDAN USTUN BO'LOLMAYSAN... MENI KATTA QILGAN OTA-ONAMDAN SENI SENI USTUN KO'ROLMAYMAN... MENDAN UMID QILMA DEB AYTGANMAN... SENGA VADA BERMAGANMAN... ZINHOR YONIMGA KELMA!!! SEN VA MEN SHUNCHAKI SINFDOSHMIZ... BEGONAMIZ... - Shodiyona tezda u yerdan uzoqlashdi. Tanasiga titroq kirgan. Hatto oyoqlari ham o'ziga bo'ysunmas edi. Bu qattiq qo'rquvdan edi. U bir kun Akobir unga shunday qilishini o'ylamagandi, Shodiyona ham bu hayotga majbur kirishini o'ylamagandi. Ha, hayolida Akobirni ko'p jonlatirgan, u bilan to'yi bo'lishi ko'p o'ylagan, lekin taqdir chig'iri teskari aylandimi, yoki Shodiyona teskari chig'irdagi hayolni surganmi bunisi noma'lum.
Akobir qattiq devorga musht tushurar, yuragida katta og'riq. O'zi sevgan qizi boshqa yigitga nasib qiladi, asragan guli boshqa qalbning guliga aylanadi, baxtli nuri boshqa uyga nur sochadi... Ha, bir so'z bilan aytganda u kech qoldimi, suyuklisi nasib qilmadi, himoyalaganini taqdir boshqasiga loyiq ko'rdimi, Akobir Shodiyonadan ayrildi. Endi undan umidini uzishi kerak. Endi u haqida o'ylash gunoh. Unga boqish harom.
Lekin unga o'xshagan qalb gushlanini qayta topa oladimi..? Taqdir unga shu qizday qiz yo'latadimi?
Bunisi nogumon. Kunlar o'z davomida to'xtay demas, kun o'tar, ayriliq va juftlashish kuni yaqinlashardi. Ayriliq faqat Akobirga atalgandek go'yo. Ha, bu holat Akobirga yomon ta'sir qilar.
Huddi har kuni o'lim tomon qadam bosayotgan odamga o'xshardi.
- menga taklifnoma bermaysanmi..? - Akobir taklifnoma tarqatib yurgan Shodiyonaga dardli tabassum qildi. Shodiyona uni oldida battar ezilar edi. Unga umid bermagan bo'lsa ham qalbida aybdorlik hissi uni jizg'anak qilardi. Akobirga sekin qo'lidagi Akobir uchun atalgan taklifnomani berdi va tezda ortiga og'irilib ketishga shaylandi. Lekin Akobirni dardli ovozi Shodiyonani joyida to'xtadi - "Assalomu alaykum! Hurmatli Akobir! Sizni aziz farzandlarimiz Islombek va Shodiyonaxonlarning nikoh to'yi munosabati bilan 202*-yil 23 - dekabr kuni soat 18:00 bo'lib o'tadigan to'y marosimiga taklif etamiz. Hurmat va extirom ila Alixonov oilasi. Manzil: ***" nasib qilsa albatta boraman.
Shodiyona nima deyishni bilmay so'zsiz tashqariga tomon yo'naldi. Aybdorlik hisi va kechagi onasidan eshitgan gaplari undagi og'riqini kuchaytirardi.

Nikoh va ishqحيث تعيش القصص. اكتشف الآن