3

8 0 0
                                    

***

- sen qiz nimalar deyabsan..? Islomga nima deding..? - Muhabbat opa qizidan eshitgan gaplaridan yoqa ushladi.
- ha. Islomga mebel olib bormayman dedim. Meni shuncha o'qitdingizlar, katta qildingizlar, to'yni katta qilish shart emas... - Shodiyona yozayotgan narsasidan to'xtamay javob berdi - unlarga mebel kerak bo'lsa o'zim ishlab olib beraman... Men buni ham Islomga aytdim... - Shodiyona onasini yuziga qaradi - o'sha og'zingizdan bol tomib maqtaydigan Islomingiz "ho'p yaxshi kerak emas" demadi ham -Muhabbat opa jahl bilan qizining yuziga qattiq tarsaki tushurdi.
- beadisha... Sen aytayotgan inson kun kelib seni ering bo'ladi. Sen haqiqatni bilmay nega Islomni yuziga sachrading. Eshit o'sha Kantrakt pullarni hammasini Islom to'lagan. Eshitdingmi seni o'qish orzuyingni ular amalga oshirgan. O'sha payti buving kasal edi, dadangni bor pulini buvingga sarflanardi. Seni o'qitishga qurbimiz yetmasdi, o'sha payti senga qalqon bo'lgan Islom bo'ladi. Seni o'qish orzuyingni amalga oshiraman deb o'z o'qish ishlarini tashlab qo'ydi. Buni oqibatida o'zi o'qishdan yiqildi. Podkurs pullaringni ham Islom to'lagan. Eshitdingmi seni shu kunga kelishingda o'sha sen ikki gapni biri "kuyovingiz" deb yerga uradigan Islomning hissasi katta.
- o..o..yi n..i..ma..lar de...yab..siz..? - Shodiyona eshitgan gaplaridan shok holatiga tushib qoldi. Ha, rostdan ham Shodiyona o'qish vaqtlari buvisi qattiq kasal bo'lib qoldi. Buvisi bir necha marta operatsiya qilishdi. Dadasini puli ikkalasiga ham yetmasdi. Shu sababli Shodiyonani o'qtishmoqchi emasdi. Lekin o'sha payti Shodiyonani o'qishiga Islom o'zi pul topdi. Chet elga chiqib mehnat qildi.
Shodiyonani o'qish orzusini amalga oshirdi. Ingliz tili va rus tilini yaxshi bilgani uchun chetda ishlari yaxshilandi. Pul kirib turgani uchunmi, yoki boshqa sababdanmi Islom o'qishga topshirmadi. Bu ishi uchun kun kelib afsuslanmasa bo'ldi.
*** Shodiyona tanish mashinani ko'rdi. Ko'zidan tomib hech tinmayotgan achchiq yoshlarini artdi. -tinchlikmi Shodi...? - Islom mashinani yurgizar ekan og'ziga talqon solib olgandek jim o'tirgan qizga qisqa nigoh tashladi.
- tinchlik emas... - Shodiyona sekin pichirladi.
- nima bo'ldi..? - Islom mashinani o'z qahvaxonasi oldida to'xtatdi.
- unashtiruvimiz haqida oldindan bilar edingiz, nega meni aldadingiz..? Meni qo'shimcha darslarimni pulini ham Kantrakt pulini ham to'laganizni bilaman... Yolg'on gapirmay to'g'risini ayting... - Islom Shodiyonani yuziga tusha boshlagan yoshini artib qo'ydi - fa..qat to'g'..to'g'.. risini ay..ay..ting!
- shunga yig'layabsanmi..? - Islom o'ylarida bitta narsa "buni qayerdan bildi" degan gaplar o'tardi.
Ahir bu haqida Shodiyona bilmasligini iltimos qilgandi-ku?! Kim buni Shodiyonaga aytgan? Islomga qiz majburan bo'yin bo'lishini yigit istamaydi. O'zini ko'rsatib manmansirashni ham xohlamaydi.
- torting qo'lingizni haqiqatni aytmaguncha teginmang menga...
- to'ydan keyin aytib beraman... - Islom hayolida Shodiyonaga aytganini gavdalantirib ko'rdi. Naqt Shodiyona Islom bilan uchinchi jahon urushini boshlaydi bilsa.
- Hozir ayting... - Islom bosh chayqadi - mayli sevgan qizingiz rostdan ham bormi..?
- bor...- Islom shu gapni aytishi bilan Shodiyona qattiq Islomni yelkasidan urdi va mashinadan tushib ketdi - Shodi asabimni o'ynamay mashinaga chiq bo'lmasa mendan yaxshilik kutma...
- aftsiz... Uyat neligini bilmaydigan tarozi...
- tarozi..?
- bitta pallangizda men ikkinchisida sevgilingiz... Tarozi bo'lmay nima bo'lasiz..?
- to'g'ri aytding men adolatli taroziman...
- ha tarozingiz zang bossin...
- zangsiz ham pallani tarozim teng ushlaydi...
- nima..?
- qornim ochdi ovqatlanaylik... Boz ustiga ko'cha sovuq, hatto odam yo'q... Yur qahvaxonaga kiramiz.... - Islom Shodiyonaga yetib oldi - yaxshilikcha gapimni qil bo'lmasa ko'tarib olib kiraman...
- avval haqiqatni aytasiz..
- ho'p aytaman faqat to'ydan keyin...
- rostdan ham sevganingiz bormi..?
- bor. Yana necha marta aytay? bor, sevganim bor.
- sevganigiz bilan ovqatlaning... Daf bo'ling ko'zimga ko'rinmang.. - Shodiyonani umidlari puchga chiqdi. Islomni sabri oxiriga yetdi shekilli qizni qo'lidan tortqilab qahvaxona tomon keta boshladi -nima qilyabsan..? Qo'yib yubor ikki yuzlamachi, buzuq tarozi...
- jim ket bo'lmasa, kinodagidek to'xtatib qo'yaman. To'ygacha qo'limni ham urmayman deb o'zimga so'z bergandim. Sen esa jinnilik qilib hamma yoqni boshingga kiyyabsan... - Islom bir zumda juddiylik niqobiga kirdi bu esa Shodiyonani nafasini ichiga tushib qolgnadek bo'ldi. - och qolgan menmi yoki sizmi..? - Shodiyona oldidagi tandir somsani yeyish barobarida gapirdi.
- ovqat yeyayotganda gapirilmaydi deb o'rgatishmaganmi..? Og'zingga shayton kiradi jim ye... - Islom bosiqlik bilan oddiy suvdan ho'pladi.
- unda nega menga tikilib o'tiribsiz..? Ovqatimga tiqilib o'lishimni xohlaysizmi..? - Shodiyona bitta somsani yeb bo'lib ikkinchisiga qo'l uzatdi.
- albatta yo'q... - Islom Shodiyonani labiga qisqa nigoh tashladi.
- Yo Allohim... - Shodiyona ikkinchi somsani ham ishtaha bilan yarmini yeb birdan yuzni hayrat egalladi.
- nima bo'ldi..? - Islom uni bu taqrizdagi gapidan Shodiyonaga o'tkir nigoh bilan qaradi.
- moboda men semirib ketsam tanimay o'tirmang... Men... Sal semizroq Shodi bo'laman... -Shodiyona sekin pichirlab gapirdi. Huddi sal baland gapirsa katta sir ochilib qoladigandek. Islom avval Shodiyonani gapiga tushunmadi.
- nima..?
- voy nimasiga tushunmaysiz..? - Shodiyona jig‘ibiyron bo'lib gapini qayta takrorladi - moboda...
men... semirib...
ketsam.... tanimay... o'tirmang... men... o'sha... saaaaal... semirgan... Shoda... bo'laman... - Shodiyona sòzlarni bo'lib - bo'lib gapirdi.
- nima..? - Islom bu gapni eshitib labini qimtib oldi. Kulmaslik uchun qancha harakat qilmasin baribir kulib yubordi. Shodiyona o'zini gapiga o'zi ham qotib-qotib kula boshladi. Islomni asabiylikdan chiqarib bilgan Shodiyona ham qalbiga taskin kirdi, yuzlariga esa samimiy kulgu yugurdi.
Inson qachon o'zini baxtiyor, hotirjam sezadi? Albatta kimgadir yaxshilik qilsa, unga quvonch ulasha olsa, baxtiyor qilsa. Shu sababli ham insonlar baxtsizdir. Hozirgi kunda yaxshilik qilish uyoqda tursin, oddiy bir shirin so'zi ham qizg'onishadi. Lablaridagi samimiy tabassum pulga keladigandek doim soxtalik niqobida yurishadi. Zero kim, mehr - oqibat insonlar orasida borligi bazan kishini shubhalantirib ham qo'yadi. Bu esa o'z o'zidan turli xil achinarli holatlarga sabab bo'ladi. Lekin yaxshi insonlar ham yo'q emas. Ular yonimizda kam bo'lsa ham bor. Insoniylik bizni tark etmasin.
- sizni uyga taklif qilardim-ku, lekin oyim siz bilan ko'rishmasligimni takidlagandi.. - Shodiyona mahallasini boshida mashinasini to'xtagan Islomga aybdorona qaradi.
- taassufki aytganing bilan men ham uyinga kirmasdim... - Islom boshini mashina o'rindig'iga tashladi.
- avval kirib o'ynaganlaringiz esizdan chiqibdi shekilli... - Shodiyona bolalik paytlarini eslab keng tabassum qildi.
- Akobir bilan orangda nima bor..? - Islom o'zini qiynayotgan savolni berdi. U Shodiyonani uyiga sovchi borganini va u Shodiyonani sinfdoshidan ekanligini, boz ustiga o'sha sovchi yuborgan yigit Shodiyona ishlaydigan maktabda ishlashini eshitganiga bir hafta bo'ldi. Bular Islomni yigitlik g'ururiga tegar, shu asnoda qattiq asabiylashtirardi. Islomni hayolidan Shodiyona qaysidir yigit bilan sevishgan va o'sha yigitni sevadi degan o'ylar o'tib battar ko'ksini olovsiz jizg'anak qilardi. Bir hafta oldin eshitgan bu "sovchi" ishini Islom Shodiyona va o'sha yigitni kuzatishdan boshladi. Yigitni tekshirtirdi hamma narsasi joyida, to'g'ri o'sha yigit Islomdek boy bo'lmasa ham o'ziga hamma narsasi yetardi. Shodiyona ham o'sha yigit ham ortiqcha ish qilmagan, ikkalasi ham toza. Yaxshi ham insonlarni qalbini ko'rib bo'lmaydi, bo'lmasa hayotimiz bir azobimiz mingga aylanardi. Kuzatish ishlari tugallandi. Endi Islom Shodiyonani ham qalbini eshitib ko'rmoqchi. Balki o'sha yigitni Shodiyona sevmas, shunchaki bu yigit Shodiyonani oshiqlaridan bittasidir, lekin Shodiyona o'sha yigitni sevsachi? Unda Islom nima qiladi..? Shodiyonadan uzilib ketoladimi? Unga baxt tilay oladimi?
Bunisi nogumon. - haligi... - Shodiyona ikkilanib gap boshladi. Islomga hamma bo'lgan voqeyalarni aytdi. Faqat oxirigi Akobir Shodiyonani qo'rqitgani haqida aytmadi. Buni aytish falokat edi. Islom qanchalik bosiqlik qilmasin, baribir uni ham o'ziga yarasha sabr kosasi bor.
- shunda... Sen uni sevasanmi..? - Islom bu gap bemani bo'lsa ham so'radi.
- men uni sevganimda unga imkon bergan bo'lardim... Lekin imkon bermaganman... Siz qanday o'ylamang meni yuzim Alloh oldida yorug'. Men botoqlik yo'lidan yurmaganman... - Shodiyona shunday deya mashinadan tushib ketdi.
Mujmalliklar bir emas uchta yoshni ko'ksini o'rtar, hayollarini turli burchaklarga yetaklardi.
Kelajakdagi hayotlarini o'ylab yangi sahifaga tayyorlanishardi. Bu sahifada kimlarnidir hayotiga yangi inson qo'shiladi, kimlarnikidan esa butun umrga chiqib ketadi.
Kunlar o'tib, to'y kuni ham keldi. O'sha yangi hayot kitobini qattiq sahifasi ochildi. Ilk boshlanishga yozilgan muallif so'zidek - "to'y mojarolari" bo'lmoqda. Ikki yosh davrani markazida o'tirishibdi.
- qo'lim hunukmi..? - Shodiyona Islomga sekin pichirladi. Islom albatta uni g'alati yosh bolacha gaplariga ko'nikib qolgandi.
- Yo'q. Nega unaqa deyabsan...? - Islom atrofdagilarga bir qarab Shodiyonaga qaradi.
- qizlar sun'iy tirnoq taqishmoqchi edi... Meni esa ichimdagi mittigina, kichkinagina kuchukcham uyg'onib ularni tishlab oldi... - Shodiyona barmoqlarini sindirgudek qayrib gapirdi.
- sen to'g'ri qilibsan... - Islom Shodiyonaga mehr bilan qaradi - ayol eriga tahoratsiz ovqat tayyorlamaydi dinimizda. Agar sun'iy tirnoqlar bo'lsa sen tahorat olgan bo'lmaysan.. Men seni o'sha shayton tiroqlariz qo'llaringdan shirin ovqatlar yeyishni istayman... Bu yuzingdagi allambalo narsalar ham kerak emasdi...
- men shuni uchun ham fatamni ochmay o'tiribman... - Shodiyona qovog'ini uyib oldi. Zero uni fatasi tufayli yuzini hech kim ko'rolmasdi. Mashinada vaqtlari Islom Shodiyonani yuzlaridan fatani olmasligini "yaxshilab" tushuntirgan edi - Essiz shuncha makiyaj... Bu makiyajni qilmasam ham bo'lar ekan...
- bidillamay o'tir... - Islom o'ziga ishshayib qarab turgan Ilhomni ko'rib, qo'lini bo'yni uzra yuritib "so'yaman" degandek qildi. Ilhom esa Islomni ustidan mazza qilib kuldi. Yonida ham bir qancha yigitlar shu alafda kulishdi.
Shodiyona Islom so'zi bilan jim bo'lib o'tirdi. Bugunki tun uni qo'rquvga solib titratar, hayajonni yashirish uchun o'zini har tarafga qarab tinchlanishga urinardi. Lekin ko'zi tanish insonga tushib, yana aybdorlik hissi Shodiyonani qamrab oldi. Ha, uni oldida chiroyli kiyinib olgan Akobir turardi.
Qo'lida yettita qirmizi atirgul. Shodiyona atirgullarni ko'rib, sinfdoshlari bilan bo'lgan suhbatni esladi. *** - Shodiyona sen o'z yoqtirgan gulingni nomini aytmading... - qo'shimcha darsiga ketayotgan to'rt nafar o'quvchi mashina topolmay piyoda harakatlanar ekan Shodiyonani sinfdoshi Samandar gap ochdi. Bir necha soat oldin qizlarni yoqtirgan gullar haqida suhbat bo'lgandi. Aslida Shodiyona ham o'z yoqtirgan guli haqida aytgandi, lekin Samandar eshitmagan ko'rinadi, qayta so'radi.
- atirgullarni yoqtirman... - Shodiyona javob berdi.
- menga esa faqat oq ranglisi yoqadi, Shodiyonani yonida ketayotgan Ro'zagul ham gapga aralashdi.
- nega yoqtirasan oq atirgulni...? Sabab bormi..? - Samandar Ro'zagulga qosh uchirib qo'ydi.
- bilmadim yoqadida... - Ro'zagul ham yelka qisib qo'ydi.
- bilmay meni ham yoqtir... - Samandarni gapidan Ro'zagulni jahli chiqib Samandarni quva boshladi.
Shodiyona va Akobir orqada qolib ketishdi.
- men seni moychechak deyshingni kutgandim... - Akobir ham nihoyat gapirdi.
- nega..?
- Hozirgi qizlar oddiy moychechaklar bilan cheklanadi va bu yigitlarni o'ziga qaratishning eng samarali usuli bo'lib qoldi...
- oddiy moychechak... Shoxona atirgul... - Shodiyona Akobirga qarab to'xtadi - ustimdan kulyabsanmi..?
- bu haqiqat... - Akobir Shodiyonadan ko'zini uzmay gapirdi. Shodiyona ko'zlarini olib qochib yurishda davom etdi.
-haqiqatingni pishirib ye... Balki moychechak oddiylikni sevganlar uchundir. Lekin, men uchun emas.
Kimdir atirgul yoki moychechak yoki boshqa gullarni nomi, hususiyati, chiroyi uchun tanlar. Ammo men uchun atirgul ideal va... Har qanday holatda shoxona...
- demak sen oddiylikni emas, shoxonani tanlar ekansanda...
- Yo'q gap bunda emas... Moychechak tez so'lib qoladi.
- seningcha atirgul so'lmaydimi..?
- so'ladi... So'lmaydigan gulni o'zi yo'q. Lekin Atirgul oddiygina Moychechakka nisbatan bardoshliroq...
- Unda ko'ra kaktusni tanlay qol... Suvsizlikka bardoshli...
- shu aytgan kaktusingni tikani kirsin tilinga... - Shodiyona o'zini mayna qilingani sezib Akobirni urushga tushdi. Balki Shodiyona kaktusdek bardoshli bi'lomasligini bilgani uchun ham atirgulni tanlagandir... Shu kundan boshlab Akobirning ko'ngliga Shodiyona nomli atirgul urug'lari sepildi.
*** Akobir o'ylana - o'ylana Shodiyonani to'yiga keldi. Qo'llarida atirgul. Aslida atirgullar dastasini o'z to'yi kuni yoriga aylanishi kerak bo'lgan Shodiyonaga bermoqchi edi, lekin "nasib" degan tushuncha ularga berilmadi. Akobir Shodiyona nomli atirguli bugun o'zgani shoxona guliga aylanadi. Bu kundan boshlab Akobir hech qachon atirgullarga qiyo ham boqmaa balki. Balki moychechak sevar oddiy qizni sevib qolar.
- keldingmi..? - Ro'zagul atirgul ko'tarib kelgan Akobirni oldiga chiqdi. Akobir va Ro'zagul bir - biriga uzoq qarindosh edilar.
- ha keldim... - Akobir atirgulni Ro'zagulga berdi - bularni unga berasan...
- o'zingni qo'lga ol. U endi o'zganliki... - Ro'zagul Akobirga achinib qaradi - juda chiroyli gullar olibsan...
- moychechak sevar qizni sevib qolgayman... - Akobir shunday deya atirgulga qisqa nigoh tashladi.
- sinfdoshlar anavi yerda o'tirishibdi...
- Yo'q men o'tirmayman...bitta suratga tushaylik ketaman... - Akobir yuziga parda tortilgan Shodiyona ham unga qarab turganini sezib alamli jilmayib gapirdi.
- mayli. Yuraqol... - Ro'zagul shunday deya Akobir bilan kelin - kuyov yoniga borishdi. Ro'zagul juda chiroyli ezgu tilaklar aytib yana ularga baxt tiladi.
- baxtli bo'linglar... - Akobir Islom bilan qo'l tashlashib shu ikki so'zdan boshqa gap aytmadi. Ha, Akobir va Islom ham alohida o'zlari gaplashib olishgandi. Ikki yigit nima haqida gaplashishdi bunisi noma'lum.
Hamma narsa faqat yaxshilik bilan tugayversa, yaxshilikni qadri qolmaydi. Hayotga esa qiziqish...
Inson o'zi xohlagan narsalariga erishaversa manmansirash vujudga keladi. Bu manmansirashni oldini olish uchun chuqurchalar bisyor. Bu chuqurchalardan kerakli xulosaga kelmas ekan kishi yana o'sha chuqurchlar bilan qayta ko'rishadi. Balki hamma narsaga erishib kelayotgan Akobirda ham manmansirash vujudga kelib qolgandir, bo'lishi mumkin. Balki shu sababli ham o'z sevgandan ayrilib imtixon qilinayotgandir. "Ikki o't orasida qoldim. Bir tomonda menga 20 yil umrini sarflagan, men hech qachon qarzimni uzolmaydigan insonlar, bir tomonimda esa 4 yil menga uzoqdan oshiqlik qilgan inson. Bir bora yaqinimga kelmagan, o'z nazaridan ham saqlagan inson.
Tanlash fursati yetdi. Men 20 yil umrini o'g'irlagan ota-onamni oldidagi farzandlik burchimni bajaraman.
To'rt yil meni o'zidan ham asragan yigit mendan rozi bo'lsin. Alvida senga, bevafo mendan.
Yangi hayot mendan salom. Senga bevafolik qilmayman...." Shodiyona Akobirni ketishini kuzatar ekan shularni hayolidan o'tkazdi. Islomni qo'lidan siqib qo'ydi.
- Nimalarni o'ylayabsan..? - Islom ham Akobirni ortidan qarab turar ekan rashki kelib qattiq asabiylashdi. To'g'ri, Akobir bilan Shodiyona orasida hech nima bo'lmagan bo'lsa ham negadir Shodiyonani qizg'anardi. Qani hech kim bo'lmasa-yu, Akobirni tutib o'lgudek ursa. Lekin, bu ahmoqlikdan boshqa narsa emas. Uni ko'ngliga sevgini o'zi joylamagan-ku?! O'zini o'zi tiriklayin olovda yoqishni o'zi istamagan-ku?! Ha, Akobirga hozir qiyin. Har holda Islom o'z sevgisiga erishmoqda.
Nikoh ilohiy kuch. Undagi qudratni hamma ham sezolmaydi. Nikohdan keyingi paydo bo'lgan ishqni ta'riflashga til ojizlik qiladi. Uni faqat ishq girdobida yurgan ikki tanaga jo bo'lgan tanho qalb biladi.
Islom xonaga kirdi. Ko'zlari yuzi yopiqlik bo'lgan Shodiyonaga tushdi. Qachonlardir o'tmishda bir -biri bilan quvlashib o'ynagan, bir-biriga bidir-bidirlab hech to'ymangan ikki bolakaylar katta bo'lishdi. Endi Hayot atalmish kitobning qasidir bo'limida ham o'z o'yinlarini o'ynashda davom etishadi. Ha, Shodiyona endi Islomga tegishli, faqat uniki. Alloh nikoh ila bog'lagan hayotini ishq bilan to'ldirishadi.
- Shodi men ro'molni olishim kerak emasmidi... - Islom Shodiyona o'zi ro'molini olib tashlaganini ko'rib, qoshlarini chimirildi.
- nafasim siqilib ketyabdi... - Shodiyona o'zini-o'zi yelib qo'ydi - immm bu nimani yoqimli hidi qornim ochib ketdi...
- nima..? - Islom Shodiyonadan bu taqrizdagi gapni kutmagan shekilli qattiq kulib yubordi.
- jim...- Shodiyona Islomni qo'lini chimchilab oldi - nega qattiq kulasiz..? Eshitgan odam nima deb o'ylaydi..? Sizda uyat bormi..?
- senda-chi..? Senda bormi..?
- uyimga tashlab keldim... - Shodiyona o'tirib ovqatlana boshladi. Yuzlarida asabiylik.
- tinchlikmi Shodi...? Qovog'ingda qor yog'yabdi..? - Islom Shodiyonani kinoyali gapini eshitib oyog'ida o'tirib oldi.
- qor emas do'l yog'yabdi... Do'l... - Shodiyona ko'zlari siqib Islomga qaradi.
-nega do'l yog'adi..? - Islom "o'ziga-o'zi hizmat" degandek choynakdan piyolaga choy soldi. Endi qo'l uzatgandi. Shodiyona piyoladagi joyni olib o'zi oxirigacha ichdi.
- o'zingiz aytasizmi..? Yoki o'zim aytaymi..? - Shodiyona o'rnidan turib yotoq yoniga bordi.
- tushunmadim nimalar deyabsan..? Tushuntirib gapir... - Islom ham Shodiyona yoniga bordi.
- Ilhom.... Aytdi hammasini.... - Shodiyona shunday deya yostiqni olib Islomni ura boshladi - betiz qursin tarozi... Yolg'onboz... Hali meni yutqazgan o'yingiz tufayli yig'latdingizmi...? To'ydan keyin aytaman deb mana shu qing'ir o'yiningizni aytganmidiz...
- ayyy - Islom siri erta ochilganini bilib Shodiyonadan qocha boshladi - kechir Shodiiii. O'sha Ilhomni to'y kuni xotini quvib xonadan chiqarib yuborishmasa rozi emasman... Bas qil...
- oqlang o'zingizni oqlang... Qopqora bo'lgan siringizga sichqon in qursin... - Shodiyona yotoqdan oshib tushgan Islomga yostiqni otdi.
- o'zimning ajinam... Tashqaridagi yangalar shovqinni eshitib qolsa nima deb o'ylaydi...? Uyat uyat -Islom yostiqni ushlab qolib gapirdi.
- hali uyatni sizga qo'yibdi...? Yolg'onfurish... Yangalar kelsa o'zingizni sharmanda qilaman...
O'yinchalish... - Shodiyona yotoqdan sakrab tushib ikkinchi yostiqni ham Islomga yo'naltirdi.
- nima qilay o'yinda yutqazib qo'ydim...? Jin ursin shunaqa shart qo'yishdi... - Islom ikkinchi yostiqqa chap berib, yerga qulagan ikkinchi yostiqni ham zahirasiga oldi.
- shunaqayam orol degizini tuzidek sho'r peshona bo'lamanmi..? - Shodiyona peshonasiga chapillatib urdi. - kechir xotin... Lekin shunaqa bo'lib qoldi... - Islom tinchib qolgan xotiniga qarab yotoqqa o'tirib oldi - sevgan qizimga kelsak u rostdan ham bor...
- nima dedingiz...? - Shodiyona oyog'idagi massini olib Islomga otdi.
- yasha xotin yasha... Menga ish ham qoldirmayabsan... - ikkinchi massisini ham olib endi otayotgan Shodiyonaga qarab ko'z siqib qo'ydi.
- o'yinchalishdan xotinchalishga o'ttizdi yolg'onfurish... Ayting sevganizni ham tillooooo ismlarini eshitaylik... - Islomni yoniga borib boshiga yerdan olgan yostiqlari bilan ayamay soldi.
- sen o'sha qalbim gavhari... Shirin uyqum o'g'iri... Besh yillik kasallikka mahkum qilgan darmonim...
- Islom Shodiyonani ikki qo'lini ortga qilib ushlab quchib oldi.
- qo'yib yuboring... - Shodiyona silkib chiqishga urina boshladi - yolg'onfurish... Qo'yib yu... -Shodiyonani gaplari yakuniga yetmay qoldi. Islom uni "tinch" rejimiga tushirib qo'ydi.
Islom 18 yoshida Shodiyona bilan unashtirilganini bildi. Avvaliga jahli chiqib Shodiyonani hammasini bilganda aybladi. O'z singlisi sifatida qaragan qizni o'ziga olib berishmoqchiligini anglab o'zini eng yomon insondek tasavvur qilar edi. Islom Shodiyonaga telefon qilib hammasini aytmoqchiligini va bu to'yga qarshiligini aytmoqchi bo'ldi. Telefon qildi. Shodiyona unga shunaqa samimiy gapirar edi-ki, ko'zlari porlab turgandi. Uni hayolida akasiga turmushga chiqish haqida zarracha ham so'z yo'qligi shundoqqina bilinib turardi. O'qishni istayotgani, dadasi qarshilik qilayotganini aytganda hatto yig'lab ham berdi. Islomni hayolidan "singlimga uylanolmayman" degan ikki jumla uchun Shodiyonaga telefon qilmay qo'ydi. Ikki hafta unga telefon qilmay yurdi. Bu orada faqat Islomni o'zi bir nimasini yo'qotib qo'ygan odamdek his qilardi. Shunda ham "singlimga uylanolmayman" degan fikrdan qaytmadi. Bir kun ota-onasini suhbatini eshitib qoldi. Shodiyona o'qishni istayotganini lekin uni o'qitmoqchi emasliklarini bildi. O'sha kuni "singlimga yaxshilik qilaman" degan taqrizda Shodiyonani o'qitishni o'z bo'yniga oldi. Albatta bu orada Islomga qarshi onasi oyoq tirab oldi "hali hizmat qilish tugul kelmagan kelinga buncha pul sarflash shart emas" "avval uyda hizmat qilsin, bolali bo'linglar keyin o'zing o'qitaverasan" deya ko'p Islomni fikridan qaytarmoqchi bo'ldi. Lekin, Islomni bu gaplarga zig'ircha ham e'tibor bermadi. "Shodiyonani o'qishiga yordam berar ekansan, unga unda uylasan" deya Dadasi so'ngi so'zni aytdi. Islom avvalgi bu fikrdan qaytishni ham o'yladi, lekin shu bilan chet elga chiqa olishini o'ylab, O'zbekistonni tark etdi. Avval Rossiyada yurib chala biladigan rus tilini mukammal o'rgandi. Albatta bu orada o'zini oxir mehnatda ham sinadi.
Keyinchalik ingliz tilini o'rgana boshladi. Tadbirkorlik rejasini 18 yoshidan tuza boshladi. Bu orada umuman Shodiyona bilan gaplashmadi. Besh yil davomida O'zbekiston va chet ellar orasida sargardan bo'ldi. 23 yoshga kelganda dadasining to'y haqida gap ochgani bilan chet elga ketish harakati muzkatildi. Do'stlari bilan yig'ilish qilgan Islom bir bolalikni eslashib kulishdi - ux bu go'zalni ko'rdizlarmi yigitlar... - Ilhom bitta chiroyli qizni ko'rib ko'zlarini o'ynatib qo'ydi.
- har doimgidek, shu qizni avray olsang men kola olib beraman, avray olmasang sen... - yigitlardan bittasi ko'z siqib qo'ydi - qoidalar o'sha - o'sha. Agar qiz senga bitta so'kinsa, sen yutqazasan...
- kelishdik... - Ilhom o'rnidan turib qizni yoniga bordi - Salom yaxshi qiz tanishsak bo'ladimi..? - qiz Ilhomga javob bermadi - seni ko'p paytdan beri kuzatib yuribman, menga juda yoqib qolding. Uyinga sovchi jo'natmoqchiman...
- ni..nima..?- Qiz Ilhomni jiddiy alafda aytgan gapidan, ko'zlarini katta-katta ochib zo'rg'a gapirdi.
- bu zebo ko'zlaringizni himoya qiluvchi, nayza kipriklaringiz qalbimga jo bo'ldi... Roziligingizni bilmoqchiman...
- buni men hal qilmayman... - qiz qizarib ko'zlarini olib qichdi.
- sevgan qizimga shunday desam bo'lami ekan? Nima deysiz... - Ilhom ochiqdan ochiq qizni ustidan kuldi. Albatta qizni bundan jahli chiqib yaxshigini "shirin" so'zlar aytdi. Yigitlar esa bir-biri bilan qo'l ushlashib qattiq kulishdi. Ilhom do'stlari yoniga qaytdi - yutqazding akosi - Islom sen ham o'zingni sinab ko'r... - yana bitta yigit Islomga sim qoqdi.
- i bu unashtirilgan. Bunga mumkin emas... - Ilhom Islomni yelkasidan urib qo'ydi.
- Islom qizmidi uyalib o'tiradigan..? - yigit yana gapirdi.
- o'zingni bir sinab ko'r... - yana bir yigit gapni davom ettirdi. Islomga bu yoqmasa o'rnidan turib bitta qizni yoniga bordi.
- jigit...? Biron nimang jo'qolib qoldimi..? - Qiz jim o'tirgan Islomga sal boshqacha gapirdi - ha. Topib berolasanmi...? - Islom qizni mensimagandek gapirdi.
- nima ekan..? - Islom chet elda yuzi ochiq qizlarni ko'p ko'rgan. Hatto ularni o'zlari yigitlarga suykalganini ham ko'rgan. Lekin hozir uni nimadir to'xtatib turibdi. O'zi ham tushunmaydigan hislari faqat aylanib Shodiyona ilib qo'ymoqda. Shu qizga bitta gap aytsa bas, bugun Shodiyonaga nimadir bo'ladi. Bas, bu bir so'zga ilinadigan qiz Shodiyonaga o'xshamasa ham bu yerda o'tirishdan mani yo'q. Islom o'rnidan turib ketishga shaylandi - oshiq jigit, baxtli bo'l. Menga ham senday jigit nasib qilsin...
- shu yerda o'tirib shunaqa narsani orzu qilyabsanmi..? - Islom shunday deya do'stlari yoniga borib o'tirdi - men yutqazdim... Ho'sh shart qanday..? - yigitlar Islomga nima qilish kerakligini tushuntirishdi. Unga ko'ra Islom Shodiyonaga "tegishli" so'zlarni aytishi kerak edi - jinni bo'ldingizlarmi..?
- do'st bu shunchaki o'yin-ku?! Sen o'sha qiz uchun nimalarni qilmading? O'sha gapni bir marta aytasan. Tomon. To'ydan keyin esa bor haqiqatni....- Islomga o'sha yigit ishshayib qo'ydi. Albatta do'st deb yurganlarimizning ham hammasi do'st emas, bazan ular dushmandan ham battar pastkashliklar qilishadi. Afsuski Islomni ham do'stlari orasida "do'st" tushunchasiga noloyiq insonlar bor edi.
- bu o'yin tufayli bitta to'y buzilib ketishi mumkin... - Ilhomni ham jahli chiqdi.
- nima Islom o'sha qizga shuncha sodiqlik qildi, o'sha qiz bir marta azoblansa nima qilibdi..? To'ydan keyin hammasini tushuntiraveradi... - yana bir yigit gapga qo'shildi. "Yomonga yuzing tushmasin" deb to'g'ri aytishgan. Afsuski Islom o'zi o'yinga aralashib qoldi, lafzidan kecholmaydi, shunday ekan Shodiyona ham o'yinni bir bo'lagiga aylanadi. Begona qizga gapirgandan ko'ra, Shodiyonani sinab ko'rgani maqul. Baki shu bilan to'y ishi ham to'xtar. Islom hali ham Shodiyonaga bo'lgan mehrini akani singilga qilgan mehri deb tushunardi, bilmasdiki allaqachon unga bo'lgan qalbidagi og'riqlarni.
Shodiyona bilan bog'lonmay yolg'izlik azob chekkanini. Boshqa qizga og'iz soldi deguncha ko'z oldiga Shodiyona kelishini. Shodiyonaga nikoh ila ishq qo'yishini. Alloh ularni yo'lini allaqachon bog'lab qo'yganini.... Ko'zlarini ochgan qiz o'zini turmush o'rtog'ini quchog'ida yotganini ko'rib, avval biroz hayron bo'ldi. Qizning qo'llari erini belidan o'tib olgan, eri qo'li esa qizni yelkasi uzra quchib olgan edi. Yigitni bir maromdagi nafas olishi qizning shundoq peshonasi birla sochlariga urilar edi. Qiz kechasi bo'lib o'tgan ishni o'ylab hayoliga ot tepgandek bo'ldi. Tezda ko'zlari yumib oldi, huddi shunday qilsa kechasi bo'lgan ishlarni unitib oladigandek g'oya. Besh daqiqadek shu alafda yotdi, lekin zerikish qizni bor vujudini chulg'ab oldi. Qo'llarini sekin tortib yigitni qo'li ostidan ozod qildi.
Eriga qaradi. Tim qora bir chiziq qalin bir juft qosh, nayzadek jips joylashgan kipriklar oppoq yuzda shu darajada yarashib turardiki, har qanday qizni oshiq qila olardi. Qiz qo'llari bilan erini qoshlarini uztidan barmoqlarini yurguzdi.
- Shodiiii... - Islom g'oldirab qizni qo'lini yuzidan oldi va tezda qizni harakatsizlantirdi -uxlamoqchiman...
- qochlaringizga surma surganmisiz..? Buncha qora... - Shodiyona qo'lini olishga urindi, harakati zoye ketgani qoldi.
- nima..? Qanaqa surma..? Jim yot. Uxlasangchi... - Islom g‘ulduragan ko'yi ko'zlarini ochmay gapirdi.
- qo'limni qo'yib yuboring...
- Yo'q. Uxla... - Shodiyona silkinib oxiri qo'lini chiqarib oldi va yana Islomni yuziga qo'llarini olib bordi. Islom ham hech narsa qilmadi. Goh kiprikiga, goh qoshiga, goh sochlariga urilayotgan qo'llarni sezib jilmayib qo'ydi.
- aktyor bo'lsangiz bo'lar ekan.. Huddi Dangov ga o'xshaysiz-a..? Yo'q undan ham chiroylisiz... -Shodiyona bir chiziq qoshlarni yana ustidan barmoqlarini yurgizdi.
- kimga..?
- ishq jodusini ko'rganmisiz...?San ChunHav meni ilk muhabbatim...
- tushunmadim... - Islom ko'zini ochmagan ko'yi yuzini siypalayotgan qo'lni ushladi.
- voy nimasiga tushunmaysiz..? San Chun Hav aktiyor... Esizdami sizga avval ham unga o'xshashingizni aytgandim...
- eringa ilk muhabbating haqida aytyabsanmi.? - Islomni ko'z oldida xotiralar jonlangandek bo'ldi.
Shodiyona avval ham Islomga o'sha aktyor haqida ko'p sòzlar edi. Shodiyona qo'llari bo'shashi bilan yana erini yuzini o'rganishni boshladi. Barmoqlari bilan ko'zini yumib yotgan erini kipriklarini taradi.
Islom kipriklaridan tushib lablariga tekkan taftdan ko'zlarini ochdi.
- Yo'q. Siz undan ham chiroylisiz...- Shodiyona tikilib turgan bir juft ko'zlardan nigohini olib qochdi -nega tikilasiz..? Odam ko'rmagandek...
- uyalmaysanmi..? Har holda yangi kelinsan...
- uyatimni uyga tashlab kelganman deb aytgandim shekilli... - Shodiyona Islomni nimaga bunday deganini tushunmadi. Balki Islomni yuzida bemalol "sayohat" qilgani uchundir, balki ilk muhabbatni aytgani uchundir - yolg'onfurish... Bu tikilishingizni "jigit" degan qizga qilasiz... Menga emas...
Xotinchalish... Tikilmang menga...
- ilojsiz. Sen menikisan... - Islom ko'zi uzmay gapirdi.
- ilojsizligingizni nonushtaga qovurib, tushlikka bug'latib, kechga esa qaynatib yeng... Okey...
Tikilmang... Qo'yib yuboring meni.. - Islomni nigohidan o'ziga teshik qidirayotgan Shodiyona, qochishga tushdi.
- biram mehribonsam ajinam... Sen tufayli kechasi biram yaxshi uxladim... - Islom Shodiyonani o'ziga yanada qattiq tortib, boshqa gapni qo'zg'adi - bugun ham yaxshi uxlayman degan umiddaman...
- yaxshi uxlolmay, uyqusizlik kasaliga chalining ho'pmi..? Aftsiz yolg'onfurish...
- o'zinga qiyin menga emas...
- balki qo'yib yuborarsiz... - Shodiyona qovog'ini uyib o'qrayib qaradi. Islom esa kulib uni bo'shatdi.
Shodiyona o'rnidan turib o'ziga qarab chiroyli bo'lib kiyinib oldi. Avvaldan sho'x va yosh bola sifat bo'lgan qiz tezda xonadan chiqdi. Bu uy ham Shodiyonaga begona emas. Bu uyda yugurib, o'ynab katta bo'lgan.

Nikoh va ishqWhere stories live. Discover now