1

12 0 0
                                    

     Soat tongi oltilar atrofida asabiy budilnik ovozi kichik va ko'rimsiz xonada yangray boshladi. Quyoshning nurlari ham beminnat ichkariga tushmoqda.
     Xona xuddi muzeyga o'xshaydi. Eski javon, devorlarga to'ldirib ilingan oilaviy suratlar, deraza yonidagi kichik stolcha ustidagi radio, naqshlarining ranglari allaqachon yaltiroqligini yo'qotgan toshoyna, uning ustidagi bir-ikki pardoz buyumlari (olinganiga ko'p yil bo'lgan), anor va atirgullar tasviri tushirilgan gilam.
      Burchakdagi eskiroq karavot ustida taxminiy yosh ham belgilab bo'lmaydigan ko'rinishdagi bir qiz yotibdi. Gavdasi katta, aniqrog'i semiz, yuzlari lo'ppi, xuddi kichik bolalarning ko'z-u qoshlari olib qo'yilgandek.
     Oxiri qiz oʻrnidan turib, tumbochka ustidagi budilnikni oʻchirdi-yu, koʻzoynagini taqdi.
     Doimgidek zerikarli va maʼnisiz kun.
     Oynada zoʻrgʻa tanasi koʼrinayotgan qiz yuz-qoʼlini yuvgach, silliq sochlarini taradi. Hozirgi koʻrinishida uni faqatgina mana shu sochlarini chiroyli deyish mumkin edi.
     U oʻzi uchun choy damlab, tezda nonushta qilgach, kiyinishga tushdi.
     Kuzning salqin kunlari.
     Uyidan chiqqach, qiz shaxdam qadamlar bilan metro tomon odimladi.
     Yoʻlovchilar orasida turgan mahal, baʼzi birlar unga kulimsirab qarar, kimlardir katta gavdasidan choʻchibmi, uzoqroq oʻtirishar edi.
     Qiz bunday munosabatga allaqachon koʻnikib ketgan, quloqchinda pianino kuylarini eshitgancha tashqariga tikilar edi.

#Seni_topgunimcha
#Layla
#2_qism
Koʼrinishidan yaqindagina taʼmirdan chiqqan kattagina bino..
Peshtaxtasiga ''Ziyo nashriyoti'
deb yozib qoʻyilgan..
Ishchilar shoshilib ichkariga otilishmoqda..
Yarim soat oldingi charaqlab turgan quyosh oʼrnini qora bulutlar egallab,sharros yomgʻir quymoqda..
Klassik uslubda kiyingan qizlar,nozik qadam bosgancha baland poshnada hech kimga yoʼl berishmayapti..
Kirish qismida qorovul amaki eʼtiborsiz oʼtgan-qaytganga tikiladi..U bilan hech kimning ishi yoʼq...
Qahramonimiz binoga kirgach,oʼtib ketayotib salom berishni unutmadi..
-Assalomu alaykum Ahmad amaki
-Valeykum assalom qizim yaxshi yetib keldingmi?
-Rahmat
-Issiq choy damladim ichib ket
Chol jilmayib uning ortidan qarab qoldi..
-Ilohim umri uzoq boʼlsin..
Qiz ikkinchi qavatga koʼtarilib,yoʼlakning oʼng tarafiga burildi-yu,ish kabinetiga kirdi..
Hali sheriklari kelishmabdi..
Qariyb 1 yildan beri u shu yerda muharrir yordamchisi boʼlib ishlaydi..
Ishi oʼzining koʼnglidagidek..
Bolaligidan adabiyotga qiziqar edi..
Shu soha boʼyicha oʼqidi..
Mana ishlayapti..
Qiz deraza ustida turgan gullariga suv quyayotgani mahal xonaga shoshilgancha ikki qiz kirib kelishdi..
Biri biroz torroq,tizzadan keladigan yupka ,qizil kofta kiygan.Sochlari tim qora.Anchagina boʻrttirib boʼyangan..Ikkinchisi ham undan qolishmaydigan darajada sochi kare qilib kesilgan,klassik shim va toʼrli kofta kiygan
-O Nazlixon allaqachon kelibdilarku
-Salom Safiya,Malika
-Salom
Qizlar joylariga oʻtirishgach,avvaliga sumkalaridan oynachalarini olishdi-yu,yuzlariga tikilishdi..
Doimgidek yana pardoz ishlari..
Kiprikka,koʼzga,labga yanoqlarga har xil kosmetik vositalar..
Nazli ularga ensa qotirib qarab qoʼydi-yu,yangi kelgan asarlarni olib oʼqiy boshladi..
Uning asosiy vazifasi hikoyalardagi imloviy va uslubiy xatolarni toʼgʻirlash..
Kun peshinga ogʻgan mahal..
Hamma tushlikka chiqishni boshladi..
Safiya va Malika xonadan chiqish barobarida Nazliga qarashdi..
-Senga biror nima olib kelaylikmi Nazli?
Buterbrot yoki gamburger
Ular kulishib ketishdi..
Qiz asabiy qarab qoldi-yu,ishida davom etdi..

#Seni_topgunimcha
#Layla
#3_qism
Nazli yana 10-15 daqiqalar oʼtirgach,oʼrnidan turdi-yu,kutubxonaga yoʼl oldi..
Tushlikda doim vaqtini oʼsha yerda oʼtkazar,oshxonaga kirsa nozikoyim qizlarning gaplaridan,uni mazax qilayotgandek salat yeyishlarini koʼz-koʼz qilishlaridan charchagan edi..
Shu oʼylar bilan boʼlib qiz yoʼlak oxiridagi eshikka yuzlandi..
Kutubxonaga mas'ul Galya Tatyayevna qizning bu vaqti tashrif buyurishiga oʼrganib qolgan, koʼpincha bu yerni unga ishonib ketadigan paytlari boʻlar edi..
Hozir ham u kelgach,sumkasini olib qayergadir yoʼl oldi..
Nazli kitoblar joylashgan qatorlarga oʼtib,oʼzi uchun qulayroq joyni egalladi.
Deraza yoni..
Yorugʻlik yaxshigina tushib turadi..
Qiz sumkasidan yaqinda sotib olgan ''Imomning maneken qizi''kitobini olib,mutolaaga berildi..
Ora-orada oʼzi bilan olib kelgan pechenyesidan ham yeyishni unutmadi..
Tushlik tugashiga chamasi 20 daqiqalar qolgan mahali kutubxonada qadam ovozi eshitildi..
Qiz kitob oʼqishga berilib ketib,buni sezmadi ham..
Qarshisiga kelib kimdir toʼxtadi..
Soniya oʼtmay yigit kishining maʼnoli yoʻtalishi  sukunatni buzdi..

Seni topgunimchaWhere stories live. Discover now