3

6 0 0
                                    

#Seni_topgunimcha
#Layla
#39_qism
"Latofatli qiz" loyihasi nihoyasiga yetishiga 2 haftadan kamroq vaqt qoldi.
Bu vaqt oralig'ida Artur va Nazli anchagina yaqin bo'lib ketishdi.
Katta yangilik yaqinda Luiza va Xalidning unashtiruvi bo'ldi.
O'sha yangi yil kuni yigit undan qo'lini so'ragan ekan.
Nailoj muhabbatning ko'zi ko'r deb shunga aytishsa kerak. Lekin Nazli Luiza uchun xursand. Sevgani bilan turmush quryapti axir.
Unga baxt va yaxshigina matonat. Qiz shularni o'ylaganicha, doimgidek kutubxonada kitob o'qib o'tirgan payt Jamol kelganini ham sezmay qoldi.
- Doimgidek shu yerdasiz
Yigit jilmayib qo'ydi.
- Assalomu alaykum. Uzr, kelganingizni sezmay qolibman.
- Hechqisi yo'q.
Nazli ertaga kechqurun sizni uyimga kechki ovqatga taklif qilaman.
- Tinchlikmi?
- Tinchlik. Shunchaki kichik bazm. Ajoyib yangiligim bor. Kutaman.
Yigit bir so'z demay ketgach, Nazli ajablangancha ortidan qarab qoldi.

#Seni_topgunimcha
#Layla
#40_qism
Jamol ishxonadagi ko'pchilikni mehmonga taklif qilgan ekan. Oxiri Nazli ham boradigan bo'ldi. Lekin bu uchun yaxshigina tayyorlanishi kerak. Luizadan yordam so'ramasa bo'lmaydi.
Kompaniyaning birinchi qavatidagi zalida uni Xalid bilan ko'rib qolgach, bafurja o'sha yerda maslahatlashib olmoqchi bo'ldi.
- Xonimlarni yolg'iz qoldiraman.
Xalid jilmayib o'rnidan turdi.
- Qizlarga ko'z suzish bo'lmasina azizim.
Luiza yigitga ma'noli kulib qaradi.
- Ko'zim sendan boshqasini ko'rmas, go'zalim.
Xalid qizning yanog'idan o'pib ulardan uzoqlashdi.
Nazli ularga havas bilan tikildi.
- To'yni qachon qilmoqchisizlar?
- Bahorda
- Baxtingizga ko'z tegmasin.
- Rahmat. Ba'zan o'zim ham havas qilaman, ba'zan nima bo'lib Xalidni bo'g'ib qo'ygim keladi. Bilmadim qizlarning undan boshqasiga ko'z suzadigani yo'qmi? Ko'chada sayr qilsak tamom.
- Baloga qolgan Xalid.
- Ha.
Qizlar miriqib kulib yuborishdi.
- Sizda bir iltimos bor edi.
- Qanday?
- Bazm uchun yangi imidj kerak.
- Kimning?
- Boshlig'im Jamolbeyniki
- Oo
- Yaxshi inson. Boshliq bo'lsa-da; hamma bilan teng do'stona muomalada bo'ladi. Yerga urish, mensimaslik, kibr yo'q unda.
- Mabodo uni sevmaysizmi?
- Yo'g'a, u men uchun yaxshi do'st. Hurmat qilib bazmga taklif qildi. Shunga mos ko'rinishda bo'lishim kerak.
- Bazm qachon?
- Ertaga
- Vaqt oz ekan. Lekin ulguramiz. Yuraqoling.
- Rahmat, Luiza.
Qizlar xushkayfiyatda chiqib ketishayotgani mahal, ularning ortidan bir yigit qarab qoldi. U Nazlining boshlig'ini to'lqinlanib maqtaganini eshitgan edi.

 U Nazlining boshlig'ini to'lqinlanib maqtaganini eshitgan edi

Oops! This image does not follow our content guidelines. To continue publishing, please remove it or upload a different image.

Nazli

Nazli

Oops! This image does not follow our content guidelines. To continue publishing, please remove it or upload a different image.
You've reached the end of published parts.

⏰ Last updated: Oct 04, 2023 ⏰

Add this story to your Library to get notified about new parts!

Seni topgunimchaWhere stories live. Discover now