2

3 0 0
                                    

#Seni_topgunimcha
#Layla
#31_qism

Yarim tun
Yangi qurilgan ko'p qavatli uylardan biri. 2-qavat. Shinamgina xonada bir qiz uyqusi kelmay, o'tiribdi. Parishonxotir yoyilgan sochlarini silagancha qo'lidagi suratdan ko'zini uzmaydi.
- Yaramas olifta.
Rasmda kelishgan bir yigit tasvirlangan. Tiq-tiq. Derazasidan kelayotgan ovozdan cho'chib qiz asta o'rnidan turdi. Kimdir mayda tosh otyapti.
- Luiza!!
- Xalid
Qiz hayron qolgancha derazani ochdi. Yigit jilmaygancha unga aybdorona qarab turar, qo'lida gitara bordi. Zum o'tmay u yoqimli ovozda qo'shiq hirgoyi qila boshladi.
"Necha bor sevmayman deb o'zimga
Shuncha bor adashdim boqib ko'zingga.
Yana sen, yana sening vasling aql-u hayolimda,
Sen o'chmas yagona mavzuyimsan umrimda..."
- Jinni bo'lganmi bu?
Luiza kulgidan o'zini tiyib, zo'rg'a turdi. Xalid qo'shiqni yakunlagach, kostyumining ichki cho'ntagidan qizil atirgul chiqardi.
- Meni kechir iltimos
- Tomosha qo'yib ovora bo'lmang. Siz baribir o'zgarmaysiz.
-Sevganim uchun o'zgaraman desamchi?
- Bunga ishonish qiyin, Xalid. Hatto o'zingizning ham ishonchingiz komil emas.
Qiz xo'rsinib, derazasini yopti-yu, pardani tushirdi. Xalid ko'p bora uni chaqirishiga qaramay, joyiga yotdi-yu, uxlashga harakat qildi.

#Seni_topgunimcha
#Layla
#33_qism
Dam olish kuni. Artur anchagina barvaqt kelib, zalda shug'ullana boshladi. Taxminan soat 8 dan o'tdi hamki, Nazlidan darak yo'q.
Bethoven kuylari biram ajoyib. Birvarakayiga ulug'vorlik, sokinlik, g'am... Yigit kuylarni eshitib, mashq qilgach, quloqchinni yechib, idishdagi suvdan sipqordi. Ma'noli yo'tal tovushini eshitib, Artur suvni ichganicha ortiga o'girildi.
Qarshisidagi qizni ko'rgach, ichib turgan suvi esidan chiqib, yo'talib yubordi.
- Nazli.
-Tanimaysizmi deb o'ylagan edim.
Qiz jilmayib ko'zoynagini yechdi. Avvalgi qora va uzun sochlardan asar ham qolmagan. Biroz sarg'ish, olov ranglar qo'shilgan rangdagi to'lqinsimon qilingan, yelkadan tushib turuvchi jilvakor sochlar qizning husniga husn qo'shgan. Hali to'liq ozib ulgurmagan bo'lsa-da, beso'naqay gavda ketib, "do'ndiq qiz" iborasi unga mos tushar darajadagi qomatiga chiroyli qora ko'ylak, belidan o'tgan qizil rangli tasma. Kecha xarid qilingan Versace tuflisi. Kichikroq qora sumka. Tabiiy pardoz, nimpushti lablar.
Artur qizni ko'rib hayron qolganicha tikildi.
- Tavba boshqa Nazli adashib kelib qolmadimi?
Yigit biroz jilmaydi.
- Yo'q, qalay?
- Ajoyib. Xuddi...
- Oliftalarga o'xshab qolganman.
- Unday demoqchi emasdim.
- Xo'sh?
- Mayli, olifta deya qolamiz.
- Birinchi marta jilmaydingiz. Yoki ustimdan kulyapsizmi?
- Yo'q. Yangi ko'rinish sizga yarashibdi.
Artur yo'talib qo'yib, suv idishini o'rindiqqa qo'ydi.
- Tezda kiyinib chiqing. Mashqlar qolib ketdi.
Yigit jiddiy holatiga qaytgach, Nazli indamay labini burgancha kiyinish xonasiga yo'l oldi.

#Seni_topgunimcha
#Layla
#33_qism
Nashriyot. Yangi ish kuni. Ko'pchilik ishga kech qolmayin deya katta qadamlar bilan odimlayapti. Lekin ular orasida bir qiz bamaylixotir qish bo'lishiga qaramay, muzdek sharbat ichganicha sekin yurmoqda. Qaymoq rangli palto, etik, kichik qishki qalpoq, qora ko'zoynak taqib olgan. Salqin shamol ta'sirida sochlari har yon uchmoqda.
O'z xonasi joylashgan qavatga ko'tarilgach, qiz yo'lak bo'ylab ketish barobarida mayda va nozik qadamlariga e'tibor berdi.
- Tavba, xuddi podyumda yurgan modellardekmana
Beixtiyor gapidan kulganicha xonaga kirdi. Bugun dunyo charxpalagi teskari aylangan ko'rinadi. Tannoz sheriklari undan oldin kelishibdi. Nazli ajablanib yangi olgan qo'l soatiga qaradi. 7:55. Ha, u doim ish vaqtidan yarim soat oldin shu yerda bo'lar edi. Nima ham derdik? Istisno qilsak, qilibmizda. U shularni o'ylab kulimsiragancha, qizlarga e'tibor bermay ish stoliga joylashdi. Sumkasidan oynacha chiqarib, pardozini tekshirgach, qayta joyiga qo'ydi-yu, ishini boshlashga tutindi.
Oyoqlarini chalishtirib, kelgan yangi hikoyani o'qiyotgani mahal undan ko'zini uza olmayotgan qizlarga qaradi.
- Nimadir bo'ldimi qizlar?
- Yyyo'q.
Ikkalasi ham birvarakayiga javob berishdi. Nazli yelka qisib qo'ydi-yu, mutolaani davom ettirdi.
- Qanday qilib bunday ko'rinishga erishding?
Malikaning savolidan Nazli unga boqdi.
- Meni mazah qilishlaridan charchadim. Shu menga kuch berdi. Qaysidir ma'noda sizlarga ham minnatdorchilik bildirishim kerak. Rahmat ikkingizga ham, agarda meni ustimdan kulmaganingizda edi, balkim hali-hanuz baqaloq, beso'naqay bo'lib yurgan bo'lardim.
Nazli ularga mag'rurlarcha kulib tikildi.

Seni topgunimchaحيث تعيش القصص. اكتشف الآن