1-qism

19 0 0
                                    

#Òsha_makon

-Tòpni uzat! Hoy sekinroq...yo hudoyim! HOY QIZ! NARI QOCHING!...tamomsan ahmoq! Tòp ham naqt boshiga tegdiya...
-Hushiga kelgach rosa tomosha qòymasa bòlgani...ustoz bizni sòyadi...
Òsha boshidan tòp yeb, hushdan ketgan qiz esa men bòlaman. Tòp bòlganda ham naqt tennis tòpi! Yuzimga suv sepilganini his qilgach, lòqqilab oĝriq berayotgan chakkamni ushlagancha kòzlarimni ochar ekanman, òng tarafimda turgan 17-18 yoshlar atrofidagi yosh yigitlar va shundoq tepamda qòlida suv tòldirilgan yelim idish uchlab turgan yigitni kòrdim. Kòrdim-u qayta hushimni yòqotay dedim.
-Naqadar kelishgan...
Hushim hali tòliq òzimga kelmay turib, qarshimdagi "gòzallikka" tikilgancha oĝzimdan chiqqan sòzni ham anglamay qoldim.Bilganim, shundan sòng qarshimdagi "gòzallikning" gòzal qoshlari chimirilishi va yuzimga yelim idishdagi suvning yarmini sepib yuborganidan sòng òrnimdan sapchib turganim bòldi.Endi butkul òzimda edim.
Mayli sizlarga voqeani boshidan aytib bersam...

                ***

-Sanam, qizing suqsurday hurliqo bòlibdi. Ma shaa Alloh!
Onamga tegishli modalar sohasida ish olib boruvchi kompaniyaning bahoriy kòrgazmasi sharafiga uyushtirilayotgan bazmda, onamning zerikarli davrasiga tegishli bòlmagan ayol,menga mehr bilan qaragancha,gap qotdi.Onam esa aksincha, ayolga boshdan oyoq mensimaganday nigoh tashlab oldida,sochlarimni siladi.
-Òĝling bor a Osiyo?Niyyatingni tushungandekman.Senga maslahatim azizam,behudaga umidlanma!Axir xalqda teng tengi bilan,tezak qopi bilan degan naql bor.
Onamning yuzing-kòzing demay aytgan gaplaridan,butun davra kulgu ovozlariga tòldi.Bu davra menga 15 yoshimdan buyon tanish bòlib,xalq tilida kiborlar davrasi edi.5 yildan buyon bu davra a'zolari muntazan òzgarib keladi,puli bor qoladi,puli yòqning òrnini esa,yangi puldor egallaydi.Mana shu ularning asosiy qonuni.Hozirgina menga iliq sòzlar aytgan Osiyo honim ham, bu davraning sobiq a'zosi bòlib,2 yil oldin turmush òrtoĝi vafotidan sòng,u darajada kambaĝal bòlib ketmagan bòlishsa ham, kibor xonimlar òz davrasiga noloyiq xisoblashgan va qatorlaridan siqib chiqarishgan.
Ammo,sizlar onamni yomon deya,hulosa chiqarishga shoshilmanglar.Onamni bu darajada pulga òch va tabaqalarga ajratuvchi inson bòlib qolishiga asl otam sababchidir.Otam haqida gapirishni yoqtirmayman, aytishim mumkun bòlgan yagona narsa esa bundan 7 yil oldin onam ikkimiz na uyimiz va na pulimiz bor holatda kòchada qolganmiz.Onamning iqtidori sabab esa,ikki yil ichida òzimizni butunlay tiklab oldik.Ilk yillari Sanam Yasinova brendi ostidagi kiyimlar butun Òzbekiston bòylab,dovruĝ qozongan bòlsa,sòngi 2 yilda onamning nomi butun dunyoga tanildi.Mashxurlik har qanday insonning burnini osmon qilgani kabi, onam ham bundan mustasno qolmadi albatta.

—Bunday bazmlaringizga qayta oyoĝ bosgudek bòlsam, Aliya emasman!
Uyga kelishimiz bilanoq, noroziligimni sirtimga chiqardim.
—Bu gap qayerdan òrnashdi kichik malikamizning miyyasiga?
—Men yigirmaga kirdim oyi!
  Sochlarimni silashga uzatilgan qòllarni siltab tashlab gap boshladim.
—Yosh boladan muomila qilishingiz hiqildoĝimga keldi. Bu gap qayerdan kelganiga kelsak, siz va sizning kibor davrangizga Osiyo honim singari men ham tòĝri kelmayman.Chunki, sizlar òta ketgan kalandimoĝ va òzidan quyi poĝonadagi insonlarni sariq chaqaga olmaydigon tuban insonsizlar.Kechirasiz oyijon, men sizlarday bòlolmayman.
—Kulgumni qistatma qizaloĝim. Menday emasmush!Tòĝri men kabi razil emasdursan ammo, sen ham farishta emassan qizim.Qani menga aytchi, umringda bir marotaba kimgadur chin dildan yaxshilik qilganmisan, manfaat uchun emas yoki yashirincha kimgadur yordam qòlini chòzganmisan...Ana kòrdingmi, senga odamlarni kòzida oliyjanob inson bòlib kòrinish yoqadi.Farqimiz ham shunda.Sen ichingda òylaydigonlarni, men tashimda gapiraman qòyaman.Sen hozirda mening pullarim bilan biror kimga yaxshilik qilishni istamas ekansan, kelajakda òzing ishlab topgan pullaringni taginga bosib olasan.
—Men sizday bòlmayman!
Ichimda onamning aytgan gaplari rostligini bilsamda tan olmadim.
—Chunki, endi siz bilan yashamayman. Kelajagimni sizdan qutqaraman!
Òz qarorimni aytgach, negadur onam tarafidan qarshiliklarga uchramadim. Faqatgina aytgan sòzlari shu bòldiki, "-Modomiki mustaqil yashamoqchi ekansan, kartalaring menga ber, keyin hohlagan yeringa ket, qarshiligim yòq!"
Onamning bu gaplaridan pulsiz qancha ham yasharding degan ma'noni òqigach, yana ham qarorimga sobit qolib, ketar oldi, hamyonimdagi jami tòrt kartani onamning qòliga topshirdimda, kechki soat tòqqiz bòlishiga qaramay uydan chiqib ketdim.
Mashinaga òtirgach, endi qayerga borishimni òylar ekanman, hamyonimda atiga 50 AQSh dollori borligi uchun, mehmonxonaga borolmasligimni faxmlab, buguncha mashinamda tunashga tòĝri keladi.
Tong otgach, kichikkina kofega kirib, nonushta qilib olgach, ilk suxbatdan òtish uchun yòlga otlandim.
" Kechirib qòyasiz oyijon, men kòchada qolmayman. Har holda qòlimda Diplomim bor!"

—Aliya Yasinova!
Suxbat uchun mas'ulni xonasiga kirgach, òzimni tanishtirgancha, ayol qòli bilan kòrsatgan òrindiqqa òtirdim.
—Yaxshi...
Ayol hujjatlatimni kòzdan kechirib chiqib, kòzoynagini tòĝirlagancha, jilmayib men tomon boshini kòtardi.
—Arxetektura institutini a'lo baholarga tamomlagan ekansiz.
—Asosiy yònalishim peyzaj! Maydon va binolarni dizayni bilan shuĝullanaman.
—Ayni muddao! Safimizga hush kelibsiz, Aliya Yasinova!
—Nahotki!...
Ishim bunchalik tez hal bòlganidan hayratimni yashirib òtirmadim.
—Shunda ishni qachondan boshlayman?
—Bugun, tòĝriroĝi hozirdan. Aynan siz bop ish kuni kecha kompaniyamizga kelib tushgan. Qani ediya...ha mana.!
Ayol qòlidagi bino chizmalarini menga uzatdi.
—Eski tennis maydoni. Ancha tamirtalab, istasangiz borib kòzdan kechiring, bir hafta ichida chizmalaringizni qabul qilib olamiz.
"Tennis maydoni..."òsha makon"da hali endigina òzgarishga shaylangan hayotimga yana bir ajoyib yangilik kiritilishi, maydon hujjatlarini ushlab turgan onim hayolimni bir uchida ham yòq edi..."

Mana endi hikoyam boshlangan nuqtaga ham yetib keldik.
Hushim joyiga tushishi bilanoq, nimalar bòlayotganini aniqlash uchun, atrofga alangladim. Oldimda uchta yigitdan tashqari hech kim yòq bòlib, meni maydon bilan tanishtirayotgan erkak uzoqdan qandaydur ayolni boshlab kelar, ayolni qòlida kattagina quti bor edi. Menimcha, hamshira bòlsa kerak. Ularga qarab turgan onim, birdan kòz oldim qoronĝulashib ketganini his qildim. Lanati tòp juda qattiq tegdi, boshimga gurzi bilan urganday lòqqilaydiya.
—Qizim yaxshimisan?
Hamshira ayolga ahvolimni aytishga ulgurmay turib, qayta hushim boshimdan uchdi-da, sòngi ilĝagan manzaram "gòzallik"ning ĝòzal yuzi va yelkamdan tutib, yiqilishimga yòl qòymagani bòldi

-Siz bu yerda nima qilyabsiz?
Kasalxonada kòzlarimni ochar ekanman, qarshimdagi divanda savlat tòkib òtirgan onamga tushunarsiz nigohlar ila qaradim.
-24 soat bòlmay, kasalxonaga tushibsan.
Xòrsinib, gap boshladi.
— Qaysarligingni qòy-da, uyga qayt.
-Kasalxonaga tushganim bilan sizga oĝirligim tushdimi oyi? Yoki sizdan pul sòradimmi?
—Sòramasang endi sòraysan. Yotgan yotoĝing va olayotgan tomchi dorilaring pulini qanday tòlamoqchisan qizaloĝim?
—Bu meni muommoyim. Siz zahmat chekmang.
—Aliya...
—Iltimos eshikni yopib ketsangiz!
Onam ketishi uchun yumilgan kòzlarim, kasalxona xarajatini endi qanday tòlayman degan òy ila ochildi. Agarda hamyonimdagi pulni ishlatgudek bòlsam, birorta uyni ijaraga ham ololmayman. Ammo, boshqa ilojim ham yòq...
Bir soatdan sòng kasalxonadan javob berishgach, kassaga borib, qancha tòlashim kerakligini sòragan vaqtim kassadagi yigitning javobidan savollar girdobida qoldim.
—Aliya Yasinova? Sizni xarajatingiz allaqachon tòlangan.
—Qanaqasiga? Kim tóladi? Oyimmi?
—Yòq. Sizni shu yerga olib kelgan yigit. Kòrinishi va kiyimidan sportchilarga òxshardi...

Oʻsha MakonDonde viven las historias. Descúbrelo ahora