3-qism

4 0 0
                                    

  Ósha gaplashganimizdan buyon oradan ikki hafta ótgan bólsada, qayta gaplashmadik. Menga gapirishga mavzu topilmasa, unda gaplashishga mavzu uyoqda tursin hohishning ózi ham yóq edi, nazarimda. Bu vaqt ichida mening tayyorlagan chizmalarim rahbarimga ma'qul keldi va men ayni damda ishchilarni nazorat qilish bilan bandman. Kózlarim esa "gózallik" keldimi yoki yóq shuni tekshirish bilan ovora. Negadur kórinmaydi...
-Aliya qoching...
  Ishchilardan birining hovliqma ovozini eshitishim bilan, avtomatik tarzda ózimni chetga oldim. Hozirgina men turgan joyga tepadan  bir uyum taxtalar aģdarilib tushdi-yu, ikki metr oraliq masofasini changa tóldirdi. Hudo bir asradi, ammo, ust-boshim rasvo bóldi. Endi nima qilaman, kun bòyi maydonda bólib, ishchilarni nazorat qilmasam bólmaydi. Qolaversa bu yer shahar markazidan ancha uzoq joylashgan.
-Aliya opa, nima bu ahvol?
Bu ósha, meni top bilan siylagan bolalarning biri bólib, ular bilan ancha chiqishib qolgan edim. Bir menga, bir yerda yotgan taxta uyumiga qararkan ózi tushundi choği, hay haylagancha meni óziga ergashtirarkan, órindiqdagi sumkasidan ózining sport formasini qólimga tutqazdi,
-Yólakni oxirida kiyim almashtirish xonasi bor. Boraqoling!
Degancha ózi esa tanasini qizdirish uchun mashq qilayotgan dòstlari qatoriga qóshilib ketdi. Demak, yaqinda chempionimiz ham kelib qoladi. Unga qadar ózimni tartibga keltirib olmasam bólmaydi.

-Yo hudoyim, kechiring!
Aliya kórsatilgan yónalish bóylab yurib, kirgan xonasining tepasidagi erkaklar belgisiga e'tibor bermagani, ayni damda ózining duv qizarishiga sabab bólgan edi.
Aslam qizning harakatiga bee'tiboran, shkafda turgan ust kiyimini egniga ilgancha eshik tutqichiga qól chózarkan:
-Kechirdim!
Dedida hatto qiz taraf qayrilib ham qóymay, xonani tark etdi.

***

Telefonimga kelgan xabardan kózlarim yoshlanib ketay dedi. Bu mening ilk maoshim. Óz mehnatim, iqtidorim bilan, oyimning kómagisiz ishlab topgan maoshim. Hali hammasi yaxshi bóladi. Sen barini uddalaysan Aliya.
Maoshimni taqsimlab chiqayotgan vaqt hayolimga Aslam kelib urildi. Axir men undan qarz edim. Ana endi qarzimni qaytarish vaqti keldi. Naqadar yaxshi u bilan gaplashish uchun ajoyib bahona topildi. Lekin kónglim sezib turibdi, baribir olmaydi...

-Kerakmas!
  Aytmaganmidim. Pulni ótkizish uchun karta raqam sóragan zahotim, avvaldan kutgan javobim yangradi.
-Lekin, men qarz bólib qolishni istamayman.
-Bu endi sening muommoying!
-Namuncha qópolsiz? Tóģri gaplashishning iloji bormi? Birovning puli menda qolishizi istamayman. Jentelmenlik qilmay karta raqamingizni bering yoki naqd...
-Sen shunday qil, pul senda tura tursin. Qachon men kasal bólsam, óshanda sen ham meni harajatlarimni qoplaysan. Shunda xisob tenglashadi.
-Jinni bólyabsizmi? Nega kasal bólar ekansiz?! Tavba desangizchi...
-Sen men uchun tashvishlanayabsanmi?
Ilk bor menga jilmaygancha hazil qildi. Yaramas qilgan hazilimdan qiz uyaladi deb ham óylamaydi. Ammo, rostku chindan u uchun qayģuryabman axir.
-Issiq jon,-qayta jiddiy qiyofaga kirgancha, tezda mavzuni ózgartirdi.-Kun kelib sen ham men ham kasal bólamiz. Bugun qarshingda tetik tursam, ertaga shifoxonada kasal holatda yotgan bólishim mumkun. Hullas gapni kópaytirma!
Endi oģiz juftlagan edim ham jim qildi.
-Baribir hozir menga pul kerak emas. Seni esa oyligingni ishlatish uchun kózlab qóygan rejalaring bor. Óshalarni qila tur, keyinni keyin gaplashamiz!
Ortiqcha gapga hojat qoldirmay, qarz masalasini uzil kesil yopdida mendan uzoqlashdi. Hozirgi kechgan suxbatimiz esa tanishganimizdan boyon eng uzoq davon etgan suxbat bóldi desam adashmagan bólaman. Odamga óxshab gaplashsa bólar ekan-ku, yasha Aliya! Bugun uni gapirtira oldingmi, ertaga yuragini ham zabt eta olasam. Bunga esa biroz vaqt va sabr kerak albatta.

***

-Aliya chizmalaring yuzasidan muommo chiqdi, kelmasang bòlmaydi
Ish boshqaruvchimizning hovliqqancha tushuntirgan gaplariga "Mayli" dedim-da, góshakni qòydim. Tinchlik bólsin-da...

-Tinchlikmikan òzi?
Ishchilarni ketishim yuzasidan ogohlantirganimdan sóng, yoshi kattaroq ishchilardan biri havotirli ohangda sóroqladi.
-Qaydam, borsam bilaman endi. Tezroq boraqolay.
-Yaxshisi taksi chaqiring, yólovchi mashina ótishini kutsangiz aniq kechikasiz.
Mustaqil yashashni boshlaganimning ilk kezlari qimmatbaho mashinamning "qimmatbaho chiqimlari" menga oģirlik qilgach, bir muddat ishga yólovchi mashinada qatnab yurganim uchun boshqalar mashinam borligidan behabar edi.  Maoshimni olgach, bir oydan buyon chang bosib yotgan "yigitim"ga obdon e'tibor qaratgan bólib, baxtimga bugun óz mashinamda edim. Bunday chekka hududlarga óz mashinang bólmasa qiyin ekan, yarim soat oftobda yólovchi mashina kutish, eng yomoni manzilingacha dim va tiqilinch transportda turtilib, surtilib ketish naqd azobning ózginasi edi.

Oʻsha MakonWhere stories live. Discover now