9-qism

3 0 0
                                    

*
Irfonning turmush qurish taklifiga Aliya so’nggida hech narsa demadi. Balki, o’ylab ko’rar… Lekin Irfonga bir umr majruh rafiqa bilan yashashni ravo ko’ra olmaydi. Hattoki, bu qiz o’zi bo’lsa ham! Sevgi shu qadar kuchli tuyg’u ekanki, unda inson o’ziga emas, suyuklisiga eng yaxshisini loyiq ko’rar ekan. Qurib ketsin bunaqa tuyg’u ham! Odamni yuragini ezishdan boshqa emas…

O’zini jigarrang charmdan ishlangan mashina o’rindig’iga yengil tashlagan qiz ko’zidan bir tomchi sizgan ko’z yoshini his qildi. Shu kunlarda ko’p yig’layapti. Dunyodan uzilib bormoqda yoki olamning o’zi uni borliqdan yulib, uzoq-uzoqlarga otib yuborayapti. Ikkisini nima farqi bor? Bir xil narsalar baribir! U hozir bunaqa narsalarni o’ylashi emas, qanday qilib Irfonni o’zidan sovutib, sog’lom qizga uylanishga ko’ndirishi kerak. Sog’lom qizga…
Alam bilan jilmaydi. Nahotki, u sog’lomlar safidan chiqib, mahruhlar qatoriga qo’shilgan bo’lsa. Ishonish qiyin…

O’z xayollariga g’arq bo’lganidan haydovchi olib ketayotgan manzilga ham e’tibor bermabdi. To’g’ri ketayapti, hozir kuzatib turgan ko’chadan o’ngga qayriladi va uyiga yetib oladi. Uyiga borgach esa yana oynalarni sindiradi… doimgi mashg’ulotiga aylangan o’zi shu kunlarda.

— To’xta!,— miyasiga buyurdi, go’yo,— Mashina nega burilmadi?,— o’ziga o’zi gapirar, buni tashiga chiqarmas edi, so’ng, rostan ham ovoz chiqarib, haydovchidan so’radi,— Nega bu yerga ketayapmiz? Mana shu yerdan o’ngga burilishimiz kerak edi. Siz esa to’g’riga ketayapsiz.
— Men buyruqni bajarayapman.
— Qanaqa buyruq? Kimni buyrug’i?
— Janob Irfon sizni mana shu atrofdagi tennis kortiga olib borishimni tayinladi. Boshqa narsa bilmayman.

“Irfon… nimalar qilmoqchisiz yana?” dedi o’ziga. Hammasini vaqt izmiga tashlab, keyingi voqealarni shunchaki kuzatmoqchi bo’ldi. Hech qanday harakat qilishga kuchi qolmagan o’zi shundoq ham.

Manzilga yetib kelishganda, avval haydovchi tushdi. O’n soniya o’tar-o’tmas u tarafdagi eshik ochildi-yu, qiz umuman kutmagan insonining yuzini qarshisida ko’rdi.
— Sen?
Unga qarab, xunuk jilmayib turgan o’sha tundagi barzangi qo’lidan tortib dedi:
— Xush kelibsan, qizaloq…

*
Qiz, rosti, tanasiga tushirilgan zarbalardan charchadi. Qanday ablahlar-a bular?! Qiz bolani ham uradigan darajada! Hayvonlar! Yo’q, hayvonlar ham ulardan ko’ra insoniyroq, aslida. Insonligiga tupurish kerak bularni!
— Qo’g’irchog’ingni ahvoli chatoq,— Irfonning dushmanlarining yana biri qizni videoga ola boshladi,— Aytib qo’yay, bu hali boshlanishi. Shunaqangi…
— Qizni qo’yib yubor,— videoqo’ng’roq ortidan Irfonning bosiq ovozi eshitildi. Lekin bu bosiqlik orasida jahl va xavotir yaqqol sezilardi,— Senga men kerakman. Aliyani bu yerda aybi yo’q.
— Xe-xe-xe,— erkak xunuk kuldi,— O’zing ham bilar ekansan. Menga sen keraksan, aynan! Shu sababli, bu yerga kel.
— Qayerdasan?
— Qo’g’irchog’ing bilan uchrashadigan yeringda,— kamerani Aliyani tasviridan olib, atrofga qaratdi, so’ng, davom etdi,— Yolg’iz o’zing kel. Politsiya aralashmasin. O’lgudek yomon ko’raman shularni, suvarakdek har yoqda ko’payib ketgan marazlar! Xullas, o’zing kompaniya hujjatlari bilan kelasan.
— Tushundim. Faqat borgunimcha, Aliyani boshidan bir tola soch to’kilmasin. Yo’qsa, hammangni tiriklayin yoqaman!
— Oh-oh-oh!,— barzangi xitob qilib yubordi,— Bu qo’g’irchog’ingni bahosi namuncha qimmat bo’lmasa-a! Bilsam, avvalroq o’g’irlardim.
— Gapni qisqa qil. Men ketayapman. Unga esa yaqinlashma!

Irfonning mana shu gapidan keyin, erkak telefonning qizil tugmachasini bosib qo’ydi va Irfonni kuta boshladi. U shunchalik mashinani tez haydaganmi, tennis maydoniga oradan uch daqiqa o’tar o’tmas pistoletini o’qtalgancha kirib keldi.
— Aliya!,— ilk ko’zi tushgani peshonasidan qon oqqan qiz bo’lib, uni ko’rib, qo’lidagi to’pponchani jahl bilan siqdi,— Meni qo’limdan tirik chiqmaysan, Mansur!,— dedi dushmaniga to’pponchani o’qtalib.
— Bu yerda hali kim o’lishi noma’lum. Balki, bu mana bu qizcha bo’lar…

Oʻsha MakonWhere stories live. Discover now