4-qism

2 0 0
                                    

–Bir savol bersam maylimi?
Bir haftada buyon menga xizmat qilayotgan barmen yigit, noodatiy takalluf bilan gap qotdi.
–Nega doim ichimlik buyurtma qilasiz, ammo unga tikilishdan nariga o'tmaysiz? Barimizda siz buyurtma qilmagan ichimlik qolmadi–kulib qoydim.
–Agar men ichimlik ichsam, o'zimni o'ldirishga jur'atim yetadi deb o'ylayman.  Keyin o'zimga-o'zim savol beraman. Nega men o'lishim kerak? Meni qiynagan, bir nigohini ham mendan qizg'ongan bevafo uchunmi? Aslo! Bu holat har kuni takrorlanadi.
–Ooo muhabbat mavzusi deng. Ilk sevgi og'riqli bo'ladi–yigitning gapini tasdiqlab, boshimni silkidim.–Lekin bu uchun o'lish g'irt ahmoqlik.
–Aynan!
–Siz atayin bo'lsa ham boshqasi bilan sevishib ko'rishingiz kerak. Sizni sevgingizni o'yinchoq qilgani uchun bu yigit dan olgan qasdingiz bo'lib, u sizni boshqasi bilan baxtli ko'rsa, alamdan yonishi sizning g'alabangiz bo'ladi.–Hech narsadan habari yo'q barmen o'zicha maslahat berishga kirishdi. Bilmasdiki, Aslam meni ko'rolmasligini.  Na baxtli holatda bo'lay, na ayanchli. Baribir emasmi endi..
–Lekin gapingizda jon bor.  Endi kelmaydigon insonni kutib yashamayman-ku axir. Bugunning ozida menga kim uchrashuv taklif qilsa, men rozi bo'laman.  Tamom!
Soatga qaradim.  23:49. 11 daqiqada kimdan ham chiqadi bu taklif deya katta gapirib qo'yganimni O'sha vaqtlar hali anglamagan edim. Og'zingdan chiqayotgan gapga ehtiyot bo'lsa deyishgan ota-bobolarimiz. Taqdir mening hazilomuz niyyatimga javob qaytargan fursat... Aniq yodimda hali ikki daqiqa ham o'tmagan edi, birdan klubni ichi qizlarning qichqirig'iga to'ldi.
–Kuyla! Kuyla! Kuyla!
Klub sahnasida mikrofon tutib turgan yigit atrofdagilarning olqish-u, istaklarini qabul qilar ekan, kózini bir nuqtaga qaratgancha dedi...
-Mayli aytaman. Faqat...
Qólidagi mikrafoni bilan yolģiz ózi atrofga ahamiyat bermagancha, barda ichimligini aylantirib, óychan ótirgan qizga ishora qildi. O'sha qiz men edim. Muhlislar ham yoppasiga men tomon ógirilishdi.
-Faqat qizil kóylakdagi qiz ketib qolmaslikka sóz bersa...

Taqdir-bu hech qanaqa tasodifan emas. Taqdir bizning qarorlarimiz va niyyatlarimizni amalga oshiruvchi vosita.  Va yana taqdirni kutish shart emas.  Uni yaratish lozim...

Chiroqlarga to'la sahnada menga jilmaygancha tikilib turgan yigitning ko'rinishi menga bir zum Aslamni eslatar ekan, hayrat ichra bu bo'lishini mumkun emas de-ya orqaga tisarildim. Aslamni o'ylayverganim sabab miyyam har kimni "U"  deya tasavvur qilishni boshladi. Soch turmagidan tortib, kiyinish uslubigacha ular farq qiladi. Aslamning yuzi uchun tabassum begona bo'lsa, sahnadagi yigitning yuzidan bezbetona kulgu zohir bo'lgan edi. Shunday bo'lsada uning nimasidur menga Aslamni eslatmoqda, ammo, nima?
–Go'zal qizni kuttirib qo'yganim uchun bir qoshiq qonimdan kechishini so'rayman. –Axir bu ovoz, bunaqasi ketmaydi, hozir aqldan ozib qolishim hech gap emas.
–Kimsan? –Qo'shiq hirgoyasini yakunlab, qizlar qo'shovidan halos bo'lgancha qarshimga kelgan yigitning yoqasidan oldim.–Nega menga bu qadar bemalol muomilada bo'lyasan. Va yana nega?
–Ho'sh?
Yigitning yuzidagi kulgu bir zum yo'qolib, ko'zidagi ikki juft qora donachalarning nishoniga aylandim. Aslamning ko'zi yantar tusda edi...
–Nega ovozingiz... Men bu ovozni unutolmayman... Kimsiz? Maydondagi ham siz edingiz, aynan, –Aslamning o'lim xabaridan shokka tushar chog'i, meni to'pdan pana qilgan yigitning yuzi xotiramda alang - jalang gavdalanar, xotiram va qalbimga tayangan holda  hulosamni aytdim–Siz!
–Ya'ni?
–Menga bir vaqtning o'zida ham tanish, ham notanishsiz. Va buni sababini tushuntirishingizni talab qilaman, –yoshlangan ko'zlarimni unga tikdim.
–Aliya...

Bir yil oldin...

–Miyeloma–Miya va bosh miya hujayralarida o'smaning atipik rivojlanishi, –Rengen natijalarini afsus bilan bayon qilgan doktor o'ziga tushunarsiz tikilib turgan yigitga tushuntiris berdi.
–O'simta? Rak... Rakmi?
–Afsuski shunday!
–Meni eshiting, –yigit bir muddatli sukunatdan so'ng o'ziga kelgancha so'zga kirdi–Bu haqida aslo otam bilishi...
–Bundan hech kimning xabari bo'lmasligi lozim, –yigit birdaniga ochilgan eshikdan kirib kelgan otasi tomon qararkan, bir zum oilaviy shifoxonasida tahlil topshirganiga afsuslandi, nainki, natijalar bu tarzda chiqishi hayoliga ham kelmagan edi.
–Natijalarni hoziroq daf qil! Davolanasan!
–Dada, axir Rak...
–Davolanasan dedim. Shahar chekkasidagi klinakamizda va o'zga ism sharif ostida.
Yigit dadasining nega bunday qilayotganini yaxshi tushungani bois ham bir so'z deyishni maqul ko'rmadi. Zero Salim Isomovning yagona merosxo'ri tuzalib ketishidan o'lish foizi yuqori bo'lgan dardga chalinganini eshidgan aksidorlarning paytavasiga qurt tushurishi hech gap emas.
O'sha kundan so'ng yigit otasi aytganidek, shaharning chekkasiga nafaqat ismi hatto ko'rinishini o'zgartirgancha davolana boshladi. Lekin, yigit avvalgidek emas, kasallik uni go'yo boshqa odamga aylantirgan, o'ta ketgan sovuqqon va odamovi insonga aylandi. Vaqt o'tarkan yigitning bir xillikdagi xira olamiga bir chaqmoq chakkancha o'z yorug'ligini olib kirdi.

–Sen Kimyo terapiyasini rad etaverar ekansan, so'ngi chorani qo'llashdan boshqa iloj qoldirmading.
So'ngi tekshiruvdan hulosa chiqargan shifokor, ko'zoynagini ostidan yigitga tikildi, –O'simtangning o'zidan vaksina tayyorlab, sinab ko'rishimiz mumkun. Bu uchun jarrohlik amaliyoti lozim bu esa...
–Tirik qolish darajasi  50 ga 50!–yigit so'ngi jumlada mujmallik qilayotgan doktorning gapini o'z tushunchasi o'laroq yakunladi.–Men roziman! Ammo, bir ishni yakunlashim kerak. Zero, o'lishim mumkun ekan, "U" bilan so'ngi bora gaplashib, mendan umidlanmasligiga, ko'nglini qoldirishga harakat qilaman. Tirik qolgan taqdirimda esa, uni izlab topaman...

Oʻsha MakonTempat cerita menjadi hidup. Temukan sekarang