2-qism

4 0 0
                                    

Men yillar davomida yashab kelayotga qobiģimdan chiqishim ancha mushkul kechishiga, birgina shifoxonaga tushganimda amin bóldim. Sababi men shu qadar kuchsiz edim-ki, shu kungacha onamday chinor daraxtning soyasida unib, òsayotgan nozik nihol  edim góyo. Endi esa ósha nihol ózini panalab turgan chinorni óz qóllari bilan chopib, shavqatsiz quyoshning jazirasi-yu, qishning izģirinida soyasisiz kun kechirishni tanladi. Va buni albatta uddalaydi.
Shifoxonadan chiqqan kunimning ertasigayoq ishga shoshdim. Oldingi holim bólganida bormi, naqd bir hafta kórpa-tóshak qilib yotgan bólar edim. Ammo, endi yashash kerak. Yashash uchun pul, pul uchun esa ishlash kerak. Omadim kelib, topilgan ishimdan ayrilib qolish qórquvi tanamga òzgacha quvvat baģishladi-yu, tong sahardan ishga otlandim. Erta bólgani bois, maydonni qorovul amakiga ochtirdimda, butun maydonni kózdan kechirish hamono, ósha yerning ózida hayolan maydonning yangi peyjazini chiza ketdim. Ayni shu vaqt topning devol bilan yuzlashuvidan vujudga keluvchi tovush meni òsha tomonga qarashga majbur qildi. Óyinchi esa ósha, "gòzallik" edi. Uning yuzidan bazór kózimni uzgach, harakatlarini kuzatishga kirishdim. Har topni uzatishda raketkani kuch bilan siqib, zarba yóllanganida, bórtib chiquvchi mushaklar, mayin shaboda yigitning harakatlariga monand óynoqilayotgan sochlar, allaqachon terlashgan ulgurgan tananing tongi quyoshning zarralari natijasida yartirashi...Barcha-barchasi meni unga ipsiz boģlamoqda edi. Bekorga aytilmagan, ilk taassurot insonning kórinishi orqali vujudga keladi deb. Uning kórinishi esa menda nafaqat yaxshi taassurot balki, tushunarsiz hissiyotlar uyģotmoqda edi.
Yigit harakatdan tóxtab, men tomonga bir qarab qóydi-da, órindiqdagi sumkadan suv olib ichishga kirishdi. Yaramas men unga tikilib tóymasam-u, u birgina nigohini qizģonadi. U faqat kasalxonada tólov qilib, jentelmenlik qilishni biladi holos...
Shu dam hayolimga uning menga qilgan yordami kelib, rahmat aytish bahona yigit bilan gaplashishni reja qilgancha, uning yoniga yól oldim. Balki tanishib ham olarman...
-Mazur tutasiz!
Aliya yigitni oldiga borganidan sóng ham e'tibor torta olmagach, yigitni chaqirishga tushdi.
-Tennischi yigit! Shifoxonada aynan tennischi yigit mening harajatlarimni qoplaganini aytishdi, ósha sizsiz tóģrimi?
-Men bòlsam nima? Pullarimni qaytarmoqchimisan?
-Men..yóq, tóģriroģi hozircha yòq. Ammo, imkonim bólishi bólishi bilan qaytaraman.
Aliya yoshligidan madaniyatli muhitda ulģaygani bois yigitning ilk suxbatlashayotgan insoniga senlab murojaat qilgani qizga erish tuyildi. Shu bois rahmat aytmoqchiligi ham hayolidan uchdi-yu ketdi.
-Hozirda biroz qiyin vaziyatdaman ammo, roppa-rosa bir oyda pulingizni qaytarishga sòz beraman. Havotir olmang!
-Shartmas!
-Qarz bólib qolishni...
"Yoqtirmayman" demoqchi edi-yu, yigit qizni gapini oxiriga yetkizmay turib, quloqchinini taqqancha mashģulotini davom ettirdi.
-Meni mensimadimi hozir? Yaramas, sen ózingni kim deb óylayabsan a?
-Opa? Hoy tóp yegan opa?
Aliya yigitning qilgan qiliģini hazm qilolmay javrab ketayotgan vaqt atrofdan óziga tòp otgan yigitlarning ovozini eshitib, yurayotgan joyida tóxtadi.
-Ahvolingiz yaxshimi?
-Yomon! Senlarmi hali menga tóp otgan a? Aliya sen nimalar qilyabsan?
Qiz ózini hatti harakatidan uyalgancha peshonasini kaftlari orasiga oldi.
-Bir tentakni deb alamingni yosh bolalardan olayabsanmi? Qani seni tarbiyang?
-Top yomon tekkanga óxshaydi...
Aliyaning óziga òzi gapirayotganiga hayron qarab turgan bolalarning biri sherigiga pichirlab sóz qotdi. Ammo, buni qiz eshitmay qolmadi.
-Hushim joyida. Ahmoq ham emasman. Aslini olganda bu yerda birgina tentak bor ekan. Ósha ham ikkinchi maydonda mashq qilayabdi. Na muomila va na madaniyatdan xabardor kimsa!
-Menimcha biz ósha tentakni taniymizoov.
Ikkinchi yigit qiz kórsatgan maydonga kóz tashlab, kulgancha javob berdi.
-Hafa bólmang opa, Aslam ustoz òzi shunaqa. Qizlar bilan irqi chiqishmaydi.
-Kim u Aslam?
-Siz aytgan tentak va bizning ustozimiz, boshqalar uchun esa chempion Aslam Salimov!
Yigitlar sóngi jumlasini faxr ila talaffuz qilarkan, ģururlangancha hamon mashq qilishda davom etayotgan ustozlari tomon qarab qóyishdi.

Oʻsha MakonWhere stories live. Discover now