8-qism

6 0 0
                                    

#Õsha_makon

Oradan yarim yil o’tdi…

— Menga turmushga chiq, Aliya,— qo’lida yaltirayotgan uzuk va uni nozik qutichasi turgan Irfon Aliyaga so’z qotdi.
— Bunday qila olmayman. Shu holatimda…
— Holatingga hech narsa qilmagan! Sen doimgisan, Aliya! Doimgi!,— Aliyani yuzi yoniga kelib, ikki qo’li bilan ushladi,— Menga farqi yo’q. Muhimi bu sensan-ku.

Uning ko’zlariga ortiq qarashga jazm qila olmagan qiz nigohini undan olib qochdi.
— Bundan hech narsa chiqmaydi,— ko’ziga yosh olgancha, Irfonni qo’lini tushirib tashladi,— Men sizga turmushga chiqa ol-may-man!,— kuyib, yara bo’lib qolgan qo’llariga ishora etdi,— Bularni ko’rayapsizmi? Mana shunaqa jizg’anak bo’lib qolgan qizga uylanasizmi?! O’zini o’zi olov qariga otgan bir telba bilan hech ikkilanmasdan umr yo’lingizni bog’laysizmi?!
— Menga bular muhim emas… Men..
— Menga muhim!,— Irfonning gaplarini shart bo’lgan Aliya uni o’zidan itardi,— Menga bunaqa hayot kerak emas!

Aliyaning xotirasidan bir nafas o’sha kungi bezorilardan qochish uchun yonayotgan uyga o’zini urgani lip etib o’tdi. O’sha uyda undan ko’ra yonib ketsa bo’lmasmidi. Hozirgidek, o’z badanidan jirkanib o’tirmasdi…

— Jim…,— yana bir bor og’zini juftlagan Aliyani lablariga ko’rsatkich barmog’ini qo’ydi,— Bo’rilar haqida eshitgansan-a? Ana shu bo’rilar qancha kuchli bo’lmasin, jufti uni tark etsa, o’zini halok qilar ekan. Halok bo’lishni taqdirimga ravo ko’rma…

Irfon aytgan gaplardan biroz o’ziga kelgan Aliya yana o’zini xotiralar ummoniga urdi.
O’sha kuni bo’lgan voqealar nafaqat ongida, balki tanasida ham yomon iz qoldirgan edi.

Yarim yil avval…
“Tun. Irfon bilan xayrlashgach, qorong’ulik qariga o’zini urdi. Yigitni aytishi bo’yicha tun payti yomon narsalar bo’lishi mumkin emish ko’chada. Heh! Bekor aytibdi! Aliya bu yerlarni tug’ilganidan beri biladi. Mashina ham kerak emas. Havodan bahramand bo’lib, katta yo’lga chiqadi va uyiga yetib oladi. Ham hech kim hujum qilmaydi bu yerda unga. Shu sababli ham yuragi tinch.
Negadir bolaligini bir zum eslab, yonida turgan toshni poshnachasi bilan uzoqqa tepdi. Ortidan borib, yana, va yana…

Oxirgi marta mitti toshchani tepmoqchi edi-ku ya, toshcha ham bir eskiroq, oq darvoza yoniga borib tushdi.
Doimo xilvatdagi sirlarga qiziqadigan Aliya esa chiroq lippilagancha, xira nir taratib turgan uychaning tirqishiga quloq tutdi-yu, ko’zlari kosasidan chiqqudek kattalashdi.
— Irfonni bu shartnomaga ko’ndirishni boshqa iloji yo’q,— dedi ichkaridagi chiyildoq ovoz,— Uni bitta e’zozlaydigan narsasi bor. Bu esa uni sevgani. Uni o’g’irlatamiz.
— Xohlagan narsamizni qilsak maylimi, uni o’g’irlagach,— yo’g’on ovozdagi boshqasi xiringladi,— Anchadan beri, bilasiz, hatto klublarga ham bormayotgan edik.

Uni qarshisidagi esa xuddi mazaxlagandek juda ham xunuk kuldi. Har nafasini ichiga yutganida g’alati, koptokning dami chiqqandek ovoz chiqar edi.
— Unisi senga bog’liq. Axir..,— bir narsani sezgan erkak eshikning orqasidan ko’rinib turgan qora soyaga qarab gaplarini to’xtatdi,— To’xta…

Aliyaning sezib qolishganini bilgan qiz orqaga chekindi, lekin ichkaridan chiqishga ulgurgan ikki bezori yo’lini to’sib, uni qochishga qo’ymasdi.
— Ushla uni!,— semiz biri ikkinchisiga buyurdi.
Ularga tutqich bermagan Aliya esa ikkisining ham yuziga aylantirib tepdi. Uning bu harakatini kutmagan bezorilar og’riqdan chinqirib, so’kingancha cho’kkalab qolishdi.
— Tezroq qochish kerak..,— yugurayotib orqasiga qarab olgan qiz bezorilar allaqachon og’riqni yengib o’tib, unga yetay deb qolganini ilg’adi,— Jin ursin!

Tor ko’chalardan go’yo oxiri yo’q manzil tomon ketayotgan Aliya to’satdan olov chiqqan uyni ko’rdi va miyasiga yashin tezligida g’alati yechim urildi.
Hali yong’in alangalanib ketishga ulgurmagan tashlandiq binoga berkinib, barzangilarni ketishini poylayotgan Aliya, go’yo nafas olmas, yo’qsa, uni sezib qolishadigandek xavotirda edi.

— Xayriyat..,— chalg’ib ketgan erkaklarni ko’rib, ko’ngli biroz tinchigan qiz o’zi suyanib turgan eshik ortiga o’zini erkin tashladi. Ammo tashladi-yu, bosh tarafidan nimadirning g’ichirlagan tovushi eshitildi.
Tepaga qarab, to’liq nima bo’lganini anglab ulgurmagan Aliya avvaliga, tushayotgan olovli taxta bo’lagi, so’ng qo’llarida azobli og’riqni sezdi…

Barchasi shu qadar tez kechar ediki, ko’z ilg’amaganidek. U barchasini xuddi kechagidek eslaydi. Kuygan tanasini ilk bor ko’rganini, Irfon kelib uni o’sha uydan chiqarganini, kasalxonada shiftga termulib gapirmay yotganini, hamma-hammasini ongida alamli izlari bor…

P.S: Aytib qo'yay Aliyani psixolog bilan suxbati kanaldan o'chirildi. Chalkashmaymiz endi🫰

Rejalar o'zgarib qoldi, uzrasla🫣

Oʻsha MakonWhere stories live. Discover now