5-qism

2 0 0
                                    

Nafrat-omadsizlikka uchragan sevgidir! Agar ayol kishi  nafratlansa, demak u oshiqdir. Agar his tuyg'ulari rost bo'lsa, sevganidan chin dildan hafa bo'ladi.

*

–Loyihang doimgidek mukammal!–Bosh arxitektor, Aliyaning tayyorlagan peyzaji yuzasidan ijobiy fikr bildira ketdi.–Faqat, mijoz tarafidan maqullansa kifoya.Biz ishni boshlab yuboramiz.
–Hop, lekin loyihani ko'rsatishga men bormayman.Hohlasa o'zi kelsin, yoki boshqa birovni yuboring, hullas o'zingiz bilasiz. Men hohlamayman.
–Hoziroq borib, loyihangni menga qanday taqdim etgan bo'lsang, mijozga ham shunday qilasan va men sendan hohlaysanmi deya so'rab o'tirish niyyatida emasman.–Bosh arxitektor ko'z oynagini yecharkan, dona-donalab so'zlay ketdi–Men boshlig'ingman, erkaliklaringni ko'taruvchi yigiting emas.Hullas roziligini ol, yo'qsa o'zingni ishing qiyilashadi.Javobini xabar orqali menga yetkaz, shunga ko'ra jamoaga vazifalarni bo'lib beraman.

–Assalomu alaykum... IRFON SALIMOVICH!
Kotiba Aliyaga kirishi mumkunligini aytgach, maydon ichidagi shinam ofisda hujjatlarga tikilib o'tirgan asl ismi Irfonligi bilgan Aslamga kira solib, zahrini sochishga kirishdi.
–Va alaykum assalom.Ismimga bu darajada urg'u berishingiz shart emas Aliya Yasinova.
–Har holda tilim o'rganmagan. Tag'in notog'ri chaqirib qo'ymay deya harakat qilyabman.
–Aliya balki bas...
–Loyihani sizga tushuntirsam,–yigit bilan ishdan boshqa mavzuda gaplashishga toqati bo'lmagan qiz darrov loyihani tushuntirisga kirishib ketdi.

–Balki qahva ichib, gaplashib olarmiz.–Taqdimot tugagach qog'ozlarini yig'ishga kirishgan Aliya bilan munosabatlari yuzasidan jiddiy gaplashib olishni istadi. Zero, qizning o'ziga bo'lgan munosabati yigitga manzur kelmas, oldingi Aliyani oxirgi vaqtda ko'p qumsardi. Shu boisdan, boshqa cho'zib yurishni hohlamadi.Nimalar bo'lganini-yu, qayta ko'rishgan ilk kunining o'zida qizga izohlab bo'lgan, shundan so'ng qiz bir so'z demay yigitni tark etdi. Shunday buyon ikki hafta muddat o'tdi, Irfon bu vaqt oralig'ida qizni o'ziga kelib olishini kutgan bo'lsa, Aliyaning bugungi "begonalik" rejimi yigitni bugunoq gaplashib olishga undadi.
–Qahvami? –Aliyaning yodida bir vaqtlar bo'lgan "rad etilish" saxnalaridan biri tushib, alamli jilmaydi.

"–Balki birga qahva icharmiz?
Aliya ketishga chog'langan yigitni to'xtatishga kirishdi. Ammo, umuman o'zi kutmagan javobini olgach, bir necha soniya oldin, ikki yanog'ida zohir bo'lgan kulgudan asar ham qolmadi.
–Navbatga tur! Juda ko'pchilikning qahva ichish taklifiga rozilik bildirib qoyganman.
Aslan norozi qiyofada turgan Aliyaga orqa o'girib, ketar chog'i qo'shib qo'ydi:
–Navbating kelsa, o'zim qo'ng'iroq qilaman!"

–Navbatga turing Irfon Salimovich! Menday qiz bilan qahva ichishni istovchilar ozmunchami axir.
–O'ch olishmi bu! –Irfonning yuzida asabiy kulgu paydo bo'ldi.
–Lekin, navbatingiz yetsa, qo'ng'iroq qilmayman.–davom etdi qiz–Hullas kutib ovora bo'lmang.
–Aliya, bas! Senga tushuntirdim. Menga ham havasday tutma o'zingni. Tushun, 50 ga 50 edi! Senga umid berolmasdim. Haqqim yo'q edi.
–Mayli edi.–baqirishga tushdi– O'lsangiz ham bir umr sizni yodingiz bilan yashashga tayyor edim. So'ngi nafasingizgacha qo'lingizni qo'yib yubormas edim. Ammo, sizni menga qilganlaringiz... Meni shunchalar yolg'iz tashlab qo'ydingizki, endi g'amxo'rlik qilsangiz ham foydasi bormi, yo'qmi, bilolmay qoldim.
–Seni bunchalik hafa qilganimni bilmagandim.
–Siz go'yoki men uchun eng yaxshisini qildingiz. Aslida, bu men uchun jazodek bo'ldi.
–Mendan voz kechdingmi? –Qizning so'zlaridan unga naqadar adolatsizlik qilganini tushungan Irfonning tilidan bu so'zlar og'riqli chiqdi.
–Qo'limdan kelsa qaniydi.Juda charchadim.Tinchgina yashashni istayabman.
–Demak, umid bor.–Aliyaning tuyg'ulari hali ham o'zgarmaganidan baxtiyor bo'lgan yigit, ketishga chog'langan qizning belidan quchib, o'ziga tortar ekan, nima bo'layotganini tushunib ulgurmagan Aliyaning lablariga labini bosdi.
–Eshitib ol, bugundan boshlab, menikisan, faqat meniki.Tuyg'ularing avvalgidek bo'lishiga majburlayman.Bo'sa uchun uzr, lekin afsuslanmayman. Yana bo'lsa ham qarshimasman.

#O'sha_makon

–Eshitaman, –shokka tushib qolgan Aliya, telefonining jiringlashidan o'ziga kelarkan, Irfonni o'zidan itargancha, notanish raqamga javob berdi.
–Yaramas, sizni qancha sog'inganimni bilasizmi?
  Aliya birdan hursand holda baqirgancha, yerda yotgan sumkasini ilib, eshik tomon shoshildi.–Albatta ko'rishamiz, doimgi joyimizda, o' n besh daqiqada yetib boraman.
Qiz Irfonga hatto hayrni nasiya qilgancha, tashqariga go'yo uchib chiqib ketganidan ga'lati ahvolda tushgan yigit, bir zumda ichini kemirishga kirishgan savollarni javobsiz qoldirib, beihtiyor qizning ortidan tushdi.

–Ali akaa!
Aliya taksidan tushib, Toshkentning mashxur restaranlardan biriga shoshib kirgancha, tanish stolda o'tirgan tanish chehrani ko'rib, o'zini uning bag'riga otdi. Ularning bu holatini restaranning oynavand devoridan kuzatib turgan bir juft qora ko'zlarning atrofini jahlni namoyon qiluvchi bir talay qizil tomirchalar qopladi, qo'llar musht tuguldi. Ammo, qizning yoniga borishga nimadur to'sqinlik qildi. Sababi, Irfon, Aliya hali ham o'zini sevadi deya o'ylar, unutmaganiga imoni komil edi. Aliyaning muhabbati boshqalarniki singari shunchaki havas, o'tkinchi bir hissiyot emasligiga ishonardi, bunga o'sha oddiygina velikli bir yigitga qo'rqmay sevgi izhor qilgan kunda amin bo'lgandi. Ammo, bugun Irfonga mehr ila boqqan o'sha ko'zlar o'zgasiga porlab turibdi, hali Irfon tutishga ulgurmagan qo'llar, o'zgasini quchmoqda. Balki, bo'sa ham Irfon o'ylaganchalik, qizning ilk bo'sasi emasdur...
Irfon mushtday yuragi ichida yuz berayotgan to'fonlar ila hamon bir-biridan uzoqlashmagan "juftlik" ga orqa o'girgancha mashinaga o'tirib, gazni bosdi va katta tezlikda hududni tark etdi.

Oʻsha MakonWaar verhalen tot leven komen. Ontdek het nu