7-qism

3 0 0
                                    

Tushga yaqin ko'chaga otlangan Irfon telefonda Aliya bilan xabarlashib pastga tusharkan, mexmonxonada otasi birla qahva ichib o'tirgan mehmon, yigit uchun kutilmagan bo'ldi.
–Sanam honim, hush ko'rdik!
Irfon madaniyat yuzasidan ayol bilan salomlashib o'tdi.
–Yaxshi yuribsanmi Irfon? Chet el qanday, havosi yoqmadi chamamda ozib ketibsan.
–Shunaqaroq,
"Bugun velikda keling!"
Irfon Aliyadan kelgan  xabarni o'qirkan, beixtiyor yuziga tabassum yugurdi.
–Tinchlikmi o'g'lim, bugun hursandsan?
Salim Isomov ham o'g'lidagi o'zgarishdan ajablanib dedi.
–Sanam honimning qizi haqida suxbatlashayotgan edik. Rosa mahaliga kelding o'zi ham.
–Aytmang Salim, juda bebosh bo'lgan bu qiz. –Sanam honim kulgancha gap boshladi –Mustaqil bo'laman deydi. Men ham qarshilik bildirmadim. Axir o'zim ham o'z biznesimni noldan tiklagaman, uning ham qarorini hurmati qilaman. Qiz bola bo'lsa ham o'z yo'lini o'zi topsin, qiyinchilikda toblansin deyman. Ishonsangiz deyarli 9 oydir-ki, gaplashmaymiz. Bu menga qiyin ammo, nima qilay hayronman.
–Huddi o'zingiz bo'libdi xonim, qaysarlikdan sizdan qolishmaydi.
–Lekin Mustaqil bo'lish o'z yo'liga, –Shuncha vaqtdan buyon suxbatga qo'shilmayotgan Irfon fikr bildirishga kirishdi. –Ammo, nima bo'lgan taqdirda ham qiz bola. Aldanib qolishidan, yomon yo'liga kirib ketishidan qo'rqmaysizmi?
–Qo'rqaman! Tashrifimning  sababi ham shunga bog'liq edi aslida.–Sanam xonim yer ostidan Salim Isomovga qarab olgancha doimgi dangalligini ishga soldi.–Otang ham men ham, agar sen rozi bo'lsang,  qizim bilan oila qurishinglarni istardik. Sizlardan ajoyib juftlik chiqadi, ishonaver Irfon!
–Shoshiltirib qo'ydingiz Sanam xonim. Bilaman, doim dangal bo'lgansiz, ammo, mazur tutasiz mening o'z ko'z ostimga olib qo'ygan sevganim bor. Va men unga turmush qurish taklifini bermoqchiman! Ota, siz bilan ham bugun shu masala bo'yicha gaplashib olmoqchi edim. Fursati ayni dam ekan, mana bilib oldingiz. Bu haqida yana bafurja gaplashamiz. Endi esa ketishim kerak. –Irfon hatto teginmagan qahvasini stol ustiga qaytarib qo'yib, o'rnida turarkan, ketish oldi Sanam xonimga samimiy ohangda so'z qotdi. –Qizingiz ham o'z baxtini topadi, ishonavering. Maslahatim ilk qadamni siz qo'ying, qizingiz bilan orangizni yaxshilang. Zero, oxiri attang qiladigon ishdan kech bo'lmay saqlangan maqul. Endi esa men boray, sizlarga hayrli kun!

***

Aliya ishxonasi oldida Irfonni kutib turarkan, soatga qarab oldi. Turgan gapki, Irfon qizni kuttirdi va buning albatta jazosi bor. Aliyaning yigit bilan munosabati boshlanganiga sakkiz kun bo'lgan bo'lsa, shu kublar oralig'ida mashinasidan umuman foydalangani yo'q. Nainki, yigit haligacha qizni kim ekanligini bilmaydi, eng hayratlanarlisi shunda-ki bu haqida hatto qiziqqani ham yo'q. Doim qizning o'zi haqida, qiziqishlari, bolaligi haqida so'raydi ammo, oilasini haqida surishtirmaydi ham. Zero, Irfon uchun o'zi uylanadigon qizgina muhum, na oilasi va na nasabi qiziq.
–Roppa-rosa 13 daqiqa! Ho'sh endi men sizni nima qilay?
–O'pib qo'ysang yetadi.
–Irfon siz jiddiymisiz, kutishni yomon ko'raman deysiz-u, doim kechikasiz. Ta'g'in o'pich hohlaydilar bu kishim. Men sizdan so'ragan veligim qani, yana shu mashinaginda keldingizmi?
–Yoqmayabdimi?
–Ha yoqmayabdi!
–Bor, tush unda mashinadan! TUSH DEDIM SENGA!
–Axmoq, ketsam ketaveraman. Doim yo'lni yarimida tashlab ketadi o'zi. Olifta...
Aliya yurib ketar ekan, asabiylashgancha yigitga eshitilarli darajada baqirib, azr-u havola qilib ketdi. Shu vaqt ortidan eshitilgan velik signali qizni joyida taqqa to'xtatdi.
–Aliya, bir gap aytaymi. Men o'zimga so'z berdim. Qayta seni hafa qilmayman, yig'latmayman, doim baxtli qilaman deb. Zero, senga baxtdan kulish yarashadi. Bundan keyin seni hech qachon tashlab ketmayman, menga ishon!

***

–Senga savolim bor, Isomovlar haqida. –Doimgi qahvaxonada suxbatlashib o'tirishgan fursati, Irfon o'zini qiziqtirgan lekin, doim yodidan ko'tarilgan mavzu haqida gap boshladi. –Adashmasam G'ofur Isomovning ukasi bor, tabiiyki u ham Isomov. Nega tahminlaringda u yo'q edi.
–G'ofur amakimni ukasi emasligingizni yaxshi bilardim chunki. Ali akam bor-ku, esladingizmi? –Aliya, Ali bilan bo'lgan voqea ni eslab kulib dedi–Ana o'sha G'ofur Isomovning jiyani ya'ni ukasining o'g'li bo'ladi. Ali Isomov!
–Lekin, sen bularni internetdan o'rganganmaganing aniq shuni bilasanmi? Qolaversa nega G'ofurbeyni "amaki" deb atayabsan. Ali bilan ham orang ancha yaqinligi sezilib turubdi. Sen aslida kimsan Aliya?
#O'sha_makon

–Siz o'ylagandek emasligim aniq! –Aliya fursati kelganini tushundi. Zotan, yigitning sevgisi chinligiga imoni komil bo'lib, qizning boy yoki nochorligi muhum ro'l o'ynamaydi de-ya hisoblardi Aliya.–Hullas, men Aliya Yas...
Qiz og'iz juftlagan edihamki, shundoq oldilaridan o'tib ketayotgan ofitsant qizni ustiga behosdan kakteyl to'kib yubordi.
–Meni kechiring honim, ming bor uzr so'rayman!
–Hech qisi yo'q,–Aliya bejagan koftasiga qarab, yig'lamsiragancha turgan qizni hotirjam qildi. –havotir olmang, sizdan shikoyatim yo'q. Atay qilmadingiz-ku axir. Irfon, men ayollar xonasiga borib, tezda qaytaman.
-Tasodifni qarang!
Qiz ketganidan o'n daqiqa o'tar-o'tmas, Irfonning yelkasiga qo'yilgan qo'yilgan qo'l, yigitni Aliya haqidagi o'ylariga chek qo'ydi.
–Bir kunda ikkita uchrashuv, ajoyib tasodif Sanam honim.–Yuzaki jilmayib qo'ydi. Tan olish kerak-ki, uchrashuvdan mamnun emas edi. Bir necha soat oldingi "sovchilik" dan so'ng bu ayol bilan umuman qayta uchrashmaslikka rozi edi-kuya, ammo, taqdirning yashirin iplari ularni bog'lab turardi.
–Ish yuzasidan uchrashuvim bor edi. O'zing bu yerlarda nima qilib yuribsan Irfon? Ta'g'in sheriksiz...
–Sherigim bor! Sevgilim bilan birga keldim.–Sevgilim so'ziga urg'u berib o'tdi.
–Nahotki, kim ekan suluv qiz, chindan meni juda qiziqtirib qo'ydi.
–Istasangiz tanishtirib qo'yaman, balki, kelin libosni aynan sizning atelyeyingizdan tanlarmiz. Ana o'zi ham keldi. Sevgilim, –Aliya Irfonning yoninga qaytganida yolg'iz emas, tag'in anchadan buyon uchrashmagan onasi birla yonma-yon turganini ko'rib, shoshib qoldi.–Mana men uylanmoqchi bo'lgan, ko'z ostimga olgan qiz.
–Maa shaa Alloh, ko'z tegmasin. Suqsurday go'zalsan qizim.–Irfon Sanam honimning qizim so'zini o'zgacha mehr bilan talaffuz qilganiga e'tibor bermay, Aliyaga yuzlandi.
–Aliya tanish bu...
–Onam!
–Tushunmadim?
–Bu ayol mening onam Irfon, mana men kimman, Sanam Yasinovaning qiziman. Shu siz bilmoqchi bo'lgan haqiqat edi.

Oʻsha MakonWhere stories live. Discover now