Sen...

6 0 0
                                    

Sen quyoshsan tongda nurin ko'zga sochgan,
Yo oymisan tunda menga yo'llar ochgan?
Shudringmisan yaproqlarda uxlayotgan,
Yoki sokin dengiz uzra porlayotgan
...yulduzmisan, beg'uborim chiroyligim...?

Kuylarimning ohanggida har bir harf sen...
She'rlarimni bezab turgan qofiyam - sen!
Tog'da o'sgan, qaddi mag'rur lolasan - sen...
Tushlarimda menga kulgan notanish - sen...

Mo'jizami yoki husning Tangri bergan?
Semrug'misan o'zga sayyoradan kelgan?
Shamolmisan, men tomonga mayin esgan?
Olmosmisan kimyogarlar izlayotgan?
...tengsizmisan yeryuzida chiroyligim?!

Sen mayoqsan zulmat yerga umid sochgan
Sen bulutsan, yig'loqi ul ko'kda uchgan
Sen sevgisan, bir ko'z ila dilga ko'chgan
Gavharmisan, bulbulmisan, chiroyligim?

Nuh ibn Safar ( Mirjalol Ne'matov - "O'ynaymiz kel" taronasiga "remake" she'r)

"Chronicles of the Mind"Where stories live. Discover now